Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti «iqtisodiyot» fakul`teti


Fermer xo`jaliklarida majburiy ajratmalar va to`lovlarning hisobi



Yüklə 321,5 Kb.
səhifə11/19
tarix26.05.2023
ölçüsü321,5 Kb.
#113315
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Jumaniyozov S-diplom

2.3. Fermer xo`jaliklarida majburiy ajratmalar va to`lovlarning hisobi
Umumdavlat solig`larini to`lovchi qishloq xo`jaligi xo`jaliklari soliq to`lovlaridan tashqari davlatning byudjetdan tashqari maqsadli fondlariga quyidagi ajratmalar, to`lovlar va ushlanmalarni amalga oshiradilar (2.3.1-jadval).
Fermer xo`jaliklari yil davomida quyidagi soliq va majburiy to`lovlarni to`laydilar:
-yagona er solig`ini yilda bir marta joriy yilning i mayiga qadar hisobotlarni topshiradi, 1 sentabrgacha hisoblangan soliqning 30 % ini, 1 degabrgacha qolgan qismini to`laydi;
-jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ini har chorakda keyingi oyning 25 sanasigacha hisobotlarni topshiradi, soliqlarni to`lash ish haqqini bankdan olish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;
-yagona ijtimoiy to`lov har oyda geyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmasdan, to`alsh hisobotlarni topshirish muddatigacha.
Davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratma va ushlanmalarning hisob-kitoblari tasdiqlangan shakllarda tuziladi va belgilangan muddatlarda davlat soliq idoralariga taqdim etiladi. Ushbu hisob-kitob ma'lumotlari davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratma va ushlanmalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishga asos bo`ladi.
Pensiya fondi, Respublika yo`l fondi va maktab ta'limini rivojlantirish fondiga bajarilgan ishlardan olingan sof tushumga nisbatan mos ravishda belgilangan stavkalarda hisoblangan majburiy ajratmalar summasi hisobot oyida hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar»;
Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to`lovlar».
Pensiya fondiga hisobot davrida hisoblangan ish haqi fondiga nisbatan belgilangan stavkada hisoblangan majburiy ajratma summasi hisobda quyidagicha aks ettiriladi:

  • Debet Xarajat schyotlari (2010, 2310, 2510, 9410, 9420, 9210, 0810);

  • Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to`lovlar».

Xodimlarga hisoblangan ish haqida pensiya fondiga 3,5 foizlik majburiy ushlanmaning ushlab qolinishi hisobda quyidagicha aks ettiriladi:

  • Debet 6710 «Xodim bilan ish haqi bo`yicha hisoblashishlar»;

  • Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to`lovlar».


Yüklə 321,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə