Bank auditi


 Bank auditining metodlari va vazifalari



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/38
tarix04.06.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#115463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
bank auditi (1)

3. Bank auditining metodlari va vazifalari 
 
Bank auditining o’ziga xos usullari va uslubiyati mavjud. Bu usullar bank 
auditining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bankda audit o’tkazish mutaxassis 


auditordan ma’lum bilimni va ish tajribasini talab qiladi. Bozor sharoitida turli 
mulkka asoslangan tijorat banklarining faoliyatlari bir-biridan farq qiladi. Ularning 
so’nggi moliyaviy natijalari ham turli operatsiyalar va omillar tufayli shakllanadi. 
Tijorat banklar faoliyatining qabul qilingan qonun-qoidalarga monandligini 
ekspertiza qilish, baholash, asosli xulosalarga kelish va tavsiyalar berish auditordan 
ko’p bilim va saviyani talab qiladi. Bank audit natijasida ishonchli xulosaga kelish 
ushbu jarayonda qo’llaniladigan usullarga bevosita bog’liqdir. Ushbu usullarning 
turi ham ko’p. 
Bank auditi uslubining asosida mantiqiy mulohaza, ilm-fan yutuqlari
xo’jalik jarayonining o’zgaruvchanligi yotadi. Tijorat banklar faoliyatidagi 
operatsiyalar tufayli mablag’lar bir shakldan boshqa shaklga o’zgarib turadi. 
Ushbu jarayon natijasida tijorat bank samara (naf) olishi kerak. Bu samara, o’z 
navbatida qabul qilingan qonun-qoidalarga to’liq amal qilingan holda erishilgan 
bo’ladi. Noqonuniy operatsiyalar mijozlarga faqat zarar keltiradi, xolos.
Audit jarayonida iqtisodiyotimizga xos bo’lgan xalqaro amaliyotda keng 
foydalaniladigan usullar qo’llaniladi. Auditor audit usullarini mustaqil ravishda 
belgilaydi va qo’llaydi. Ushbu usullar tarkibi auditning predmeti, maqsadi va 
vazifalariga bevosita bog’liqdir. Audit nazariyasi va amaliyotida ushbu usullarning 
quyidagi turlari keltirilgan: 
- solishtirish usuli (iqtisodiy hodisalar, ko’rsatkichlarni o’zaro va biznes-reja 
bilan solishtirish); 
- gipoteza usuli (hodisalarning sodir bo’lishi, natijalari turli shart-sharoitlarni 
e’tiborga olgan holda o’rganiladi. Bunday usul ko’pincha “yashirin iqtisodiyot” 
natijalarini aniqlashda keng foydalaniladi); 
- tahlil va sintez usuli (audit ob’ekti bo’lgan ma’lum ko’rsatkich omillar 
asosida o’rganiladi, mavjud ichki imkoniyatlar aniqlanadi); 
- taftish usuli (tijorat bankning faoliyatiga to’liq baho berish uchun barcha 
operatsiyalar tasdiqlovchi nazoratidan o’tkaziladi); 

inventarizatsiya 
usuli 
(tijorat 
bankdagi 
huquqiy 
aktivlar 
va 
majburiyatlarning buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga monandligi tekshiriladi); 


- kalkulyatsiya usuli (bajarilgan ishlar, ishlab chiqarilgan tayyor 
mahsulotlarning tannarxi, umumiy ovqatlanish tijorat banklarda esa taomlarning 
sotilish bahosi aniqlanadi); 
- ekspertiza usuli (hujjatlarning realligini, haqqoniyligi, mahsulotlarning 
sifat ko’rsatkichlari laboratoriya yo’li bilan aniqlanadi); 
- buxgalteriya hisob raqamlari va ikkiyoqlama yozuv usuli ( tijorat bank 
aktivlari va majburiyatlarining harakati hamda qoldiqlari buxgalteriya hisobi hisob 
raqamlari orqali tekshiriladi); 
- balans usuli (tijorat bankdagi hodisalar, jarayonlarni rasmiylash-tirish,
dastlabki ma’lumotlarni umumlashtirish orqali nazorat qilish). 
Auditor tekshirish jarayonida me’yorlashtirish, baholash, guruhlash 
usullaridan ham foydalaniladi. Audit usullari har bir hodisaning kelib chiqish 
sabablari, 
ularning 
oqibatlari, 
ho’jalik jarayonlarining qonun-qoidalarga 
(mezonlarga) muvofiqligini aniqlashga yordam berishi kerak. Auditorlik 
faoliyatining rivojlanishi tufayli uning uslubi, unda qo’llaniladigan usullar ham 
takomillashib boraveradi. Keyingi paytlarda maxsus adabiyotlarda auditning 
quyidagi usullariga katta e’tibor berilmoqda: xodimlar (yoki uchinchi shaxslar) 
bilan og’zaki so’rovlar o’tkazish, tekshirilayotgan tijorat bank bo’yicha muqobil 
(alternativ) balans tuzish, audit ob’ektlari bo’yicha testlar anketalar o’tkazish, 
kompyuter axborotlari texnolgiyalaridan keng foydalanish kabi usullar. Shuni ham 
qayd qilish kerakki, auditorlar (auditorlik tashkilotlari) audit jarayonida qabul 
qilingan umumiy (an’anaviy) usullardan foydalanish bilan bir qatorda ular 
o’zlariga ma’qul bo’lgan yoki boshqalar uchun “tijorat siri” hisoblangan 
noan’anaviy (lokal) usullardan ham foydalanishlari mumkin. Audit o’tkazishda 
milliy va xalqaro audit standartlariga asoslanadi. Shunday qilib, auditda 
qo’llaniladigan usullar uning turi, maqsadi va vazifalariga bevosita bog’liq bo’ladi. 
Bank auditining vazifalari quyidagilardan iborat: 
- O’zbekiston Respublikasida bank auditini shakllanishi va rivojlanishi;
- bank auditini tashkil etishning huquqiy asoslari; 
- tijorat banklarini audit qilish tartibi; 


- tashqi va ichki auditning o’zaro aloqadorligi; 
- tijorat banklarida tashqi audit o’tkazish tartibi;
- tijorat banklarida ichki audit o’tkazishning amaliy holati tahlili; 
- bank auditini takomillashtirishda tashqi auditni rivojlantirish; 
- respublikamizda bank auditing rivojlanishi bilan bog’liq muam-molar va 
uni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlarini tadqiq qilish. 
Bank auditining yana bir muhim vazifalaridan biri, ichki bank sferasida odil 
raqobatni
tashkil etishdan iborat. Bu keyinchalik ko’pgina salbiy oqibatlarni oldini 
oladi. 
Bank auditining yana bir vazifasi banklar tomonidan mijozlarga 
khrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va barcha mijozlarga bir xil 
munosabatda bo’lishlarini ta’minlashdan iboratdir. Chunki iste’molchilar xuquqlari 
qonun bilan ximoyalangan. Nazorat organlari xodimlari bankni stabil faoliyati 
to’g’risida jonkuyarlik qilib, uni bankrotlikdan saqlashlari lozim. Bu esa maqsad 
sari eng to’g’ri strategiyadir. Bunda bank sektorini davlat aralashuvidan ozod etish 
va yangi banklarga litsenziyalar berish hamda ularni faolyatini tartibga solishda 
oqilona bank nazoratini samarali majmui zarurati tug’iladi. 
Ishonchli va samarali bank auditini avvalo bank xodimlarining 
ma’suliyatlarini hamda nazorat organlari xodimlarini malakasiga bog’likdir. 
Banklarni oliy yuridik nazorat qilish uchun auditni samarali tashkil qilish, 
auditni bajarilishi uchun kutilgan vaqtni aniqlash, auditorlarni kichik guruhlar 
qilmasdan filiallarni tizimli tekshirish hisoblanadi. Ko’p hollarda, bankning 
buxgalteriya hisobni dastlabki ekspertizasi o’tkazilishi noaniq bo’lib, faqatgina 
qaror qabul qilish maqsadida o’tkaziladi.
Bank auditorlari tijorat banklari filiallarini dastlabki auditorlik tekshiruvidan 
o’tkazish moliyaviy yilning oxirigacha hech qanday aloqasi yo’q barcha 
masalalarni ham qamrab olgan hisobotni yangi yilning yanvar-fevral oylarida 
tekshiruvdan o’tkazishlari shart. 
Bunda quyidagilarga e’tibor berish kerak: 

Yirik qarzdorlar hisobining joriy nazorati; 



Gosh va Djilani ko’mitasining xisobotlarida ko’rsatilgan ichki nazorat 
jihatlarini testdan o’tkazilishi; 

Xujjatlashtirish va operatsion kamchiliklari; 

Bankning yirik mijozlarining hisobvaraqlarini ko’rib chiqish va 
jismoniy shaxslarning ma’lumotlarini tekshirish; 

Bankning muammoli aktivlarini hisobini moliyaviy yil yakunidan 
oldin boshqaruvni samarali olib borish uchun tekshirish. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə