Bank-moliya akademiyasi banking and finance



Yüklə 246,88 Kb.
səhifə8/10
tarix29.09.2023
ölçüsü246,88 Kb.
#124745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tohir hisobot

Turistik Paket.
Turpaket mavzusi: “Ziyaraat tour to Samarqand”

Samarqand - jahondagi eng qadimiy shaharlardan biri. Bu yerda, dunyodagi buyuk zotlar hoki, yuksak madaniyat namunalari, san’at, o’rta asr me’morchiligining noyob yodgorliklari saqlanib qolgan.O’tmishdagi shoir va adiblar Samarqandni “ qadimiy sharqning jannati”, “sharq musulmon dunyosining qimmatbaho marvaridi”, “yer sharining yog’du nuqtasi” deb ta’riflaydilar.
Rivoyatlarga ko’ra, bundan 2350 yil muqaddam Hindistonga qilgan yurishida yo’l -yo’lakay Samarqandga to’xtab o’tgan Iskandar Zulqarnayn bunday degan: “Samarqandning go’zalligi to’g’risida eshitganlarim hammasi to’g’ri bo’lib chiqdi, hatto men tasavvur qilganimdan ham go’zalroq ekan”
Insoniyat qadimiy taraqqiyotining jahonshumul o’chog’i – Vavilon, Afina va Rim kabi Samarqand ham ko’p asrlik o’tmishga ega. Samarqand tarixi jahon tarixining bir qismidir.
Bu- turistik paket orqali biz Sizni nafaqat Samarqandning buyuk tarixi bilan tanishtiramiz balki, Samarqandda besh vaqt namoz o’qish imkoniyatini beramiz. Samarqandni buyuk Makka shahriga bog’lashimizga ikki asosimiz bor. Avvalo, barchamizga ma’lumki, islomning muqaddas kitobi Qur’on, undan keyingisi Hadisdir. Hozirgi kungacha eng ishonchlilari deb tan olingan hadislar joy olgan, Imom al Buxoriy qalamiga mansub, Al Jom’e as Sahih asaridir. Bu asar musulmon dunyosining Qur’oni karimdan keyingi o’rinda turuvchi muqaddas kitobidir. Imom al Buxoriyning qabrlari hozirgi kunda Samarqand viloyatida joylashgan. Qabr, maqbara, masjid, muqaddas buloq, muqaddas hovuz, gulzor, majnuntol bog’i va muzeylar bilan kompleksga aylantirilgan.
Ikkinchi asosimiz bu Samarqandda, payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) ning amakivachchalari Qusam ibn Abbos qabridir.
Mazkur turistik paketimiz orqali biz sayyohlarni Alloh nazari tushgan shahar Samarqanddagi muqaddas masjidlarda besh vaqt namoz o’qish imkoniyatini yaratmoqchimiz. Bu masjidlar dovrug’i, nafaqat O’rta Osiyo balki, butun islom olamiga tanilagan, Imom al Buxoriy jom’e masjidi, Maxdumi A’zam masjidi, Bibixonim jom’e masjidi, Shohi Zinda masjidi, Hazrati Xizr masjidi, Murod Avliyo masjidi, Xo’ja Ahrori Valiy masjidi, Xo’ja Ro’shno’ masjidi va boshqa muqaddas qadamjolarda islom amallarini bajarish baxtiga musharraf bo’lasiz!
Xorijiy turistlar uchun: Turpaket, Turkiyalik islom diniga sig’inuvchi, 35-40 yoshdagi, 10 kishilik sayyohlar guruhi uchun. Xizmatlar 1- klassda ko’rsatiladi.

Yüklə 246,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə