Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti «iqtisodiyot» fakul`teti


Fermer xo`jaliklarida buxgalteriya hisobining oddiy soddalashtirilgan shakli



Yüklə 321,5 Kb.
səhifə5/19
tarix26.05.2023
ölçüsü321,5 Kb.
#113315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Jumaniyozov S-diplom

1.2. Fermer xo`jaliklarida buxgalteriya hisobining oddiy soddalashtirilgan shakli
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, asosan bita yo`nalishda isxtisoslashtirilgan va xo`jalik muomalalari kam miqdorda sodir bo`ladigan hamda ishlab chiqarish (ish, xizmat) jarayonida material va boshqa resurslarni kam sroflaydigan oilaviy (yakka) fermer xo`jaliklari uchun buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shaklni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Uning mohiyati shundan iboratki, sodir bo`lgan xo`jalik muomalalarining hisobi asosan «Xo`jalik muomalalarini hisobga olish daftari» (K-1 shakl) da ruyxatga olish yo`li bilan amalga oshiriladi. Ushbu daftar uyg`unlashtirilgan hisob registri bo`lib, u fermer xo`jaligida qo`llaniladigan barcha buxgalteriya schyotlarini o`z ichiga oladi va ularning har biri bo`yicha sodir bo`lgan xo`jalik muomalalarini hisobga olish imkoniga ega. Shu bilan birga u balansning tegishli moddalari mazmunini asoslash uchun ham yetarli darajada batafsil tuzilgan. Fermer xo`jaligi buxgalterii bu daftarni vedomost' ko`rinishida bir oyga ochishi (zarur bo`lgan muomalalarni hisobga olish bo`yicha schyotlar olish uchun qo`shimcha varaqlar kiritib) yoki muomalalarni yil davomida hisobga oladigan qilib daftar shaklida yuritish ham mumkin.
Yil davomida yuritiladigan daftar tikilgan va betlari raqamlangan bo`lishi kerak. Uning oxiri betida varaqlar soni raqam va so`z bilan yozilib, fermer xo`jaligining rahbari va bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi hamda muhr bosiladi.
Fermer xo`jaligida hisobni soddalashtirish o`z hisobini o`zi yuritish asosida hisob jarayonining kam xarajaligini ta'minlaydi, ya'ni hisobni fermer xo`jaligi boshlig`i yoki xo`jalik a'zolaridan hisob yuritishni biladigan birortasi olib boradi. Natijada xo`jalik jarayonlarini va moliyaviy resurslarni bir odam boshqarishiga, shuningdek, hisob yuritish uchun qilinadigan sarflarni tejashga erishiladi.
Hisob registrlarini komplektlashda bir xillikka erishish uchun ularni daftar ko`rinishida tikish zarur. Daftarlar hajmi bir yil davomida foydalanish uchun mo`ljallanishi maqsadga muvofiq. Bunday ixchamlik hisob registrlarini to`ldirish, hisobot tuzi shva zarur ma'lumotlarni izlab topishga qulaylik yaratadi.
Fermer xo`jaliklaridagi hisob tizimi ham xalq xo`jaligidagi buxgalteriya hisobi tizimidagi kabi hisob uslubiyoti (metodi), hisob yozuvlari texnologiyasi va hisob ishlarining tashkil etishning yagonaligiga asoslangan bo`lishi lozim.
Hisob uslubiyoti – bu hisobni amalga oshirishda qo`llaniladigan usullarining ilmiy asoslangan tizimidir. Bu tizim quyidagi elementlardan iborat: hujjatlashtirish, inventarizatsiya, baholash, kal'kulyatsiya, schyotlar tizimi, ikki yoqlama yozuv, balans, hisobot.
Hisobot uslubiyotining ushbu usullarini fermer xo`jaliklariga tadbiq, qilish va natijalarini tahlil qilish ularning ahamiyati sezilarli darajada o`zgarganligi haqida xulosa qilishga olib keldi. Masalan, oilaviy (yakka) fermer xo`jaliklarida ko`p tarmoqli, hajmi nisbatan kata fermer xo`jaliklarida qo`llaniladigan, schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv kabi usullardan foydalanish shart emas.
Dastlabki hujjatlar turkumlanishiga ko`ra ichki va tashqi hujjatlarga bo`linadi. Fermer xo`jaliklari uchun ichki xo`jalik hujjatlar – bu eng avvalo, ishlab chiqarish jarayonini (ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar va olingan mahsulotlarni rasmiylashtiradigan hujjatlardir). Yirik qishloq xo`jalik xo`jaliklarida 200 dan ko`proq xilma-xil dastlabki hujjatlar qo`llaniladi. Fermer xo`jaliklarida soddalatirilgan hisob tizimi sharoitida esa bunday dastlabki hujjatlarga ehtiyoj qolmaydi.
Tashqi munosabatlar uchun qo`llaniladigan hujjatlar: kiruvchi (ta'minot jarayoni), chiquvchi (sotish jarayoni) va bank hujjatlari, bizning fikrimizcha, yirik qishloq xo`jalik xo`jaliklari amaliyotidagi kabi bo`lgani ma'qul.
Buxgalteriya hisobi uslubining elementlaridan biri hisoblangan inventarizatsiya fermer xo`jaliklarida o`z ahamiyatini yo`qotadi. Сhunki mablag`larning saqlanishi va hisob-kitoblarning ishonchliligi fermer xo`jaligi boshlig`i va a'zolarining kundalik nazorati orqali ta'minlanadi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, xo`jaliklarning ixtisoslanganligi va ishlab chiqarishning tashkiliy shakllari hisob tizimiga bevosita ta'sir ko`rsatadi. Shuning uchun ham hisobni har bir fermer xo`jaligining sharoitini o`rganib, sodda va tushunarli qilib yo`lga qo`yish zarur. Masalan, bita oiladan iborat fermer xo`jaliklariga u yoki bu shakldagi ichki xo`jalik ahamiyatiga ega bo`lgan dastlabki hujjatlarni to`lg`azish shart emas. Bunda asosiy hisob registri «Xo`jalik muomalalarini hisobga olish daftari» (K-1 shakl) qo`llaniladi. Bunga qo`shimcha fermer xo`jaligining mulklarini (ularning turlari bo`yicha guruhlangan holda) oddiy «kirim-chiqim» printsipi asosida hisobga olinadigan daftarlardan foydalaniladi. Hisob-kitob muomalalari (mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan; sug`urta, byudjet va byudjettan tashqari tashkilotlar bilan; turli debitorlar va kreditorlar hamda mehnat haqi bo`yicha xo`jalik a'zolari bilan hisob-kitoblar) uchun alohida vedomost yuritiladi. Bank bilan bo`ladigan muomalalar esa bank qoidalariga muvofiq quyidagi pul va hisob-kitob hujjatlariga asosan rasmiylashtiriladi: to`lov topshirig`i, to`lov talabnoma-topshiriq, aktseptni rad etish haqida ariza, naqd pul topshirish uchun bildirishnoma, naqd pul olish uchun chek daftarchasi.
Bayon qilinganlarni umumlashtirish asosida oilaviy (yakka) fermer xo`jaliklarida hisobning oddiy usuli soddalashtirilgan shakli bo`yicha buxgalteriya hisobini yuritish tizimini quyidagi sxema orqali ifodalash mumkin.
Fermer xo`jaligi davlat ro`yxatidan o`tib, bankda schyot ochib, soliq, sug`urta, nafaqa fond iva boshqa tegishli davlat organlari va nodavlat tashkilotlaridan ro`yxatdan o`tganidan so`ng faoliyat boshlaydi. Bunda avvalo mavjud mablag`lari va mablag`lar manbalarini umumlashtirib dastlabki balans tuziladi.


    1. Yüklə 321,5 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə