Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalashni avtomatlashtirish


= ∑ ( λ K 6 ) i  ,  i = 1,…,  n



Yüklə 119,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix11.12.2023
ölçüsü119,6 Kb.
#146304
1   2   3   4   5   6   7
M13 Ma\'ruza

= ∑
( λ K
6
)


i =
1,…, 
n ,
 
(28.3) 
formula bo‘yicha hisoblanadi, bu erda (λK
b
)
ф 

i -
qurilmaning yuklanganlik 
koeffisientini hisobga olgan holdagi to‘xtashlar jadalligi, 
p
- zanjirdagi qurilmalar 
soni. 
Parallel qurilmalar guruhi uchun, ya’ni bir ishchi holatda, boshqasi zahira 
holatida bo‘lgan qurilmalar uchun to‘xtashlar jadalligini ushbu 
(λK
b
)
ф 
=
0,5
( λ K
6
)
2
i
(21.17) 
formula bo‘yicha hisoblash mumkin. 


Avtomatlashtirish tizimlarining ishonchliligini oshirish uslublari. 
Ishonchlilikni oshirishning asosiy uslublari ishlab chiqish bosqichida ko‘zda 
tutilgan zaxiralash (ortiqchalik) va ishlatish davrida sifatli texnik xizmat ko‘rsatish 
va ta’mirlash hisoblanadi. 
Funksional va struktur (tuzilma) zaxiralash farq qilinadi. Funksional zaxiralash; 
tizimga o‘xshash o‘zaro bir - birini to‘ldiruvchi vazifalarni kiritish bilan 
ta’minlanadi, masalan, analogli va rahamli qayd etish, qo‘lda va masofadan turib 
boshharish, asboblar yordamida va displeyda nazorat qilish va hokazo. 
Struktur zaxiralash boshharishning eng muhim vazifalarini bajarishda 
qurilmalarni parallel o‘rnatishni nazarda tutadi. Struktur zaxirasining quyidagi 
turlari farq qilinadi: ishchi qurilmalar to‘xtaganda zaxira qurilmalarni avtomatik 
ulash («issiq» zaxiralash) oldindan montaj qiglingan zaxira qurulmani kommutasion 
alohalarning o‘zgarishi hisobiga ulash («sovuq» zaxiralash); nosoz qurilmani echib 
olish va uni zaxiradagi bilan almashtirish. 
Texnik xizmat ko‘rsatishni va ta’mirlashni tashkil etish, bir tomondan
qurilmalarning ishonchliligi to‘rg‘isidagi ma’lumotlarni, yuz berishi mumkin 
bo‘lgan to‘xtashlarni oldindan aytish maqsadida to‘plash va tahlil qilish, ikkinchi 
tomondan esa - optimal davriylikni va avtomatik va nazorat o‘lchov asboblari 
(NO‘A) ta’mirlash ishlari hajmini ishlab chiqish va ta’minlashni ko‘zda tutadi. 
Ishonchlilik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash (NO‘A) sexlaridagi 
asbobsozlar va ta’mirlash xizmati xodimlarn zimmasiga yuklanishi mumkin. Bu 
maqsadda to‘xtashlarni hisobga olish jurnaliga nosozlik vaqti, joyi va sababi, uni 
bartaraf qilish usuli hamda bunga ketadigan mehnat xarajatlari usuli yozib qo‘yiladi. 
Har bir qurilma uchun daftar tutiladi; unga to‘xtashlar haqidagi ma’lumotlardan 
tashhari qurilmaning pasport xarakteristikasi (chiharilgan yili, tayyorlovchi zavod, 
ishga tushirilgan sana) va profilaktik ko‘riklar natijalari va ta’mirlashlar natijalari 
yoziladi. 
Avtomatlashtirishni boshharish tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish 
ta’mirlashlar orasidagi davrda ishonchlilik ko‘rsatkichlarini kerakli darajada tutib 
turishning asosiy usuli hisoblanadi. U ayrim qurilmalar va bog‘lanish kanallarining 
metrologik xarakteristikalarini hamda ish qobiliyatini test signallari bo‘yicha 
tekshirishni; qurilmalarni tozalashni; qurilmalarning ayrim elementlarini sozlash va 
almashtirishni; elektr va trubali o‘tkazgich ajraluvchi birikmalari, kontaktlari va 
mustahkamlagichlarining ishlash qobiliyati va ishonchliligini tekshirishni nazarda 
tutadi. 
Texnik xizmat ko‘rsatish davrida o‘tkaziladigan ta’mirlash ishlari joriy 
ta’mirlash deyiladi, ular avtomatlashtirish vositalarining ish qobiliyatini ta’minlash 
yoki tiklash uchun bajariladi hamda tizimining ayrim qismlarini almashtirishdan va 


(yoki) tiklashdan iborat. Ishonchlilik ko‘rsatkichlarini to‘la tiklash uchun tizimining 
barcha qismlarini kontrol ta’mirlab, so‘ng tekshirish zarur. 
Nazorat savollar: 
Nazorat savollar: 
1.
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi deb nimaga aytiladi? 
2.
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimini ta’minlash vositalari nimalar? 
3.
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimini
 
ishlash rejimlarini aytib bering? 
4.
Alfavitli - rahamli va grafik axborotni aks ettirish qurilmalariga nimalar 
kiradi? 
5.
Avtomatlashtirish tizimlarining be`toxtovligi nima? 
6.
Avtomatlashtirish tizimlarining uzoq muddatliligi nima? 
7.
To‘xtovsiz (uzluksiz) ishlash ko‘rsatkichlari qanday hisoblanadi? 
8.
Avtomatlashtirish tizimlarining ishonchliligini oshirish uslublari qanday? 
Adabiyotlar. 
1. Yusupbеkov N.R., Muxamеdov B.I., Gulyamov Sh.M. Tеxnologik jarayonlarni 
nazorat kilish va avtomatlashtirish. - Toshkеnt: O‘qituvchi, 2011. 
5. Yusupbеkov N.R. va boshqalar, Tеxnologik jarayonlarni boshkarish sistеmalari.-
Toshkеnt: O‘qituvchi, 1997. 



Yüklə 119,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə