Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalashni avtomatlashtirish



Yüklə 119,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix11.12.2023
ölçüsü119,6 Kb.
#146304
1   2   3   4   5   6   7
M13 Ma\'ruza

Tashkiliy ta’minot
- loyiha tashkiloti va uning bo‘linmalari tarkibini, ular 
orasidagi bog‘lanishni, ularning vazifalarini, shuningdek loyihalash natijalarini 
ko‘rsatish shaklini belgilovchi hujjatlar to‘plamidir.
Metodik (uslubiy) ta’minot
- ALT ta’minot vositalarini tanlab olish va ishlatish 
qoidalarini, tarkibini belgilovchi hujjatlar to‘plami. Metodik ta’minot loyihalashni 
avtomatlashtirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirishni belgilaydi.
Matematik ta’minot - matematik usullar, matematik modellar va loyihalash 
algoritmlari to‘plami.
Lingvistik ta’minot
- loyihalash tillari to‘plami bo‘lib, unga atamalar va 
ta’riflar, tabiiy tilni farmallashtirish qoidalari, ALTda matnlarni qisqartirish va 
kengaytirish uslublari kiradi.
Programmaviy ta’minot - amaliy dasturlar paketi (ADP) ko‘rinishida 
rasmiylashtirilishi mumkin bo‘lgan mashina programmalari to‘plami.
Informasion ta’minot
- LAS uchun talab qilinayotgan ma’lumotlar to‘plami.
Texnik ta’minot
- o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sirlanuvchi texnik vositalar 
to‘plami. ALT texnik ta’minoti dastavval EHMni o‘z ichiga oladi. ALTda EHM 
sifatida turli oiladagi (tipdagi) mashinalar foydalanilishi mumkin. EHMning aniq 
turi ALT ierarxiyasidagi tegishli bo‘linmaning darajasi bilan, shuningdek, hal 


qilinayotgan masalalar sinfi bilan belgilanadi.
EHM dan ALT da foydalanishning samaradorligi atrofdagi qurilmalarning 
tarkibi bilan belgilanadi. Chetdagi (atrofdagi) qurilmalarni minimal EHM kompleksi 
qurilmalariga va maxsus qurilmalarga ajratish mumkin. Qurilmalarning birinchi 
guruhiga an’anaviy chetdagi qurilmalar kiradi: magnit lentalaridagi, magnit 
disklaridagi tashqi XQ (xotirlash qurilmalari); perfolenta va perfokartalardan kiritish 
- chiqarish qurilmalari; alfavit - raqamli bosish qurilmasi; perfolenta va 
perfokartalarda ma’lumotlarni tayyorlash qurilmalari. 
Maxsus qurilmalarga ekranda tekstli (matnli), raqamli va grafik axborotni aks 
etish uchun alfavit - raqamli va grafik displeylar, chizmachilik avtomatlari, dastlabki 
grafik materiallarni EHMga kiritish uchun grafik axborotni kodlash qurilmalari 
kiradi. 
ALT ning ishlash rejimlari. 
Foydalanuvchi
- loyihachi ALT bilan quyidagi ikki rejimdan birida o‘zaro 
ta’sirlanishi mumkin: paketli yoki dialogli rejimda.
Paketli rejim
- loyihalashning eng sodda rejimidir. Bu rejimda EHM barcha 
loyihaviy masalalarni avtomatik hal qiladi. Loyihachi EHMga programma kiritishi 
va alfavitli - raqamli yozish qurilmasi (ARYOK)da yoki graf yasovchida loyihalash 
natijalarini olish kerak. Biroq paketli rejim faqat loyihani ishlab chiqishning har 
daqiqasida programma barcha zarur ishlarni nazarda tutgan holdagina qo‘llanishi 
mumkin.
Dialogli rejim
- loyihalash rejimi bo‘lib, unda sikl davriy takrorlanadi: 
mashinaga vazifa berish, javob olish va javobni tahlil qilish. Diaglogli rejimni 
samarali qo‘llash uchun EHM reaksiyasining (aks ta’sirining) o‘rtacha vaqti 
etarlicha kichik bo‘lishi zarur: sekundning ulushlaridan bir necha sekundgacha. Bu 
rejim loyihalashda barcha ishlarni oldindan pogrammaga solib bo‘lmagan holda 
qo‘llaniladi. Loyihalashning bundan keyingi yo‘nalishini bir qiymatli aniqlash 
mumkin bo‘lmagan hollar etarlicha tez - tez uchrab turadi. Bunday hollarda oldindan 
oraliq natijalarni tahlil qilish, qo‘shimcha ma’lumotlarni aniqlash, echimlarning 
mumkin bo‘lgan variantlarini qarab chiqish, eng yaxshilarini tanlab olish va shundan 
keyingina loyihalashni davom ettirish zarur.
Insonning EHM bilan dialogli ishlashini samarali amalga oshirish 
loyihachining individual pultlarini yaratish tufayli mumkin bo‘ldi, ular 
loyihachining avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari (AIO‘) deb ataldi. AIO‘ning texnik 
vositalari tarkibiga mini yoki mikro EHM, alfavitli - raqamli va grafik axborotni aks 
ettirish qurilmasi, alfavitli - raqamli va grafik axborotni kiritish qurilmasi kiradi. 
AIO‘ markaziy hisoblash kompleksida (MHK) joylashgan yoki ALT iearxiyasining 
keyingi sathida joylashgan yanada yirik EHM bilan aloqaga ega.

Yüklə 119,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə