Baholash ishi



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/249
tarix28.05.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#113660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   249
Baholash ishi

 
ЎҚУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

buyruqbozlikka asoslangan javobgarlikdan ko‘ra, mulkiy javobgarlikning keng
belgilanishi xo‘jalik yurituvchi subyektlami tobora ushbu huquqiy vositadan 
(shartnomadan) to’laroq foydalanishga jalb qilmoqda, Shartnomalaming 
ahamiyatini keng tushuntirish mumkin. Ammo ulaming sarasi shartnomalar to’lov
intizomini kuchaytiradi, taraflaming faoliyatini har tomonlama rag‘batlantiradi,
o‘z navbatida taraflaming mas’uliyatini oshiradi, xo‘jalikning debitorlik va
kreditorlik holatiniyaxshilaydi, pirovardida taraflarning barqarorligini ta’minlaydi.
Bu esa, o‘z navbatida, jamiyatda tovarlar, xizmatlar va kapitallaming mo‘l 
ko‘lligiga garovdir. Shu ma’noda sohaning tezkor va ta’sirchan huquqiy
mexanizmini yaratish, shartnomalar tuzish va bajarishni ta’minlash maqsadida
mamlakatimizda «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-
huquqiy bazasi to‘g‘risida» qonun qabul qilindi, shartnomalarni tuzish va
bajarish monitoringi yuritilmoqda. Bular, o‘z navbatida, tuzilgan shartnomalami 
tezroq va realroq ishlashiga xizmat qilmoqda.
Shartnoma ikki yoki undan ortiq shaxsning fuqarolik huquqlari va 
burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan o‘zaro kelishuvdir. 
Shartnoma atamasi uch ma’noda: 
yuridik fakt; 
biron-bir yuridik faktga asoslangan moddiy yoki moddiy manfaatlar
to‘g‘risidagi huquqiy munosabat; 
shaxslar (fuqarolar va tashkilotlar) nima to‘g‘risida o‘zaro kelishsalar,
shuni aks ettiruvchi, ifodalovchi hujjat ma’nosida ishlatiladi. Bu yerda u 
o‘zining birinchi ma’nosi - yuridik fakt sifatida ko‘riladi va o‘rganiladi. Unda 
yuridik faktlar mazmuni jihatidan ikki asosiy toifaga: yuridik hodisalar va 
harakatlarga bo‘lingan edi. Yuridik harakatlar, o‘z navbatida. huquq yo‘l qo‘ygan 
harakatlar sifatida bir tomonlama va ikki tomonlama bitimlar(shartnomalar)dan
iboratligi ko‘rsatilgan edi. Ikki tomonlama bitimlaming hammasi (oldi-sotdi,
ijara, qarz va boshqalar) shartnoma hisoblanadi. Bir tomonlama bitim, masalan, 
vasiyatnoma shartnoma bo‘la olmaydi. Binobarin, har qanday shartnoma bitim
deyilsa ham, ammo har qanday bitimni shartnoma deb atab bo‘lmaydi. 
Demak, shartnoma bitimning bir ko‘rinishi hisoblanar ekan, unga nisbatan
bitimga oid qoidalar, jumladan, FKning 9-bobidagi qoidalar tatbiq etiladi.
Shartnoma bilan vujudga keltirilgan huquqiy munosabat davomida 
shartnoma taraflarning xatti-harakatlari qanchalik qonunga muvofiq bo‘lgan-
bo‘lmaganligini ham tekshirish imkoniyatini beradi. Shartnoma tushunchasida 
asosiy belgi, asosiy shart taraflarning muayyan natijaga erishishga qaratilgan
o‘zaro kelishuvlaridir. Taraflarning har qaysisi tomonidan shartnoma bo‘yicha
olinadigan huquq va burchlar har xil bo‘lsa ham, ular oqibatida yagona



Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə