Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalashni avtomatlashtirish


Avtomatlashtirish sistеmalarini loyihalashni avtomatlashtirish



Yüklə 119,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix11.12.2023
ölçüsü119,6 Kb.
#146304
1   2   3   4   5   6   7
M13 Ma\'ruza

Avtomatlashtirish sistеmalarini loyihalashni avtomatlashtirish 
(avtomatlashtirilgan loyihalash)

Reja: 
1. Tashqi ulanishlarning jadvallari. 
2. Avtomatlashtirilgan loyihalash 
3. Avtomatlashtirilgan loyihalash tashkiliy qismi 
4. Avtomatlashtirilgan loyihalash tashkiliy texnik qismi 
5. Avtomatlashtirilgan loyihalash dasturlari. 
6. Avtomatlashtirilgan loyihalash axborot ta’minotlari. 
Fan - texnika taraqqiyotining jadallashuvi ommaviy ishlab chiqarish 
samaradorligining oshishi va mahsulot sifati yaxshilanishining hal qiluvchi shartidir. 
Yangi zamonaviy texnika va texnologiyani, ishlab chiqarishni boshqarishning 
samarali tizimlariniishlab chiqish ko‘rsatib o‘tilgan vazifani hal etadi.
Shu bilan birga amaliyotning ko‘rsatishicha, turli xil masalalarni hal etishda 
yangi texnika imkoniyatlari va samaradorligining o‘sishi bilan bir vaqtda uni 
loyihalash va tayyorlashga sarflanadigan moddiy va vaqt xarajatlari ortadi. Ishlab 
chiqishlarning vaqt bo‘yicha cho‘zilib ketishi ularning tez eskirishiga olib keladi.
Yangi buyumlarni, mashinalarni, apparatlarni, texnologik jarayonlarni, 
asboblarni 
va 
avtomatlashtirish 
vositalarini, 
avtomatlashtirish 
tizimlarinitayyorlashda vaqt eng ko‘p darajada qaerda yo‘qotiladi? Loyihalash 
jarayonlarini qanday tezlashtirish kerak?
Loyihalash tajribasini tahlil qilish asosida shu narsa aniqlanganki, ko‘p vaqt 
kutubxonalarda, arxivlarda, ilmiy - texnik axborot bo‘limlarida, umumiy loyiha 
kabinetlarida texnik axborotni qidirishga, hisoblash va chizma ishlarini, chizma va 
konstruktorlik hujjatlarini rasmiylashtirish va tuzatish ishlariga sarflanadi.
U yoki bu turdagi ishning salmog‘i o‘zgarishi mumkin. Biroq, umuman 
noijodiy ishning umumiy hajmi juda katta. Ba’zan ilmiy - texnik axborotni 
izlashning o‘ziga umumiy loyihalash vaqtining uchdan biri sarflanadi. Tabiiyki, 
bunday hol texnik axborotning qadrsizlanishiga olib keladi.
Mutaxassislarning sa’y - harakatlari, zamonaviy texnika yutuqlari yangi 
buyumlarni ishlab chiqish sur’atlarini fan -texnika yutuqlari sur’atlari bilan 
tenglashtirishga imkon berdi. Muammo avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarini
yaratish va joriy qilish yo‘li bilan hal qilinmoqda. Avtomatlashtirilgan loyihalash 
tizimlarini loyihaviy mehnatni jadallashtiradi, uning ijodiy mazmunini 
chuqurlashtiradi.
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari deb loyiha tashkilotlari bo‘linmalari 
bilan o‘zaro bog‘langan va avtomatlashtirilgan yoki avtomatik loyihalashni 


bajaruvchi loyihalashni avtomatlashtirish vositalari majmuasidan iborat tashkiliy - 
texnik tizimga aytiladi.
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarinida loyihalash natijasi - loyihalash 
ob’ektini yaratish uchun zarur talablarni qondiruvchi ob’ektlarni va uning tarkibiy 
qismlarini loyihalashning hamma yoki ayrim bosqichlaridagi tugallangan loyihaviy 
qarorlar (echimlar) majmuasidir.
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarini yaratish maqsadlari loyihalash 
ob’ektlarining samaradorligini oshirgan holda ularni yaratish va ishlatish 
xarajatlarini kamaytirish, muddatlarni qisqartirish, loyihalashga sarflanadigan 
mehnatni kamaytirish va loyihaviy hujjatlarning sifatini oshirish, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishdan iborat. 
Qo‘yilgan maqsadga matematik usullarni va EHMni qo‘llash, loyihaviy 
ishlarni kompleks avtomatlashtirish, loyihalashni boshqarish sifatini oshirish
loyihalanayotgan ob’ektlarning samarali matematik modellarini qo‘llash, 
komplektlovchi buyumlar va materiallarni qo‘llash, ko‘p variantli loyihalash va 
optimallash usullaridan foydalanish asosida loyihalash yo‘li bilan erishiladi.
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarini (ALT) ni ta’minlash vositalari. 
ALT ta’minot vositalari yig‘indisi asosida amalga oshiriladi. Bunday 
vositalarga tashkiliy, metodik (uslubiy), matematik, lingvistik, programmaviy, 
informasion va texnik tam’inot kiradi.

Yüklə 119,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə