Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalashni avtomatlashtirish



Yüklə 119,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix11.12.2023
ölçüsü119,6 Kb.
#146304
1   2   3   4   5   6   7
M13 Ma\'ruza

Beto‘xtovligi
- tizimining ishlatish jarayonida berilgan vaqt davomida (ishlab 
chiharish sikli, smena, oy, choraklik, yil davomida) majburiy (rejadan tashhari) 
to‘xtashlarsiz ish qobiliyatini saqlash qobiliyatidir. U ayrim vazifalar, qism tizimlar 
va umuman tizimlarni inkor qilishga ishlab qo‘yish bilan xarakterlanadi. 
Ta’mirlashga yaroqlilik tizimining inkor qilishlarning oldini olish, aniqlash va 
inkorlarni bartaraf etishga moyilligi bilan xarakterlanadi. Bu ko‘rsatkich mumkin 
bo‘ladigan inkorlardan (to‘xtashlardan) so‘ng ish qobiliyatini ko‘p marta tiklab uzoq 
vaqt foydalanishga mo‘ljallangan tizimlar uchun muhimdir va u o‘rta tiklanish vaqti 
bilan xarakterlanadi. 

Uzoq muddatlilik
- bu tizimining ish qobiliyatini oxirgi holatgacha saqlay 
olish xossasidir (texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun zarur uzulishlar bilan). 
U tabiiy va ma’naviy eskirish omillari. bilan belgilanadi va tizimining xizmat qilish 
muddati bilan aniqlanadi. 
Avtomatlashtirish tizimini ishlab chiqish, loyihalash, joriy qilish va sanoat 
ekspluatasiyasi jarayonida uning ishonchliligining optimal darajasi belgilanishi va 
o‘rganilishi kerak. Past darajaning oqibatlari texnologik rejimning buzilishi, brak, 
maqsadga haratilgan mahsulotni to‘la ishlab chiharmaslik, avariyalar, portlashlar, 
shuningdek tizimni ta’mirlashga harajatlarning ortishi. Ayrim hollarda tizim 
ishonchliligi darajasining past bo‘lishi uning samaradorligini nolga keltirishi yoki 
hatto manfiy qilib qo‘yish mumkin (ya’ni xarajatlar iqtisodiy samaradan ham yuqori 
bo‘ladi). Ishonchlilik ko‘rsatkichlarining ortishi ham xarajatlarning ortishiga olib 
keladi. 
Tizim ishonchliligining optimal darajasini o‘rnatish va ta’minlash - murakkab va 
masuliyatli vazifa, chunki kimyo va oziq - ovqat texnologiyasi ob’ektlarini 


boshharish (TOB) ni avtomatlashtirish ko‘p funksiyali (vazifali) tizimga kiradi
uning strukturasida juda ko‘p texnik qurilmalar va operativ xodim bo‘ladi. Bunda, 
bir tomondan, ayrim vazifani (ishni) bajarishda bir nechta texnik qurilmalar
foydalanilishi mumkin, ikkinchi tomondan - ayni bir qurilmani bir nechta vazifani 
bajaruvchi o‘rnida foydalanish mumkin. Tizimlarning ko‘pligi (ortiqchaligi) ham 
katta ahamiyatga ega (apparatli, informasion, vaqtiy, funksional tizimlar), bu 
umuman tizimining ishonchliligini ayrim qism tizimlar va qurilmalar 
ishonchliligidan yuqoriroq tutishga imkon beradi. Operativ xodimlarning bo‘lishi 
berilgan vazifalarni bajarish umumiy ishonchliligini oshirishi ham mumkin (agar 
xodimlar boshharuvning zaxira bo‘g‘ini bo‘lsa), xodimlar texnik qurilmalar bilan 
izchil ishlagan holda ishonchlilikni kamaytirishi ham mumkin. 
To‘xtovsiz (uzluksiz) ishlash ko‘rsatkichlarini hisoblash.

To‘xtash
- bunday holdan so‘ng tizim to‘liq yoki qisman o‘z vaifalarini bajara 
olmaydigan holatdir. To‘xtashning sabablari eyilish va eskirishning tabiiy 
jarayonlari bo‘lishi, shuningdek, tizimni tayyorlashda, montaj qilishda, ta’mirlashda 
ishlatish qoidalari va normalarni buzishda yuzaga keladigan kamchiliklar bo‘lishi 
mumkin. 
Real 
qurilmaning 
uzluksiz ishlash vaqti 
berilgan 
qiymatdan 
yuqori bo‘lishi kerak, 
ya’ni 
τ > τ
b
shart 
bajarilishi kerak. Shuni 
aytib o‘tish kerakki, τ vaqt bu 
erda tasodifiy xarakterga ega. Bu ehtimollik xarakteristikalaridan foydalanish 
zaruriyatini belgilaydi: ρ(τ) - berilgan vaqt davomidagi uzluksiz ishlash ehtimolligi 
(odatda 10
6
soat), q(τ) - τ
b
vaqt ichida to‘xtash ehtimoli. 
28.1-rasm. Bеrilgan vakt davomida uzluksiz ishlash ρ(τ) va tuxtash extimoli q(τ) 
funktsiyalarining uzgarish xaraktеrlari. 
28.2-rasm. Iktisodiy samaradorlikning AT ni joriy kilishga sarflanadigan kapital 


xarajatlarga bog`likligi. 
Tabiiyki, 
q(τ)=1- ρ(τ) 
Bu funksiyalarning umumiy ko‘rinishi 21.18-rasmda keltirilgan. Egri 
chiziqlarning ko‘rinishidan qurilmaning ishonchliligi ko‘rsatkichi vaqt o‘tishi bilan 
1 dan 0 gacha o‘zgaradi. 
Berilgan T
b
vaqt oralig‘ida r (t) ehtimollik 
р(τ
) = e 
–τ

/
τ
o‘rt.
(28.1) 
formula bo‘yicha hisoblanadi, bu erda τ
o rt
- to‘xtashgacha ishlab berishning 
o‘rtacha vaqti (o‘rtacha to‘xtovsiz ishlash vakti). 
τ
o‘rt
= 1/(λK
b

(28.2) 
tarzida aniqlanadi, bu erda τ
orta
- qurilmaning to‘xtab qolish jadalliklari, K
b

qurilmaning yuklanish koeffisienti. Qurilmaning to‘xtashlar jadalligi λ uning 
pasportida keltiriladi. U tayyorlovchi zavodda to‘xtagan qurilmalar sonining 
berilgan vaqt oralig‘ida soz ishlayotgan qurilmalar soniga nisbati sifatida 
belgilanadi. 
Boshqarishning hatto elementar vazifalarini bajarish uchun ishonchli 
xarakteristikali bir nechta ketma - ket o‘rnatilgan qurilmalar talab qilinadi. Masalan, 
sarflashni analogli qayd qilish uchun Sapfir - 22EX datchigi, ta’minot bloki BPS - 
24 va qayd etuvchi asbob A - 543 kerak bo‘ladi. 
Funksiyani bajaruvchi, ketma - ket o‘rnatilgan qurilmalar zanjiri 
(λK
b
)
ф 

Yüklə 119,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə