Baholash ishi



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/249
tarix28.05.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#113660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   249
Baholash ishi

 
ЎҚУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

huquqiy natija beradi, masalan, biron-bir narsaga nisbatan egalik huquqi
o‘tkaziladi yoki biron-bir ashyodan foydalanish huquqi olinadi va hokazo. 
Shartnomaning maqsadi esa, har ikki taraf uchun umumiy bo‘lib, 
taraflarning har qaysisi shartnomaning barcha ko‘rsatkichlarini bajarishdan,
pirovardida foyda (daromad) olishdan iborat bo‘ladi. Binobarin, har ikki taraf 
ham shartnomani lozim darajada bajarishni o‘zlarining burchlari deb biladilar. 
Baholovchi tashkilot va ular mijozlari o’rtasida xo’jalik shartnomalarini 
tuzish, bajarish, o’zgartirish va bekor qilish vaqtida yuzaga keladigan munosabatlar 
O’zbekiston Respublikasining “Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining 
shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida” 1998 yil 29 avgustdagi 670-1-sonli 
qonuni bilan tartibga solinadi. Ushbu qonun va Fuqarolik kodeksi xo’jalik 
shartnomalarini tuzish, bajarish, o’zgartirish va bekor qilishning huquqiy 
asoslarini, xo’jalik yurituvchi subyektlarning huquqi va majburiyatlarini, 
shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va davlat boshqaruv 
organlarining shartnoma munosabatlari sohasidagi vakolatlarini belgilaydi. 
 
1.2. Baholash xizmati to‘g‘risidagi shartnoma, uni tuzish va bajarish 
tartib-qoidalari 
Baholovchi tashkilot va buyurtmachi o‘rtasidagi shartnoma yozma shaklda 
qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi. 
Shartnomada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 
baholash obyektining nomi; 
baholash obyektini baholashning maqsadi; 
baholash obyektining aniqlanadigan qiymati turi; 
baholash obyektini baholashdan o‘tkazish muddati; 
baholash obyektini baholashdan o‘tkazgani uchun pul mukofoti miqdori. 
Shartnomaga baholovchi tashkilotda baholash faoliyatini amalga oshirish 
huquqini beruvchi litsenziyaning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu 
litsenziyaning tartib (ro‘yxatdan o‘tkazilganlik) raqami va berilgan sanasi 
ko‘rsatilgan holda, shuningdek baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini 
sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlari kuchga 
kirganligini tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligi haqidagi ma’lumotlar 
kiritilishi shart. 
Baholash obyektini baholashdan o‘tkazganlik uchun pul mukofotining 
miqdori shartnomada belgilab qo‘yiladi va u baholash obyekti qiymatining baland-
pastligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. 



Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə