Baholash ishi



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/249
tarix28.05.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#113660
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   249
Baholash ishi

 
ЎҚУВ МАТЕРИАЛЛАРИ
11 
Talabnomaga javob xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki rahbarning 
o‘rinbosari tomonidan imzolanadi va muhr (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) bilan 
tasdiqlanadi.
Talabnomaga javob buyurtma yoki qimmatli xat tarzida, telegraf, teletayp 
orqali, shuningdek talabnoma jo‘natilganligini qayd etadigan, qabul qilib oluvchini 
ogohlantiradigan boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda jo‘natiladi yoxud 
tilxat olib topshiriladi. 
Talabnoma to‘liq yoki qisman tan olingan taqdirda xo‘jalik yurituvchi 
subyekt arz qiluvchiga o‘zi tan olgan summani ixtiyoriy ravishda o‘tkazadi. 
Agar talabnomani tan olish to‘g‘risidagi javobda tan olingan summa 
o‘tkazilishi haqida ma’lumot bo‘lmasa, talabnoma bildirgan taraf javob olingandan 
so‘ng yigirma kun muddat o‘tgach, bank muassasasiga qarzdor tan olgan summani 
so‘zsiz tartibda o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishni taqdim etishga haqli. 
Farmoyishga qarzdorning javobi ilova qilinadi. 
Taraf rad (qisman rad) javobini olgan taqdirda yoki talabnomaga 
belgilangan muddatda javob olmagan taqdirda, shuningdek xo‘jalik shartnomalari 
yuzasidan talabnoma bildirmay ham iqtisodiy sudga da’vo arizasi berishi hamda 
sud buyrug‘ini olish uchun ariza taqdim etishi mumkin.
Xo‘jalik shartnomasi subyektlariga yuridik xizmat ko‘rsatish ularning 
yuridik xizmatlari yoki ana shu maqsadda shartnoma asosida jalb etilgan 
advokatlar tomonidan amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati: 
xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning 
belgilangan tartibiga rioya etilishini, shuningdek talabnoma bildirish va uni ko‘rib 
chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da’vo 
ishlarini olib boradi;
xo‘jalik shartnomalari bajarilishi ustidan o‘zaro tekshiruvlar o‘tkazilishini 
nazorat qiladi; 
xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga imzolash uchun taqdim etilayotgan 
xo‘jalik shartnomalari loyihalarining va ular bilan bog‘liq huquqiy tusdagi boshqa 
hujjatlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshiradi; 
tayyorlangan xo‘jalik shartnomasi va u bilan bog‘liq huquqiy tusdagi 
boshqa hujjat loyihasi qonun hujjatlari talablariga mos emasligi aniqlangan 
taqdirda, o‘z e’tirozini asoslagan holda uni qo‘shimcha ravishda ishlab chiqish 
uchun qaytaradi; 
shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab 
chiqishda bevosita ishtirok etadi. 



Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə