Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti «iqtisodiyot» fakul`teti


T/r Xo`jalik muomalalari mazmuni



Yüklə 321,5 Kb.
səhifə8/19
tarix26.05.2023
ölçüsü321,5 Kb.
#113315
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Jumaniyozov S-diplom

T/r

Xo`jalik muomalalari mazmuni

Schyotlar korrespondentsiyasi

Debet

Kredit

1

Mahsulot, tovar, ish va xizmatlar naqd pulga sotilganida

5010, 5020

9010- 9030

2

Bankdagi tegishli schyotlardan pul mablag`lari kassaga kelib tushganda (ish haqi, pensiya, mukofot va h.k. berish uchun)

5010, 5020

5110- 5530

3

Hisobdor shaxslar olingan bo`nakning ishlatilmagan qismini qaytarganda

5010, 5020

4220- 4290

4

Ta’sischilar korxonaning ustav kapitaliga o`z ulushlarini naqd pul shaklida qo`shganda

5010,

5020 4610

5

Pul mablag`lari kassadan bankdagi schyotlarga qaytarilganda

5110- 5530 5010,

5020

6

Aktsionerlardan ularga tegishli aktsiyalar sotib olinganda

8610, 8620

5010, 5020

7

Qimmatli qog`ozlarni sotib olish xarajatlari to`langanda (maslahatchilar, brokerlar haqi)

9690

5010, 5020

8

Hisoblangan ish haqi va boshqalar (mukofotlar va h.k.) kassadan to`langanda

6710

5010, 5020

9

Hisobdor shaxslarga pul berilganda

4220- 4290

5010, 5020

10

Ijro varaqalari bo`yicha har xil summalar berilganda

6990

5010, 5020

Korxona, muassasa va tashkilotlardagi ayrim muomalalarni tezkorlik bilan amalga oshirish uchun hisobdor shaxslar xizmatidan foydalanadilar. Ular sub’ektning xodimlari bo`lib, ma’muriy xo`jalik muomalalarini amalga oshirish va xizmat safariga borish uchun kassadan naqd pul oladilar. Bu shaxslarning ro`yxati sub’ektning rahbari tomonidan tasdiqlanadi.


Xo`jalik sarflari uchun sarflanadigan naqd pullar sub’ektning tasdiqlangan chegara (smeta) summasida xizmat safari sarfi esa buyruqqa asosan safar guvohnomasi ko`rsatilib hisoblangan summada borish – kelish yo`l xarajatlari, kunlik sarflari, tunash xarajatlari ko`rsatiladi.
Bu sarflarning maqsadga muvofiqligi yuqori mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. Hisobdor shaxslar muomala sodir bo`lgandan keyin 3 kun ichida hisobot tuzishlari lozim. Qoldiq summalari, ya’ni sarflanmay qolgan bo`naklar kassaga topshiriladi, ortiqcha sarf qilingan bo`lsa, kassadan olingan bo`nakning farqi summasi beriladi. Agar shaxslar o`z vaqtida hisobot bermasalar bu summalar ularning mehnat haqidan ushlab qolinadi.
Hisobdor shaxslar bilan hisoblashish muomalalari:
4220 – «Xizmat safari uchun berilgan bo`nak»
4230 – «Umumxo`jalik sarfi uchun berilgan bo`nak»
4290 - «Berilgan boshqa bo`naklar» nomli aktiv schyotlarda va
6970 – «Hisobdor shaxslarga bo`lgan qarz» passiv schyotida yuritiladi.
4220 – 4290 schyotlarining debet tomonida berilgan bo`nak summasining davr boshidagi qoldig`i va oy davomida berilgan bo`nak summalarining yig`indisi hisobga olib boriladi. Ushbu schyotlarning kreditida sarflangan summa va 6970 – «Hisobdor shaxslarga bo`lgan qarz» schyotining kreditida bo`lsa hisobdor shaxslarga bo`lgan qarz summasi hisobga olib boriladi.
Ushbu summadan foydalanish va ularni o`z vaqtida kaytirishni nazorat qilish uchun har bir hisobdor shaxs bo`yicha analitik hisob (kartochka) yuritiladi va olingan va sarflangan summalar tezkorlik bilan qayd qilib boriladi.
Hisobdor shaxslar bilan hisoblashish bo`yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar 7- jurnal orderida yil davomida yigma jami summa ko`rsatilgan holda har bir hisobdor shaxs bo`yicha yuritiladi.
Pul mablag`larini butligi, kassa muomalalarini bajarish bo`yicha moddiy javobgarlik korxona rahbari tomonidan tayinlanadigan kassirga yuklatiladi. Kassa muomalalarini yuritish Markaziy bank boshqarmasining 1998 yil 24 yanvardagi 376 - sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini yuritish qoidalari» bilan tartibga solinadi.
Kassada kechiktirib bo`lmaydigan xarajatlarni qoplash uchun zarur bo`lgan belgilangan limit doirasida qoldiq bo`lishi mumkin. Agar korxonaning valyuta schyotida mablag`lar bo`lsa, naqd valyutadan foydalanish zaruriyati vujudga kelishi mumkin. Naqd valyutani hisobga olish uchun alohida 5020 «Chet el valyutasidagi pul mablag`lari» schyoti ochilgan. Naqd xorijiy valyuta harakatining hisobi kassa daftarida yuritiladi. Bu daftarda xorijiy valyuta muomalalarining hajmiga qarab taxmindan bir necha betlar ajratiladi. Bankdan naqd xorijiy valyutani olinishi quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag`lari» K-t 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» Safar xarajatlari uchun hisobdor shaxslarga berilsa:
D-t 4220-«Xizmat safarlar uchun berilgan bo`naklar» K-t 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag`lari».
Naqd xorijiy valyuta harakatining hisobi ikki bahoda yuritiladi: valyuta turlari bo`yicha va so`mda. Sintetik hisob faqat so`mda yuritiladi. Jurnal order shaklida hisob yuritilganda naqd xorijiy valyutasi uchun1/1 – jurnal-orderi va 1/1 vedomosti qo`llaniladi.
Kassadagi naqd xorijiy valyuta qoldig`i vaqti vaqti bilan so`mga nisbatan qayta baholanib turiladi. Ijobiy va salbiy kurs farqi 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag`lari» schyoti 9540-«Kurs farqlaridan foydalar» yoki 9620-«Kurs farqlaridan zararlar» schyotlari bilan korrespondentlashgan holda aks ettiriladi.
Korxonaning bankdagi hisob-kitob schyotidagi pul mablag`larining mavjudligi va harakati to`g`risidagi axborotlarni umumlashtirish5110-“Hisob-kitob schyoti”da amalga oshiriladi.
5110-“Hisob-kitob schyoti”ning debeti bo`yicha korxonaning hisob-kitob schyotiga pul mablag`larining kelib tushishi aks ettiriladi. 5110-“Hisob-kitob schyoti”ning kreditida korxonaning hisob-kitob schyotidan pul mablag`larining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank ko`chirmasini tekshirish natijasida korxonaning hisob-kitob schyoti debeti yoki kreditiga xatolik bilan olib borilgan summalar 4860-“Da’volar bo`yicha olinadigan schyotlar” yoki6960-“Da’volar bo`yicha to`lanadigan schyotlar” bilan bog`langan holda aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida hisob-kitob schyoti bo`yicha operatsiyalar bank ko`chirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi.
Hisob-kitob schyotidagi pul mablag`larini hisobga oluvchi schyotlar (5100) bo`yicha analitik hisob milliy valyutadagi pul mablag`larini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir schyot bo`yicha yuritiladi.
Yuridik shaxs, ya’ni mustaqil balansga, Nizom va Ustaviga ega bo`lgan sub’ektlar banklarda o`zlarning hisoblashish schyotini (5110 – «Hisoblashish schyoti) ochish huquqiga egadirlar.
Chunki vaqtincha foydalanishdan chetga chiqarilgan pul mablag`larini saqlash va ularning tizimli va doimiy nazoratni kuchaytirish lozim. Bank yoki boshqa moliyaviy tashkilotlarning schyotlarini qo`llash pul mablag`larini ustidan nazoratlarni o`rnatishning muhim usulidir. Vaholanki, banklarning schyotidan foydalanish bir nechta ustunliklarni ruyobga chiqaradi:
- pul mablag`lari banklarda maxsus jihozlangan xonalarda saqlanadi, ya’ni jismoniy himoyalangan bo`ladi;
- pul mablag`lari bo`yicha alohida hisob bank tomonidan yuritiladi;
- pul mablag`larini boshqarish jarayonida o`g`irlik va tavakkalchilikning darajasini kamaytiradi;
- mijozlar bilan hisoblashish muomalalarini naqd pulsiz shaklida to`lovlar va oluvlarni bevosita bankdagi ushbu schyot orqali amalga oshirish mumkin;
- pul emissiyasining darajasini, pirovard natijada uning sarfini kamaytirish imkoniyatiga ega bo`linadi, chunki naqd pul qancha muomalada bo`lsa shuncha ko`p jismoniy eskiradi.
Xo`jalik yurituvchi sub’ektlar hisoblashish schyoti ochayotganda, bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- hisoblashish schyotini ochish to`g`risidagi ariza;
- ro`yxatdan o`tkazilganligi haqidagi guvohnoma;
- ustav va ta’sis shartnomasining notarial idora tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
- notarial idora tomonidan tasdiqlangan imzolar va muhr belgilari tushirilgan ikki dona kartochka (1-imzo sub’ektning rahbariniki, 2-imzo bosh buxgalterniki);
- soliq nazortida ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risidagi ma’lumotnoma.
Hisoblashish schyotini ochish jarayonida sub’ekt bank bilan shartnoma tuzadi va yuridik shaxsning hisoblashishi schyotiga № beriladi.
Qo`shma korxonalar esa yuqorida qayd qilingan hujjatlardan tashqari bankka investitsiya loyihasini tasdiqlovchi davlat qaydnomasining nusxasini ham topshirishi lozim.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, yirik xo`jalik yurituvchi sub’ektlar o`zlarining hohishiga ko`ra hisoblashishi schyotini ochgandan keyin boshqa manzillarda (sub’ekt joylashgan manzildan tashqarida) joylashgan bo`limlari, filiallari, yirik dukonlari va boshqa bo`linmalari uchun joriy schyotlr ochish huquqiga egadirlar. Bo`lim, filial va dukonlar o`zlarining ushbu joriy schyotlari orqali asosiy hisoblashish schyotidan mablag` o`tkazib xodimlariga mehnat haqi, mukofot va nafaqalar berish, xizmat safarlarining sarflarini qoplash, xodimlarning omonatlariga o`tkazish, mehnat haqidan ushlagan summalarni soliq organlari va pensiya jamg`armalariga o`tkazish, ishlab chiqarish uchun boshqa tezkor va zaruriy muomalalarni va boshqa xo`jalik muomalalarini amalga oshiradilar.
Bankda hisoblashish schyotini ochgandan keyin sub’ektlar doimiy ro`yxatdan o`tganlik to`g`risida guvohnoma olish uchun qayd qilingan Ustav kapitalining 30% ini bankka qo`yilganligi to`g`risida tegishli bankdan tasdiqnoma (spravka) olishi lozim. Bank ushbu Ustav kapitalini 30%ini hisoblashish schyotiga o`tkazgandan keyingina sub’ektga ushbu tasdiqnoma (spravka) ni berish huquqiga ega.
Hisoblashish schyotida sub’ektning vaqtincha pul mablag`lari, mahsulotni sotish, ishni bajarish va xizmatlarni ko`rsatishdan olingan daromadlar, olingan uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar hisobiga olinadi va hisoblashishning asosiy qismi amalga oshiriladi:
- mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisoblashish;
- to`lovlar bo`yicha byudjet bilan hisoblashish;
- ijtimoiy muhofaza tashkilotlari va davlat sug`urta idoralari bilan hisoblashish;
- boshqa debitor va kreditorlar bilan hisoblashish;
- mehnat haqi, moddiy yordam, mukofot, nafaqa va shunga o`xshash yo`nalishdagi to`lovlar uchun naqd pullarni kassaga olish.
Bu mablag`larni o`tkazish yoki naqd olish sub’ekt rahbarining topshirigi va roziligi bilangina amalga oshiriladi. Ayrim hollarda (qonunga muvofiq) bank sub’ektning roziligisiz quyidagi majburiyatlarga tegishli mablag`larni hisoblashishga (inkasso tartibida) o`tkazishi mumkin:
- to`lov muddati kelgan byudjetga bo`lgan qarzlar;
- mahalliy va xo`jalik sudlarining ijro varaqlariga asosan;
- kreditdan foydalanish foizi, muddati o`tgan kredit summasi va bank xizmati summasi.
Qolgan barcha muomalalar sub’ekt rahbariyatining roziligi bilan tasdiqlangan grafik asosida amalga oshiriladi, ya’ni bankka pul mablag`ining kelib tushishi va schyolarni to`lovga qabul qilish vaqti inobatga olinadi.
Davlat korxonalari, aksionerlik jamiyatlari, kishlok xo`jalik uyushmalari (shirkatlar), mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, uyushmalar, birlashmalar, konsernlar, korporatsiyalar, qo`shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va boshqa korxonalar tomonidan talab qilib olgunicha depozit schyotlarini ochish uchun zikr qilingan hujjatlarga qo`shimcha qilib bankka yuqorida keltirilgan yo`riqnomaga binoan yana boshqa hujjatlar topshiradilar.
Barcha hujjatlar topshirilgandan so`ng bank xizmatini ko`rsatish bo`yicha shartnoma imzolanadi va bank boshqaruvchisining bo`yrug`i bilan korxonaga tegishli hisob-kitob schyoti nomeri belgilanadi va bankning buxgalteriya apparati tomonidan pul mablag`lari harakatini hisobga olish uchun shaxsiy schyot ochiladi. Boshqa shahar yoki axoli punktlarida joylashgan xo`jalik hisobida bo`lmagan filiallar, magazinlar, ishlab chiqarish birligi va boshqa bo`linmalarga mahalliy bank muassasasida cheklangan muomalalarni aks ettirish uchun joriy schyot ochiladi. Bu cheklanish asosiy hisob-kitob schyotini idora qiluvchi bosh korxona (tashkilot) tomonidan belgilanadi.
Yuridik shaxsning talab qilib olguncha depozit (hisob-kitob) schyotida yetarli darajada pul mablag`lari bo`lsa, pul o`tkazib berish uning bo`yrug`i yoki boshqa to`lov hujjatlari bilan amalga oshiriladi.

Yüklə 321,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə