Baholash ishi



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/249
tarix28.05.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#113660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   249
Baholash ishi

 
ЎҚУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

Baholash haqidagi vazifani belgilash buyurtmachi tomonidan baholovchi 
tashkilot bilan birgalikda amalga oshiriladi. Baholash haqidagi vazifada baholash 
ob’ektini baholashning asosiy shartlari, shuningdek, baholashni o‘tkazishning 
cheklovchi shartlari belgilanadi va ta’riflanadi.
3. Baholash haqidagi vazifa quyidagi shaklda tuziladi: 
Baholash obyekti (nomi va qisqacha tavsifi) 
Balansda saqlovchi (nomi, rekvizitlari) 
Baholash obyekti (korxona, emitent) joylashgan manzil
Buyurtmachi va uning rekvizitlari 
Baholovchi tashkilot va uning rekvizitlari 
Baholashni o‘tkazish uchun asos 
Baholash obyektining tashkiliy-huquqiy shakli 
Baholashning maqsadi va vazifalari 
Aniqlanayotgan qiymat turi 
Cheklovchi shartlar 
Baholash sanasi 
Baholashni o‘tkazish grafigi (muddatlari) 
Baholash to‘g‘risidagi hisobotni buyurtmachiga taqdim etish sanasi
Baholash maqsadiga va baholash obyektining xususiyatlariga qarab 
baholash haqidagi vazifa qo‘shimcha shartlarni o‘z ichiga olishi mumkin. 
Baholash haqida, vazifa baholash obyektini baholash to‘g‘risidagi 
shartnomaga ilova sifatida rasmiylashtiriladi. Shartnomaga baholashni o‘tkazish 
uchun zarur bo‘lgan, buyurtmachi yoki uning vakili taqdim etadigan hujjatlar 
ro‘yxati ilova qilinishi ham mumkin. 
Taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida 
tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish majburiyatini oladigan, 
ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning 
haqini to‘lash majburiyatini oladigan kelishuv xo‘jalik shartnomasi deyiladi. 
Baholash faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning asosiy 
tamoyillari quyidagilardan iborat: 


 
ЎҚУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

xo‘jalik shartnomalarini tuzishning erkinligi; 
taraflarning o‘zaro manfaatdorligi; 
shartnoma intizomiga rioya etish; 
taraflarning o‘zaro mulkiy javobgarligi. 
Yuridik shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar xo‘jalik 
shartnomalarining subyektlari (taraflari) bo‘ladi. 
Xo‘jalik shartnomasi taraflari (baholovchi tashkilot va ularning 
buyurtmachilari) belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega: 
xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish 
munosabati bilan zarur bo‘lgan ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlarni so‘rash va 
olish; 
xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish bilan 
bog‘liq masalalar yuzasidan ekspertlarning yozma xulosalarini so‘rash va olish
mutaxassislar bilan maslahatlashish; 
davlat organlari va boshqa organlarga, mansabdor shaxslarga iltimosnomalar 
bilan murojaat etish hamda shikoyatlar berish va ulardan asoslantirilgan yozma 
javoblar olish; 
boshqa tarafning iqtisodiy ahvoli, nufuzi va ishchanlik jihatlari xususidagi 
ma’lumotlarni to‘plash; 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini 
himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan vositalari va usullarini qo‘llash.
Xo‘jalik shartnomasining taraflari qonun hujjatlarida va shartnomada 
nazarda tutilgan o‘zga huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. 
Xo‘jalik shartnomasi taraflari: 
xo‘jalik shartnomalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya 
etishlari; 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik shartnomalarining o‘z 
vaqtida tuzilishini ta’minlash; 
tuzilgan 
xo‘jalik 
shartnomalari 
bo‘yicha 
zimmalariga 
olingan 
majburiyatlarni o‘z vaqtida va tegishli tartibda bajarishlari shart. Xo‘jalik 
shartnomasi taraflari qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa 
majburiyatlarga ham ega bo‘ladi. 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida: 
davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish, ishlar bajarish, xizmatlar 
ko‘rsatish shartnomalarini, shuningdek kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va 
bajarish ishlarini muvofiqlashtirib boradi; 



Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə