Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalashni avtomatlashtirish



Yüklə 119,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix11.12.2023
ölçüsü119,6 Kb.
#146304
  1   2   3   4   5   6   7
M13 Ma\'ruza



13-Mavzu: 
Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalashni 
avtomatlashtirish. 
Reja: 
 
1.
Avtomatik loyihalash tizimlarining. 
2.
Avtomatik loyihalash tizimlarining ishlash rеjimlari. 
Fan - texnika taraqqiyotining jadallashuvi ommaviy ishlab chiharish 
samaradorligining oshishi va mahsulot sifati yaxshilanishining hal qiluvchi 
shartidir. Yangi zamonaviy texnika va texnologiyani, ishlab chiharishni 
boshharishning samarali tizimlariniishlab chiqish ko‘rsatib o‘tilgan vazifani hal 
etadi. 
Shu bilan birga amaliyotning ko‘rsatishicha, turli xil masalalarni hal etishda 
yangi texnika imkoniyatlari va samaradorligining o‘sishi bilan bir vaqtda uni 
loyihalash va tayyorlashga sarflanadigan moddiy va vaqt xarajatlari ortadi. Ishlab 
chiqishlarning vaqt bo‘yicha cho‘zilib ketishi ularning tez eskirishiga olib keladi. 
Yangi buyumlarni, mashinalarni, apparatlarni, texnologik jarayonlarni, 
asboblarni va avtomatlashtirish vositalarini, avtomatlashtirish tizimlarini 
tayyorlashda vaqt eng ko‘p darajada qaerda yo‘qotiladi? Loyihalash jarayonlarini 
qanday tezlashtirish kerak? 
Loyihalash tajribasini tahlil qilish asosida shu narsa aniqlanganki, ko‘p vaqt 
kutubxonalarda, arxivlarda, ilmiy - texnik axborot bo‘limlarida, umumiy loyiha 
kabinetlarida texnik axborotni qidirishga, hisoblash va chizma ishlarini, chizma va 
konstruktorlik hujjatlarini rasmiylashtirish va tuzatish ishlariga sarflanadi. 
U yoki bu turdagi ishning salmog‘i o‘zgarishi mumkin. Biroq, umuman noijodiy 
ishning umumiy hajmi juda katta. Ba’zan ilmiy - texnik axborotni izlashning o‘ziga 
umumiy loyihalash vaqtining uchdan biri sarflanadi. Tabiiyki, bunday hol texnik 
axborotning qadrsizlanishiga olib keladi. 
Mutaxassislarning sa’y - harakatlari, zamonaviy texnika yutuqlari yangi 
buyumlarni ishlab chiqish sur’atlarini fan -texnika yutuqlari sur’atlari bilan 
tenglashtirishga imkon berdi. Muammo avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarini 
(ALT) yaratish va joriy qilish yo‘li bilan hal qilinmoqda. ALT loyihaviy mehnatni 
jadallashtiradi, uning ijodiy mazmunini chuqurlashtiradi. 
ALT deb loyiha tashkilotlari bo‘linmalari bilan o‘zaro bog‘langan va 
avtomatlashtirilgan yoki avtomatik loyihalashni bajaruvchi loyihalashni 
avtomatlashtirish vositalari majmuasidan iborat tashkiliy - texnik tizimga aytiladi. 
ALT da loyihalash natijasi - loyihalash ob’ektini yaratish uchun zarur talablarni 
qondiruvchi ob’ektlarni va uning strukturasiy qismlarini loyihalashning hamma 


yoki ayrim bosqichlaridagi tugallangan loyihaviy harorlar (echimlar) majmuasidir. 
ALT ni yaratish maqsadlari loyihalash ob’ektlarining samaradorligini oshirgan 
holda ularni yaratish va ishlatish xarajatlarini kamaytirish, muddatlarni qishartirish, 
loyihalashga sarflanadigan mehnatni kamaytirish va loyihaviy hujjatlarning sifatini 
oshirish, ishlab chiharilayotgan mahsulot sifatini oshirishdan iborat. 
Qo‘yilgan maqsadga matematik usullarni va EHMni qo‘llash, loyihaviy 
ishlarni kompleks avtomatlashtirish, loyihalashni boshharish sifatini oshirish
loyihalanayotgan ob’ektlarning samarali matematik modellarini qo‘llash, 
komplektlovchi buyumlar va materiallarni qo‘llash, ko‘p variantli loyihalash va 
optimallash usullaridan foydalanish asosida loyihalash yo‘li bilan erishiladi. 
ALT ni ta’minlash vositalari. 
ALT ta’minot vositalari yig‘indisi asosida amalga oshiriladi. Bunday vositalarga 
tashkiliy, metodik (uslubiy), matematik, lingvistik, programmaviy, informasion va 
texnik tam’inot kiradi. 

Tashkiliy ta’minot 
- loyiha tashkiloti va uning bo‘linmalari strukturasini, ular 
orasidagi bog‘lanishni, ularning vazifalarini, shuningdek loyihalash natijalarini 
ko‘rsatish shaklini belgilovchi hujjatlar to‘plamidir. 


Yüklə 119,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə