Baholash ishi



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/249
tarix28.05.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#113660
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   249
Baholash ishi

 
ЎҚУВ МАТЕРИАЛЛАРИ
10 
Bir taraf shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga 
ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki taklifda ko‘rsatilgan yoxud 
qonunda yoki shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat bo‘lmaganida 
esa o‘ttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin, xo‘jalik shartnomasini 
o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin. 
Ichki xo‘jalik shartnomasi, qoida tariqasida, xo‘jalik yurituvchi subyekt va 
uning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt va uning 
xodimi (bir guruh xodimlari) o‘rtasida tuziladi. 
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
mahsulot yetkazib berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan ichki 
xo‘jalik shartnomalarining o‘zlari boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan 
tuzgan xo‘jalik shartnomalaridagidan kam bo‘lmagan hajmda tuzilishini 
ta’minlashlari shart. 
Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan 
bo‘lmasa, ichki xo‘jalik shartnomalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksi 
353-385-moddalarining 
normalari qo‘llaniladi. 
Huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt 
mazkur huquq va manfaatlarni buzgan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan 
talabnoma bildirishga haqlidir. 
Talabnoma yozma shaklda bildiriladi.Talabnomada quyidagilar ko‘rsatiladi: 
talabnoma bildirgan xo‘jalik yurituvchi subyektning va talabnoma 
bildirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi; 
talabnoma bildirilgan sana va uning raqami; 
talabnoma bildirish uchun asos bo‘lgan holatlar; 
talabnomada bayon etilgan holatlarni tasdiqlovchi dalillar; 
arz qiluvchining talablari; 
talabnoma summasi va uning hisob-kitobi, arz qiluvchining to‘lov va pochta 
rekvizitlari; 
talabnomaga ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati. 
Talabnoma xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbari yoki rahbarning 
o‘rinbosari tomonidan imzolanadi.
Talabnoma buyurtma yoki qimmatli xat tarzida, telegraf, teletayp orqali
shuningdek talabnoma jo‘natilganligini qayd etadigan, qabul qilib oluvchini 
ogohlantiradigan boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda jo‘natiladi yoxud 
tilxat olib topshiriladi. 
O‘ziga talabnoma bildirilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt talabnomani olgan 
kundan boshlab bir oy muddat ichida unga javob qaytarishi shart. 



Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə