Bank auditi


O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/38
tarix04.06.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#115463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
bank auditi (1)

O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 
1. Respublikamizda bozor iqtisodiyoti qanday kechmoqda? 
2. Bank auditi deganda nimani tushunasiz? 
3. Mustaqillik yillarida bank auditini rivojlanishi. 
4.“Bank auditi tizimini rivolantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmon 
qachon qabul qilingan va uning mohiyati. 
5. Auditorlik firmalariga va auditorlarga sertifikatlar kim tomonidan 
beriladi? 
6. Qanday nufuzli auditorlik firmalarini bilasiz? 


2-mavzu. Bank auditining tashkil qilinishi va turlari 
 
1.
 
Bank auditining turlari va ularning mazmuni 
2.
 
Auditorlik tashkilotlari va auditorning huquq va majburiyatlari 
3.
 
Tijorat banklarida ichki va tashqi auditni o’tkazish tartibi
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida audit 
tashkilotlarining yangi iqtisodiy tizimi yuzaga kelmoqda. Ayni paytda, 
respublikada audit tekshiruvlari moliyaviy xizmatlardan biri sifatida tez sur’atlar 
bilan takomillashib bormoqda. Audit tekshiruvlari tizimi moliyaviy xizmatlar 
bozorida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning talabiga javob beradigan nazorat 
turlaridan biri bo’lib hisoblanadi
Umuman, bank auditi audit ichki va tashqi auditlarga bo’linadi. 
Ichki audit - ichki nazorat tizimi va bankning xavfsizlik tizimini ta’minlash 
maqsadida olib boriladi. Bank faoliyatida omonatchilar manfaatlarini ximoya qilish 
va aniq natijalarga erishish maqsadida ichki nazorat tizimi joriy etiladi. Ichki 
nazorat tizimi bankning ish rejasi, usuli va jarayonlari, foydaning ko’payishi 
hamda bank rahbariyati topshiriqlarining aniq bajarilishini ta’minlashni o’z ichiga 
oladi.
Ichki audit bank tarkibining tashkilotchilik bo’linmasi sifatida tan olingan 
bo’lib, bank rahbariyatiga bo’ysunadi. Ichki auditning vazifasi turlicha bo’lishi 
mumkin: buxgalteriya hisobini to’g’ri olib borishni tekshirish; bank daromadlari va 
xarajatlari hisobining to’g’ri olib borilishini nazorat qilish (foydani to’g’ri 
hisoblash, xarajatlarni uz vaqtida hisoblarda aks ettirish va boshqalar); boshqa 
muomalalarning qonuniy bajarilishini nazorat qilish va boshqalar. Ichki auditni 
tashkil etish va o’tkazish uchun uslubiy topshiriqnomalar yoki yo’riqnomalar 
ishlab chiqilishi tavsiya etiladi. Ushbu yuriqnomalar kerakli ish ob’ektlarida 
nimalarni nazorat qilishni aniqlab beradi. Ichki audit yillik reja asosida olib 
boriladi. Tekshiruvni tashkil etish va o’tkazishda ichki audit boshlig’i to’la 
javobgarlikni o’z bo’yniga oladi. Ichki audit boshqaruv nazorat tizimining bir 
qismi sifatida qaraladi. Ichki nazoratning xususiyati tarixan o’zgargan bo’lib, avval 
auditning roli moliyaviy boshqaruv va aktivlar xavfsizligini ta’minlashdan iborat 
edi. Nazorat qiyinlashgan sharoitda ichki nazorat tizimining tsiklik bajarilish 
jarayoni asta-sekinlik bilan rivojlanib bordi.
Ichki auditning vazifasi - xodimlarning o’z vazifalarini imkon qadar sifatli 
va samarali bajarishlariga yordam berishdir. Ichki auditor buxgalteriya 
ma’lumotlari to’g’riligini tekshiradi. Ichki auditorlar rahbariyat oldida hisobot 
beradi va auditorlar qumitasi bilan to’g’ri aloqada bo’ladi. 


Ichki auditning asosiy vazifasi bank boshqaruvi tomonidan taqdim etilgan 
moliyaviy hisobotlarning haqqoniylik darajasi hamda risklarni daromadlilik 
darajasi bilan o’zaro bog’liq holda tahlil qilish, bank samaradorligini oshirish 
maqsadida dasturiy mahsulotlar sifatini huquqiy jihatdan tekshirish va uni 
takomillashtirish yuzasidan takliflarni bank boshqaruviga taqdim etishdan iborat.
Quyidagi jadvalda tijorat banklarining ichki audit yo’nalishlari va 
vazifalarining guruhlanishi ko’rishingiz mumkin.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə