Baholash ishi



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/249
tarix28.05.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#113660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   249
Baholash ishi

 
ЎҚУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi shartnoma munosabatlarini 
rivojlantirish uchun sharoit yaratish chora-tadbirlarini ko‘radi. 
Davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida: 
xo‘jalik shartnomalarini tuzishda yordam ko‘rsatadi; 
xo‘jalik shartnomalari hamda ularni bajarishning ahvoli to‘g‘risidagi 
statistika ma’lumotlarini umumlashtiradi; 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik shartnomalarining 
bajarilish jarayonini nazorat qilib turadi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmatlarining ishini tashkil etishga, 
yuridik maslahatchilarning malakasini oshirishga ko‘maklashadi;
xo‘jalik shartnomasini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish 
jarayonida qonun hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi fakti aniqlangan 
taqdirda, aybdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini 
qo‘yadi. 
Xo‘jalik shartnomasi shartnoma predmetini yetkazib beriladigan tovarning 
(ishning, xizmatning) miqdori, sifati, assortimenti va bahosini, shartnomaning 
bajarilish muddatlarini, hisob-kitob qilish tartibini, taraflarning majburiyatlarini, 
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda 
taraflarning javobgarligini, nizolarni hal etish tartibini hamda taraflarning 
rekvizitlarini, shartnoma tuzilgan sana va joyni, shuningdek bunday turdagi 
shartnomalar uchun qonun hujjatlarida belgilangan yoki taraflardan birining 
arizasiga ko‘ra o‘zaro kelishuvga erishish lozim bo‘lgan boshqa muhim shartlarni 
nazarda tutishi kerak.
Xo‘jalik shartnomasida hisob-kitob qilish tartibi belgilanayotganda tovarlar 
(ishlar, xizmatlar) haqini qonun hujjatlarida belgilanganidan kam bo‘lmagan 
miqdorda oldindan to‘lab qo‘yish albatta nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
Xo‘jalik shartnomasini tuzishda taraflar tegishli turdagi shartnomalar uchun 
ishlab chiqilgan hamda huquqiy ekspertizadan belgilangan tartibda o‘tkazilganidan 
so‘ng e’lon qilingan o‘zlarining namunaviy yoki tipovoy shartlariga (shakllariga) 
amal qilishlari mumkin.
Xo‘jalik shartnomasi bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan yozma shaklda 
tuziladi.
Yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo‘li bilan, 
shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat 
shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkonini 
beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo‘li bilan tuzilishi 
mumkin. 



Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə