Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 5,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/130
tarix30.12.2023
ölçüsü5,12 Kb.
#166247
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   130
Kiberxaxfsizlik asoslari o\'quv uslubiy majmua 1

10.4
 
Sertifikatlar asosida autentifikatsiyalash 


71 
Tarmoqdan foydalanuvchilar soni millionlab o‗lchanganida foydalanuvchilar 
parollarining tayinlanishi va saqlanishi bilan boђliq foydalanuvchilarni dastlabki 
ruyxatga olish muolajasi juda katta va amalga oshirilishi qiyin bo‗ladi. Bunday 
sharoitda raqamli sertifikatlar asosidagi autentifikatsiyalash parollar qo‗llanishiga 
ratsional alternativa hisoblanadi. 
Raqamli sertifikatlar ishlatilganida kompyuter tarmoђi foydalanuvchilari 
xususidagi 
hech 
qanday 
axborotni 
saqlamaydi. 
Bunday 
axborotni 
foydalanuvchilarning o‗zi so‗rov-sertifikatlarida taqdim etadilar. Bunda maxfiy 
axborotni, xususan maxfiy kalitlarni saqlash vazifasi foydalanuvchilarning o‗ziga 
yuklanadi. 
Foydalanuvchi shaxsini tasdiqlovchi raqamli sertifikatlar foydalanuvchilar 
so‗rovi bo‗yicha maxsus vakolatli tashkilot-sertifikatsiya markazi CA (Certificate 
Authority) tomonidan, ma‘lum shartlar bajarilganida beriladi. Ta‘kidlash lozimki, 
sertifikat olish muolajasining o‗zi ham foydalanuvchining haqiqiyligini tekshirish 
(ya‘ni, autentifikatsiyalash) bosqichini o‗z ichiga oladi. Bunda tekshiruvchi taraf 
sertifikatsiyalovchi tashkilot (sertifikatsiya markazi SA) bo‗ladi. 
Sertifikat olish uchun mijoz sertifikatsiya markaziga shaxsini tasdiqlovchi 
ma‘lumotni va ochiq kalitini taqdim etishi lozim. Zaruriy ma‘lumotlar ruyxati 
olinadigan sertifikat turiga boђliq. Sertifikatsiyalovchi tashkilot foydalanuvchining 
haqiqiyligi tasdiђini tekshirganidan so‗ng o‗zining raqamli imzosini ochiq kalit va 
foydalanuvchi xususidagi ma‘lumot bo‗lgan faylga joylashtiradi hamda ushbu ochiq 
kalitning muayyan shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlagan holda foydalanuvchiga 
sertifikat beradi. 
Sertifikat elektron shakl bo‗lib, tarkibida qo‗yidagi axborot bo‗ladi: 
-
ushbu sertifikat egasining ochiq kaliti; 
-
sertifikat egasi xususidagi ma‘lumot, masalan, ismi, elektron pochta adresi, 
ishlaydigan tashkilot nomi va h.; 
-
ushbu sertifikatni bergan tashkilot nomi; 
-
sertifikatsiyalovchi tashkilotning elektron imzosi – ushbu tashkilotning 
maxfiy kaliti yordamida shifrlangan sertifikatsiyadagi ma‘lumotlar. 
Sertifikat 
foydalanuvchini 
tarmoq 
resurslariga 
murojaat 
etganida 
autentifikatsiyalovchi vosita hisoblanadi. Bunda tekshiruvchi taraf vazifasini 
korporativ tarmoqning autentifikatsiya serveri bajaradi. Sertifikatlar nafaqat 
autentifikatsiyalashda, balki foydalanishning ma‘lum xuquqlarini taqdim etishda 
ishlatilishi mumkin. Buning uchun sertifikatga qo‗shimcha hoshiyalar kiritilib ularda 
sertifikatsiya egasining foydalanuvchilarning u yoki bu kategoriyasiga mansubligi 
ko‗rsatiladi. 
Ochiq kalitlarning sertifikatlar bilan uzviy boђliqligini alohida ta‘kidlash 
lozim. Sertifikat nafaqat shaxsni, balki ochiq kalit mansubligini tasdiqlovchi 


72 
xujjatdir. Raqamli sertifikat ochiq kalit va uning egasi o‗rtasidagi moslikni o‗rnatadi 
va kafolatlaydi. Bu ochiq kalitni almashtirish xavfini bartaraf etadi. 
Agar abonent axborot almashinuvi bo‗yicha sherigidan sertifikat tarkibidagi 
ochiq kalitni olsa, u bu sertifikatdagi sertifikatsiya markazining raqamli imzosini 
ushbu sertifikatsiya markazining ochiq kaliti yordamida tekshirish va ochiq kalit 
adresi va boshqa ma‘lumotlari sertifikatda ko‗rsatilgan foydalanuvchiga tegishli 
ekanligiga ishonch hosil qilishi mumkin. Sertifikatlardan foydalanilganda 
foydalanuvchilar ruyxatini ularning parollari bilan korporatsiya serverlarida saqlash 
zaruriyati yo‗qoladi. Serverda sertifikatsiyalovchi tashkilotlarning nomlari va ochiq 
kalitlarining bo‗lishi yetarli. 
Sertifikatlarning ishlatilishi sertifikatsiyalovchi tashkilotlarning nisbatan 
kamligiga va ularning ochiq kalitlaridan qiziqqan barcha shaxslar va tashkilotlar 
foydalana olishi (masalan, jurnallardagi nashrlar yordamida) taxminiga asoslangan. 
Sertifikatlar asosida autentifikatsiyalash jarayonini amalga oshirishda 
sertifikatsiyalovchi tashkilot vazifasini kim bajarishi xususidagi masalani yechish 
muhim hisoblanadi. Xodimlarni sertifikat bilan ta‘minlash masalasini korxonaning 
o‗zi yechishi juda tabiiy hisoblanadi. Korxona o‗zining xodimlarini yaxshi biladi va 
ular shaxsini tasdiqlash vazifasini o‗ziga olishi mumkin. Bu sertifikat berilishidagi 
dastlabki autentifikatsiyalash muolajasini osonlashtiradi. Korxonalar sertifikatlarni 
generatsiyalash, berish va ularga xizmat ko‗rsatish jarayonlarini avtomatlashtirishni 
ta‘minlovchi mavjud dasturiy maxsulotlardan foydalanishlari mumkin. Masalan, 
Netscape Communications kompaniyasi serverlarini 
korxonalarga shaxsiy 
sertifikatlarini chiqarish uchun taklif etadi. 
Sertifikatsiyalovchi tashkilot vazifasini bajarishda tijorat asosida sertifikat 
berish bo‗yicha mustaqil markazlar ham jalb etilishi mumkin. Bunday xizmatlarni, 
xususan, Verisign kompaniyasining sertifikatsiyalovchi markazi taklif etadi. Bu 
kompaniyaning sertifikatlari halqaro standart X.509 talablariga javob beradi. Bu 
sertifikatlar ma‘lumotlar himoyasining qator maxsulotlarida, jumladan himoyalangan 
kanal SSL protokolida ishlatiladi. 

Yüklə 5,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə