Baholash ishi



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/249
tarix28.05.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#113660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   249
Baholash ishi

 
ЎҚУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

Xo‘jalik shartnomasi, qoida tariqasida taraflardan birining oferta 
(shartnoma tuzish haqida taklif) yo‘llashi va ikkinchi taraf uni akseptlashi (taklifni 
qabul qilishi) yo‘li bilan tuziladi.
Agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari bo‘yicha 
kelishuvga erishilgan bo‘lsa, xo‘jalik shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi. 
Xo‘jalik shartnomasi tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar 
uchun majburiy bo‘lib qoladi.
Taraflar o‘zlari tuzgan xo‘jalik shartnomasining shartlarini ularning 
shartnoma tuzilishidan oldin vujudga kelgan munosabatlariga nisbatan qo‘llaniladi 
deb belgilab qo‘yishga haqlidirlar.
Xo‘jalik shartnomasining amal qilish muddati tugashi taraflarni uni 
buzganlik uchun javobgarlikdan ozod etmaydi. 
Xo‘jalik shartnomasi shartnoma shartlariga hamda qonun hujjatlarining 
talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar va talablar bo‘lmagan hollarda esa 
ish muomalasi odatlariga muvofiq bajarilishi lozim.
Xo‘jalik shartnomasining bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-
mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki 
shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ta’minlanishi mumkin. 
1.3. Shartnomaga qo‘shimcha va o‘zgaririshlar kiritish 
Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan 
bo‘lmasa, xo‘jalik shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi va 
bekor qilinishi mumkin.
Xo‘jalik shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, taraflarning uni 
o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuvi ham shunday shaklda amalga 
oshiriladi.
Xo‘jalik shartnomasini bajarishdan bir taraflama bosh tortishga yoki 
xo‘jalik shartnomasining shartlarini bir taraflama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, 
qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Taraflardan birining talabi bilan xo‘jalik shartnomasi iqtisodiy sudning 
qaroriga binoan faqat ikkinchi taraf xo‘jalik shartnomasini jiddiy ravishda buzgan 
yoxud qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda o‘zgartirilishi 
yoki bekor qilinishi mumkin.
Taraflardan birining xo‘jalik shartnomasini buzishi ikkinchi tarafga u 
xo‘jalik shartnomasi tuzishda umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada 
mahrum bo‘ladigan qilib zarar yetkazishi xo‘jalik shartnomasini jiddiy buzish 
hisoblanadi.



Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə