Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti «iqtisodiyot» fakul`teti


I-BOB. FERMER XO`JALIKLARI PUL MABLAG`LARI HISOBI VA TAHLILINING NAZARIY ASOSLARI



Yüklə 321,5 Kb.
səhifə4/19
tarix26.05.2023
ölçüsü321,5 Kb.
#113315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Jumaniyozov S-diplom

I-BOB. FERMER XO`JALIKLARI PUL MABLAG`LARI HISOBI VA TAHLILINING NAZARIY ASOSLARI



    1. Fermer xo`jaligida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning umumiy qoidalari va vazifalari

Xo`jaliklarni boshqarish, uning oldiga qo`yilgan reja ko`rsatkichlariga doir vazifalarni bajarish maqsadida xo`jalik faoliyati ustidan kundalik kuzatib borishni talab qiladi. Bunday kuzatish va boshqarish xo`jalik hisobi yordamida amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik shakllari turli xil bo`lgan subyektlarning tashkil topish jarayonida ularni boshqarish, faoliyatini nazorat va tahlil qilish; ma’muriyat tomonidan tezkor qarorlarning qabul qilinishiga asos bo`ladigan zarur ma’lumotlarni asosan buxgalteriya hisobi taqdim etadi.
Buxgalteriya hisobi – har qanday mulkchilik shaklidagi xo`jalik xo`jalik faoliyatini yalpi, uzluksiz kuzatish va nazorat qilish, sodir bo`lgan voqea– hodisalarni hisob registrlarida qayd qilish, ularga ishlov berish hamda hujjatlarga asoslangan holda moliyaviy hisobot ko`rinishida axborotlarni foydalanuvchichilarga taqdim qilish tizimidir.
Buxgalteriya hisobini takomillashtirishda, eng avvalo, rivojlangan mamlakatlardagi buxgalteriya hisobi tizimidan keng foydalanish lozim. Mamlakatimizda amal qilib kelayotgan buxgalteriya hisobi tizimini xalqaro andozalar va me’yorlar talablari darajasida tashkil etish davr talabi hisoblanadi.
Xorijiy davlatlar amaliyotida buxgalteriya hisobi quyidagilarni o`z ichiga oladi:
- boshqaruv hisobi;
- moliyaviy hisob;
- soliqlar hisobi.
Mulkchilik va tarmoq shaklidan qat’iy nazar, barcha xo`jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi yuritiladi. U xo`jalik subyektidagi mablag`larining tuzilishi, joylanishi, qaysi manbalardan tashkil topganligi hamda xo`jalik jarayoni va muomalalari ta’siri ostida bo`layotgan o`zgarishlarning borishi ustidan uzluksiz nazorat olib boradi.
Xo`jalik subyektlari buxgalteriya hisobini 2016 yil 14 aprelda qabul qilingan yangi tahrirdagi O`zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi Qonuniga asoslanib yuritadilar.
Buxgalteriya hisobida xo`jalik ixtiyoridagi mablag`lar, xo`jalik jarayoni va uning ta’siri ostidagi xo`jalik mablag`larining hajmi, tuzilishi, joylanish va tayinlanishidagi sodir bo`ladigan o`zgarishlar aks ettiriladi hamda xo`jaliklar xo`jalik faoliyatining moliyaviy natijalari aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobi vositasida xo`jaliklar xo`jalik faoliyati jarayoni, mablag`lari aks ettiriladi hamda ularning tashkil topish manbalari nimalardan iborat ekanligi to`g`risidagi ma’lumotlar olinadi.
Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o`z vaqtida to`liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari deb quyidagilarni belgilash mumkin:
– xo`jalik, tashkilot va muassasalarning xo`jalik faoliyatida sodir bo`ladigan jarayonlarni kuzatib borish;
– kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni miqdor ko`rsatkichlarda ifodalash;
– xo`jalik, tashkilot va muassasalar xo`jalik faoliyatida sodir bo`ladigan jarayonlarni hujjatlarda aks ettirish;
– xo`jalik, tashkilot va muassasalar xo`jalik faoliyati ustidan uzluksiz nazorat olib borish va unga ta’sir etish;
– buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar hamda majburiyatlarning holati to`g`risidagi to`liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
– samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
– moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
Bu vazifalarning bajarilishi xo`jaliklarda sodir bo`layotgan xo`jalik jarayoni va operatsiyalarini o`z vaqtida, aniq va dastlabki hujjatlarga asoslangan holda buxgalteriya hisobida aks ettirish yo`li bilan ta’minlanadi.
«Fermer xo`jaliklari to`g`risidagi qonun»ga muvofiq «Fermer xo`jaligi o`ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi bilan shug`ullanuvchi fermer xo`jaligi a'zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo`jalik yurituvchi sub'ektidir» (1-modda).
Fermer xo`jaliklari qonun yo`li bilan mustaqil xo`jalik yurituvchi sub'ekt va yuridik shaxs huquqiga ega bo`lib, xo`jalik yuritishning yangicha usullarini ishlab chiqarishga joriy qilishlari har tomonlama zaruriy holatga aylandi.
Shuning uchun har fermer xo`jaliklari moliya-xo`jalik faoliyatining buxgalteriya hisobini to`g`ri tashkil etish va yuritish muhim ahamiyatga ega.
Fermer xo`jaligining xo`jalik-moliyaviy faoliyatini tashkil etuvchi quyidagi jarayonlar hisob ob'ektlari bo`lib hisoblanadi:
• asosiy vositalar (sotib olish, ijaraga olish, lizingga olish va h.k.);
• moddiy qiymatliklar (em-hashak, dori-darmonlar, inventarlar va h.k.);
• ishlab chiqarish jarayoni;
• tayyor mahsulotlarni sotish va shunga doir hisob-kitoblar;
• bank, moliya, soliq organlari va boshqalar bilan hisob-kitob muomalalari.
Ko`pchilik fermer xo`jaliklarining rahbarlari hisob yuritish bo`yicha maxsus bilimga ega emasliklari sababli chetdan buxgalter yollaydilar. Bu esa, birinchidan, fermer xo`jaligi uchun ortiqcha xarajat qilishga, ikkinchidan, hisob ishlarining ma'lum bir tizimga keltirmasdan, turlicha shaklda yuritishga olib keladi. Shuning uchun ham respublikamiz fermer xo`jaliklarida buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzushga turlicha yondashuvlar mavjud.
Fermer xo`jaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil etishga bunday xilma-xil yondashuvlar natijasida hisob texnologiyasida ma'lum ijobiy tajribalar to`plandi. Lekin ushbu tajribalarda, afsuski, hisob jarayonining texnikasi uning uslubiyotidan ancha oldinlab ketib, hisobning murakkablashuviga, chalkashuviga va ayrim hollarda esa islohotlarni chuqurlashtirishga to`siqliq qilishiga olib kelmoqda. Shunga ko`ra fermer xo`jaliklarida hisobni to`g`ri yo`lga qo`yish maqsadida buxgalteriya hisobini, ularning ixtisoslanganligi, xodimlar soni, mol va parrandalarining bosh soni, asosiy vositalari va aylanma mablag`lari hamda fermer xo`jaligining boshqa o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tashkil etish zarur.
Ushbu xususiyatlarga muvofiq fermer xo`jaliklari uchun buxgalteriya hisobi tizimini soddalashtirilgan shaklda tashkil etish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Bu hisob tizimini, bizning fikrimizcha, quyidagi muhim shart-sharoitlar bajarilgan holda amalga oshirish mumkin:
hisob registrlarining oddiy, tushunarli va bir xilda tuzish va to`ldirish;
• hisob ob'ektlarini to`liq aks ettirish;
• boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur ma'lumotlarni o`z vaqtida shakllantirish;
• hisob registrlarini komplektlashda bir xillikka erishish;
• fermer xo`jaligining ishlab chiqarish-moliya faoliyati to`g`risidagi hisobotini tuzish.
Fermer xo`jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisoboti №20 «Kichik tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan hisoblarni soddalashtirib yuritish va hisobotlarni tuzish tartibi haqida» BHMS va №21-«Xo`jalik yurituvchi sub'ektlar moliya-xo`jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi va uni qo`llash bo`yicha Yo`riqnoma»da belgilangan yagona uslubiy asoslar va tadbirlarga muvofiq tashkil etiladi. Bunda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo`yiladi:
• mulklarning saqlanishi va harakati hamda tasdiqlangan me'yor va rejalarga asoslangan holda moddiy, mehnat va moliya resurslarida foydalanish ustidan nazoratni ta'minlash;
• xo`jalikdagi xo`jalik jarayonlari va faoliyati natijalari haqida boshqarish uchun ta'sischil ar, investorlar, xaridorlar, kreditorlar, bank va soliq organlari foydalanishlari zarur bo`lgan to`la va aniq axborotlar tayyorlash.
Fermer xo`jaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil etish xo`jalik rahbari zimmasiga yuklatiladi. Fermer xo`jaliklarida buxgalteriya hisobi mustaqil hisob bo`limi tomonidan amalga oshirilib, uni bosh buxgalter boshqaradi. Agar fermer xo`jaligida hisob bo`limi yoki buxgalter bo`lmasa, buxgalteriya hisobini maxsus tashkilot yoki mutaxassislar shartnoma asosida yuritishlari mumkin.
Fermer xyajaliklarida barcha xo`jalik muomalalarini hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining boshlang`ich bosqichi bo`lib hisoblanadi. Buning uchun tasdiqlangan tarmoqlararo va tarmoq hujjatlarining shakllari qo`llanilishi mumkin.
Bu hujjat shakllarida quyidagi zarur rekvizitlar bo`lishi shart: hujjat nomi, raqami va tuzilgan sanasi; xo`jalik muomalasining mazmuni: xo`jalik muomalasining o`lchovi (miqdori va qiymati o`lchovlarida); xo`jalik muomalasi sodir bo`lishi va ularni to`g`ri rasmiylashtirishga ma'sul shaxslar nom iva imzolar.
Buxgalter xodimlar xo`jalik muomalalarini rasmiylashtirishda buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlarning aylanish tartibiga rioya qilishlari kerak.
Buxgalteriya hisobida hujjatlardagi ma'lumotlar hisob registrlarida qayd etilib, umumlashtirilishi va tizim qilinishi hamda ularga asosan buxgalteriya hisobotlari tuzilishi kerak.
Xo`jalik muomalalari kam bo`ladigan fermer xo`jaliklariga hisobning soddalashtirilgan shaklini qo`llashni tavsiya etamiz.
Buning uchun amaldagi schyotlar rejasi asosida qisqartirilgan (ishchi) schyotlar rejasi tuzish kerak. Bu schyotlar rejasi xo`jalik mablag`lari va ularning manbalarini buxgalterlik hisob registrlarida asosiy schyotlar bo`yicha olib borishni ta'minlaydi vash u asosda buxgalteriya hisobi ma'lumotlarining aniqligi ustidan nazorat qilinadi.
Qisqartirilgan (ishchi) schyotlar rejasidagi ayrim schyotlar, o`z vazifalari bilan birga bu rejaga kritilmagan schyotlarning funktsiyalarini ham bajarishi nazarda tutilgan.
Qisqartirilgan (ishchi) schyotlar rejasida taklif qilingan schyotlar guruhi fermer xo`jaligining moliyaviy holati to`g`risidagi buxgalteriya balansini tuzish qoidalariga muvofiq, uning mablag`lari va mablag`lar manbalarining miqdoridan kelib chiqib hamda xo`jalik faoliyati xususiyatidan, tuziladi.
Fermer xo`jaliklari mulkchilik shakllari va qaysi tarmoqqa tegishliliga qarab bir-biridan farq qiladilar. Shuning uchun ular o`zlarining ishchi schyotlar rejasini tuzishda tavsiya qilinaytgan schyotlar rejasidan namuna sifatida foydalanishlari mumkin.
Ayrim fermer xo`jaliklari o`zining ishchi schyotlar rejasini ishlab chiqishda ishlab chiqarish xarajatlari, olingan mahsulotlar, tannarxi hisoblash, daromadlar va mahsulot (ish, xizmat)larni sotishning moliyaviy natijasini hisobga olishda o`z faoliyatining muayyan shart-sharoitlaridan kelib chiqishlari kerak.
Fermer xo`jaligi o`z faoliyatini hisobga olish uchun ishchi schyotlar rejasini qabul qilgani (tasdiqlangani)dan so`ng soddalashtirilgan hisob tizimi tavsiyalarida taklif etilgan buxgalteriya hisobi shakllaridan o`ziga mosini tanlaydi.


Yüklə 321,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə