Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti «iqtisodiyot» fakul`teti


II-BOB. FERMER XO`JALIKLARI PUL MABLAG`LARI VA HISOB-KITOBLAR HISOBI



Yüklə 321,5 Kb.
səhifə7/19
tarix26.05.2023
ölçüsü321,5 Kb.
#113315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Jumaniyozov S-diplom

II-BOB. FERMER XO`JALIKLARI PUL MABLAG`LARI VA HISOB-KITOBLAR HISOBI
2.1. Kassa operatsiyalarini hisobga olish va boshqa schyot operatsiyalarini hisobga olish
Naqd pullar va qimmatbaho qog`ozlarni saqlash uchun har bir korxona, muassasa va tashkilotlarda kassa mavjuddir. Qishloq xo`jalik korxonalarida kassa muomalalari O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki 1998 yil 24 yanvardagi 376-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini amalga oshirish qoidalari»ga muvofiq amalga oshirilmoqda. Chet el valyutasida muomala qilish ruxsat etilgan korxonalar esa O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan 1998 yil 23 iyundagi 35-son bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi kassa muomalalarini yuritish tartibi»ga asoslanadilar.
Kassaga naqd pullarni qabul qilish va kassadan pul berishga oid barcha muomalalarni maxsus tayinlangan shaxs – kassir amalga oshiradi. Kassir – moddiy javobgar shaxs hisoblanadi. U qabul qilingan pul mablag`larining but saqlanishi uchun modiiy javobgardir.
Ishga qabul qilinishida kassir bilan mahmuriyat o`rtasida to`lamoddiy javobgarlik to`g`risida shartnoma tuzilib, unda pul summalari va kassadagi boshqa boyliklar uchun moddiy javobgarlikni o`z ustiga oladi. Agar kassirning ehtiyotsizligi, sovuqqonligi yoki beparvoligi natijasida xo`jalikka zarar yetadigan bo`lsa, u holda kassir bu zararni qoplashga majbur.
Har bir xo`jalik yurituvchi sub’ekt kassa (gazna) uchun maxsus jihozlangan xona yoki xonalarni ajratishi lozim. Ushbu xonalar temir eshik, temir panjaralar, ogohlantiruvchi jihozlar, temir seyf va temir shkaflarga ega bo`lishi, pul berish tuynukchalari va xodimlar olgan pulini hisoblaydigan stol va stullar o`rnatilgan kichik xonaga ega bo`lishi lozim.
Kassada doimiy saqlanadigan naqd pulning miqdori bank bilan kelishilgan holda belgilanadi. Ma’lum muomalalar (mehnat haqi, nafaqa…) uchun olinadigan naqd pullar 3 kungacha (olingan kundan boshlab) saqlanishi mumkin. Kassa muomalalarini amalga oshirish jarayonida quyidagi hujjatlar tuziladi:
- «Kassaning kirim orderi» - kassaga naqd pul kirim qilinayotganda. Unga bosh hisobchi imzo chekadi va pattasi qirqib olinadi;
- «Kassaning chiqim orderi» - kassadagi naqd pullarning chiqishiga asos bo`ladi. Unga sub’ektning rahbari va bosh buxgalteri imzo chekadilar. Ayrim hollarda (mehnat haqi berilayotganda – to`lov qaydnomasi, yakka tartibda pul olganda – ariza va boshqalar) boshqa qo`shimcha hujjatlar tuziladi;
- «Kirim va chiqim orderlarini qayd qilish jurnali». Bu jurnal buxgalteriyada yuritilib unda har bir kirim va chiqim orderi qayd qilinadi va tartib nomeri qo`yilib olingan va sarflangan naqd pullarning harakati va yo`nalishi ustidan nazorat qilinadi;
- «Kassa kitobi» - uni kassir yuritadi. Kitobning betlari nomerlangan va oxirida betlar soni ko`rsatilib muhr bilan tasdiqlangan bo`lishi kerak.
Kassa kitobidagi yozuvlar 2 nusxada amalga oshiriladi. 1-nusxasi hisobot sifatida tegishli hujjatlar bilan buxgalteriyaga topshiriladi va 2-nusxasi esa kassirda saqlanadi.
Kassaning hujjatlarida tuzatish yoki uchirib yozishga ro`xsat berilmaydi.
Xo`jalik yurituvchi sub’ekt mahmuriyati kassadagi boyliklarning but saqlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratishi shart. Jumladan, kassa binosi holi bo`lishi lozim, kassaga kiradigan eshik esa operatsiyani bajarish vaqtida ichki tomondan yopiq turishi, begona kishilar kassaga kiritilmasligi kerak; kassadagi barcha boyliklar maxsus yonmaydigan shkaflarda saqlanishi kerak; ish tugaganlan so`ng kassir shkaflarni qulflashi va ularni surg`ichli muhri muhri bilan muhrlab qo`yishi kerak; kassada xo`jalikka tegishli bo`lmagan pul mablag`larini saqlash mahn etiladi.
Kassada kechiktirib bo`lmaydigan sarflarga to`lash uchun zarur pul mablag`lari belgilangan limit chegarasida saqlanadi.
Qishloq xo`jalik korxonalari belgilangan limitdan oshiqcha pul mablag`larini bankdagi tegishli schyotlarga topshirishlari lozim.
Kassaga naqd pullar asosan bankdagi hisob-kitob schyotidan kelib tushadi. Bundan tashqari kassaga hisobi beriladigan pullarning foydalanilmay qolgan qoldiqlari, mahsulot sotishdan olinadigan tushumlar, turli kommunal xizmatlar uchun to`lovlar kelib tushadi va h.k.
Belgilangan limitdan oshiqcha pul mablag`lari faqat ish haqi, mukofotlar, ijtimoiy sug`urta bo`yicha nafaqalar, stipendiyalar va nafaqa berish vaqtida uch kun mobaynida (pul olingan kun bilan birga) saqlanishi mumkin (bank muassasalaridan uzoq masofada joylashgan shirkat xo`jaliklari va boshqa korxonalar esa 5 ish kunigacha).
Kassada naqd pullardan tashqari qimmatbaho qog`ozlar (aksiya, obligatsiya), pul hujjatlari (yo`llanmalar), transportda yurish biletlari ham saqlanadi. Naqd pullarning harakatini hisobga olish 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag`lari» va 5020-«Xorij valyutasidagi pul mablag`lari» nomli sintetik, aktiv schyotlarda amalga oshiriladi. Ushbu schyotlarning debetida oy boshidagi qoldiq, oborotida oy davomidagi naqd pulning kirimi, kredit oborotida esa naqd pullarning oy davomidagi chiqimi – sarfi hisobga olib boriladi.
Kredit summalari guruhlashgan holda 1-jurnal orderda, debet summalari 1- qaydnomada jamg`arilib boriladi.
Hozirgi vaqtda tezkor muomalalarni amalga oshirish va mehnat haqini o`z vaqtida to`lash maqsadida yirik kompaniya va firmalarda kichik kassalar tashkil qilingan.
Kassadagi mablag`lar tugaganda, xarajatlarni va kassadagi naqd pulning qoldig`ini to`g`ri aks ettirish uchun hisobot davrining oxirida u yangidan to`ldiriladi. Yozuv kassir tomonidan emas, buxgalteriya tomonidan qayd qilinadi va doimiy taqqoslashlar amalga oshiriladi.
Pul mablag`larining kamomadi yoki ortiqchaligi-bu xarajatlar schyoti (debet qoldiq) yoki daromadlar schyoti (kredit qoldiq) da ko`rsatiladi. Kamomad yoki ortiqchalik qayd qilishdagi yoki to`lovdagi xatolardan paydo bo`ladi. Agar kamomad odatdagidan ko`proq yoki shu kassada doimiy bo`lib tursa, demak o`g`irlik haqida shubha to`g`iladi. Ma’lum hollarda o`g`irlik yoki tovlamachilik haqida shubha bor joyda, bu zarar kabi aks ettiriladi, ammo naqd pulnig kamomadi yoki ortiqchaligi sifatida emas.
Kassadagi naqd pulning qoldiqlarini taqqoslash tartibi quyidagicha:
Har bir hisobot sanasida yoki joriy oyning oxirida kassadagi qoldiqlarni taqqoslash shart. Har bir pul mablag`larini saqlash joyi bo`yicha alohida schyotda yuritish, taqqoslashning o`tkazilishini osonlashtiradi va xatolarni topishga imkoniyat beradi. Taqqoslash jarayoni quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:
• Kassadagi naqd pul qoldiqlarini sanash – kassirning ishtirokida naqd pul muomalasi bilan shug`ullanmaydigan shaxslar o`tkazadilar va tekshirish natijasida tuzilgan dalolatnoma hamma ishtirokchilar tomonidan imzolanib, sana qo`yilishi shart;
• Buxgalteriya schyotidagi qoldiqlarni haqiqatdagi naqd pul mablag`lari bilan taqqoslash. Barcha tafovutlar ko`rsatilishi kerak va ushbu aniqlangan tafovutlar dalolatnomaga qayd qilinishi lozim.
Bundan tashqari qimmatbaho qog`ozlar 5600 - «Pul ekvivalentlari va yo`ldagi pul mablag`lari» sintetik, aktiv schyotda va 3-jurnal orderida, qat’iy hisobot blankalari (mehnat daftarchalari, yuk xatlari, yo`l varaqlari) esa 006-«Qat’iy hisobot blankalari» nomli balansdan tashqari schyotda umumlashtirilgan holda hisobga olib boriladi.
Kassadagi pul mablag`lari mavjudligi va harakati to`g`risidagi axborotlar quyidagi schyotlarda umumlashtiriladi: 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag`lari», 5020-«Xorijiy valyutadagi pul mablag`lari». Pul mablag`larining mavjud qoldig`i va kassaga kirim qilinishi bu schyotlarning debetida, chiqimi esa kreditida aks ettiriladi. 5000-«Kassadagi pul mablag`larini hisobga oluvchi schyotlar» (5010, 5020) bo`yicha amaliyotda ko`proq uchraydigan schyotlar korrespondentsiyalarini keltiramiz:

2.1.1-jadval.




Yüklə 321,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə