Bank-moliya akademiyasi banking and finance


“ Longhorn Group” firmasi taklif etayotgan xizmatlar va turistik paketlar



Yüklə 246,88 Kb.
səhifə7/10
tarix29.09.2023
ölçüsü246,88 Kb.
#124745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tohir hisobot

2.2 “ Longhorn Group” firmasi taklif etayotgan xizmatlar va turistik paketlar.
Respublikamizda ichki turizm rivojlanishiga yetarli darajada e’tibor qaratilmayapti. Vaholanki, jahon bo’yicha jami turistik oqimning 80-90 foizi ichki turizm hissasiga to’g’ri kelib, ichki turizmga sarflanadigan xarajatlarning xalqaro turizmga sarflanadigan xarajatlardan 5-10 marta yuqoriligi kuzatiladi. Bunday tendensiyaning vujudga kelishi ichki turizmni tashkil etishning nisbatan yengilligi bilan izohlanadi. Ichki turizm xalqaro turizmdan farqli o’laroq davlat chegaralarini kesib o’tishni taqozo etmaydi va shunga muvofiq ravishda qator turistik rasmiyatchiliklarga amal qilishni talab qilmaydi. Ma’lum hududda turizmni rivojlantirish uchun u joyning tarihiy-madaniy resurslari saloxiyati asosiy o’rin egallaydi. Turistik xizmatlar yaratishda madaniy majmualarning jozibadorligi ularning tarihiy va tasviriy bahosiga foydalanish qulayligiga bog’liq. Ma’lum turistik xizmatlarning davomiyligini oshirish va ulardan ko’proq foydalanish uchun xorijlik turistlarni malum bir turistik hududda ushlab turish uchun turistik resurslardan samarali foydalanish kerak.
Samarali foydalanish uchun esa har bir turistik resursni mukammal o’rganish kerak. « Longhorn Group » MChJ turistik firmasining iqtisodiy ko’rsatgichlarini barqaror bo’lishida firma boshqaruvining yaxshi yo’lga qo’yilganligi, marketing tatqiqotlarining o’z vaqtida samarali olib borilayotganligi va xozirgi kunda O’zbekiston turizm bozori holatining har jihatdan yaxshi o’rganilganligi sababli o’sishga erishildi. Global marketing talabi yuqori sifatli turistik mahsulot yaratish va unga to’g’ri narx belgilash bilan cheklanmaydi. Bu mahsulotni mos ravishda iste’molchiga yetkazish va maqsadli bozorga kirishini ta’minlash lozim. Тuristik korxona xizmatining samarali sotilishini ta’minlash uchun (kompleks) har tomonlama tadbirlar o’tkazish, global marketing sotish strategiyasini shakllantirish lozim. Bundan tashqari, global marketing amaliyoti shundan dalolat beradiki, sotish bir martalik tadbir sifatida emas, balki firmaning chuqur o’ylangan uzoq muddatli strategiyasining bir unsuri sifatida qaralishi kerak. Marketing faoliyatida sotishning roli quyidagicha tavsiflanadi:

  • sotish muhitida global marketingga oid barcha harakatlar natijasi aniqlanadi;

  • sotish turini iste’molchilar talabiga moslashtirish, ularga mahsulot olishdan oldin, olish vaqtida va olgandan so’ng eng ko’p qulaylik yaratish, bu bilan firma raqobat kurashida ko’proq yutish imkoniga ega bo’ladi;

  • ayni sotish vaqtida iste’molchilar didi va afzalliklari namoyon bo’ladi.

Shuning uchun har bir firma sotish operatsiyalarini tashkil etish va uni amalga oshirishga katta e’tibor beradi.
Sotish strategiyasini ishlab chiqish va yo’lga qo’yish quyidagi muammolarni yechishni taqozo qiladi:

  • sotish kanallarini tanlash;

  • vositachilar tanlash va ular bilan ishlashning to’g’ri shaklini aniqlash.

Тuristik korxonaning sotish strategiyasi korxonada qabul qilingan global marketing strategiyasi va boshqa tarkibiy qismlarni (mahsulot, narx, aloqa) hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.Тuristik mahsulotni sotish kanallari. Yuqorida ta’kidlanganidek, ixtiyoriy turistik korxonaning faoliyati faqatgina mahsulotni ishlab chiqarishdan iborat emas, balki uni sotish va bu bilan korxonaning global marketingga oid barcha harakatlarining so’nggi natijalarini aniqlashdan iborat.
Тuristik biznes ixtisosligini hisobga olgan holda turistik korxona odatda aniq xizmatlar ishlab chiqarmaydi, aytish mumkinki, barcha korxonalar o’z-o’zidan sotish kanaliga jalb qilingan. Lekin bu unchalik to’g’ri emas, chunki turistik mahsulot bir xizmatdan emas, balki kompleks jami xizmatlardan iborat. Shuning uchun sotish kanali deyilganda, turistik korxona tomonidan mahsulotni iste’molchiga sotishni tashkil etish uslublari yig’indisitushuniladi.Sotish kanali uni tashkil qiluvchi darajalar soni bilan tavsiflanadi. Sotish kanali darajasi deyilganda, turistik mahsulotni korxonadan iste’molchiga bo’lgan harakati davomidagi vositachilar tushuniladi. Darajalar sonining tarqalishi kanalining uzunligi belgilaydi.Тuristik korxona o’z mahsulotlarini to’g’ridan-to’g’ri sotishni, turistik agentliklar orqali sotishni tashkil etishi yoki bir qancha sotish kanallari yig’indisidan foydalanishi mumkin. Тo’g’ridan-to’g’ri sotishni tashkil etish yoki to’g’ridan-to’g’ri global marketing kanali ikki ishtirokchidan iborat: turistik korxona (uning filiallari, vakillari vakolatxonalari) va iste’molchi.

Yüklə 246,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə