Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti «iqtisodiyot» fakul`teti


Hisob-kitob va valyuta schyotlaridagi pul mablag`larini hisobga olish



Yüklə 321,5 Kb.
səhifə9/19
tarix26.05.2023
ölçüsü321,5 Kb.
#113315
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Jumaniyozov S-diplom

2.2. Hisob-kitob va valyuta schyotlaridagi pul mablag`larini hisobga olish
Korxonalar pul mablag`larini saqlash va turli hisob-kitoblarga oid muomalalarni amalga oshirishlari uchun bankda hisob-kitob schyoti ochadilar. Buning uchun bankka xo`jalik yurituvchi sub’ekt rahbari va bosh buxgalterining yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlangan 2 nusxada arizasi, imzolar namunasi, muhr izi tushirilgan kartochka, korxonaning notarial idora tomonidan tasdiqlangan nizomidan 1 nusxa va yuqori tashkilotning korxonani tashkil etish to`g`risidagi buyrugidan ko`chirma taqdim etiladi.
Hisob-kitob schyotiga sotilgan mahsulot va bajarilgan ishlar uchun tayyorlov tashkilotlari vaboshqa xaridorlardan kelib tushgan pul; kassadan topshirilgan naqd pullar; debetor qarzlarning to`lanishi; tabiiy ofat natijasida ko`rilgan zararlarni qoplash uchun o`tkazilgan sug`urta to`lovlari; ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun bank tomonidan berilgan ssudalar hamda korxonaning hisob-kitob schyotida saqlanayotgan puli uchun bank tomonidan berilgan foizlar kelib tushadi.
Hisob-kitob schyotidan quyidagi to`lovlar amalga oshiriladi: sotib olingan tovar-moddiy boyliklar va ko`rsatilgan xizmatlar uchun to`lovlar, mehnat haqi to`lash va xo`jalikning turli ehtiyojlari uchun naqd pullarni kassaga berish, davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarni to`lash, bank ssudalari bo`yicha qarzlarni to`lash, akkreditivlar qo`yish va xo`jalik faoliyati bilan bog`liq bo`lgan boshqa to`lovlar. Bank hisob-kitob schyotidan to`lovlar o`tkazishni to`lov hujjatlarining kelib tushishiga qarab amalga oshiradi. Agar kelib tushadigan hujjatlarning hammasini to`lashga yetarli mablag` bo`lmasa, u holda to`lovlar qathiy navbat asosida amalga oshiriladi.


2.2.1-jadval.
Hisob-kitob schyotidagi pul mablag`larini hisobga oluvchi schyotlarning bog`lanishi


Yüklə 321,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə