Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti «iqtisodiyot» fakul`teti


Pul mablag`lari hisobini yuritishning ahamiyati va maqsadi



Yüklə 321,5 Kb.
səhifə6/19
tarix26.05.2023
ölçüsü321,5 Kb.
#113315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Jumaniyozov S-diplom

Pul mablag`lari hisobini yuritishning ahamiyati va maqsadi

Fermer xo`jaliklarida pul mablag`lari hisobini to`g`ri va aniq tashkil qilinishi hamda uni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Fermer xo`jaliklarining buxgalteriyasi, odatda, barcha to`lov va hisob-kitob muomalalarini amalga oshiradi hamda ushbu muomalalarni qonunlarga muvofiq, o`z vaqtida va to`g`ri rasmiylashtirish ustidan nazoratni amalga oshiradi.1
Barcha mulkchilik shaklidagi xo`jaliklarning pul mablag`lari, hoh u o`z mablag`i bo`lsin, hoh qarzga olingan bo`lsin, kassada saqlanuvchi pul qoldiqlari va oborotda foydalaniladigan tushumning bir qismidan tashqari, uning bankdagi hisob-kitob schyotida saqlanishi lozim. Bank xo`jalikning hisobvaraqlaridan pulni o`tkazish va berish to`g`risidagi hamda bank qoidalari va bank bilan xo`jalik o`rtasidagi shartnomada ko`zda tutilgan boshqa muomalalarni o`tkazish haqidagi farmoyishlarini bajaradi. Hisob-kitob muomalalarini bank orqali o`tkazish xo`jaliklarning o`zlari belgilagan ish haqi fondlariga, xizmat safarlari va xo`jalik xarajatlari limitlariga rioya qilishlarini har tomonlama nazorat qilish, xo`jalikning davlat byudjeti bilan soliqlar, yig`imlar bo`yicha o`z vaqtida hisob-kitob qilishini, mol etkazib beruvchilarning hisobvaraqlari va to`lov talabnomalariga o`z vaqtida haq to`lashni kuzatib borish, xo`jalikga turli maqsadlar uchun, muayyan ta’minot hisobidan ssudalar berish va mazkur ssudalarning belgilangan muddatda qaytarilishini kuzatish va hokazolar imkonini beradi.
Xo`jalik, firma va tashkilotlarning faoliyatida xo`jalik aloqalari muhim o`rin tutadi, chunki bu aloqalar orqali ta’minot, ishlab chiqarish, mahsulotlarni jo`natish va sotish jarayonlari amalga oshiriladi. Xo`jalik aloqalari shartnomalarga asoslanib amalga oshiriladi. Natijada bitta xo`jalik yurituvchi sub’ekt tovar-material zaxiralarini yetkazib beruvchi, ishlarni bajaruvchi va xizmatlarni ko`rsatuvchi, ikkinchi xo`jalik yurituvchi sub’ekt esa sotib oluvchi, iste’molchi sifatida maydonga chiqadi, natijada ushbu qiymatliklar, ish va xizmatlarning qiymatliklarini to`lash bo`yicha huquq va majburiyatlarga ega bo`ladi.
Bu aloqalar natijasida xosil bo`lgan hisoblashishlarni aniq tashkil qilish, ayniqsa bozor sharoitida aylanma mablag`larning tezkorlik bilan aylanishiga va pul mablag`larining o`z vaqtida kelib tushishiga sharoit yaratib beradi.
Xo`jalik yurituvchi sub’ektlar yuqoridagi muomalalaridan tashqari ishlab chiqarish topshiriqlarini bajaruvchi xodimlar bilan ham o`zaro hisoblashishlar - ishchi va xizmatchilar, ijtimoiy muhofaza, byudjet bilan bo`ladigan hisoblashishlarni ham amalga oshiradi. Ko`p hollarda xo`jalik, tashkilot va muassasalar bilan hisoblashishlar naqd pulsiz amalga oshiriladi. Bu hisoblashishlar jarayonida banklarning xizmatidan foydalaniladi, chunki hisoblashishlar amalga oshiriladigan schyotlar tegishli bankda ochiladi. Banklar yuridik shaxslar hisoblanib xo`jalik va tashkilotlarning mablag`larini qaytarib berish, foizlarni to`lash va muddatli shartlar to`lash bilan jalb qiladilar. O`zbekiston Respublikasida Markaziy Bank, tijorat banklari (tarmoqqa xizmat qiluvchi – paxta, g`alla, meva, sabzavot, qurilish va hokazo) va xususiy banklar mavjud.
Bank va mijoz(klient)ning manosabatlari shartnomaga asosan amalga oshiriladi. Banklar orqali amalga oshiriladigan muomalalar hisoblashish va kredit muomalalariga bo`linadi. Hisoblashish muomalalarida bank mol yetkazib beruvchi va oluvchi o`rtasidagi hisoblashishlarni amalga oshirsa va nazorat qilib tursa, kredit muomalasida bank qarz beruvchi va berilgan qarzning o`z vaqtida qaytarib olinishini nazorat qiladi.
Banklarda hisoblashish schyotlaridan tashqari joriy va maxsus schyotlar (xususiylashtirish jamg`armasi, akkreditiv, chek daftarlari) ham ochiladi.
Korxonalar o`zining bo`sh pul mablag`larini bankdagi hisob-kitob schyotida, valyuta schyoti, maxsus schyotlar va boshqa schyotlarda saqlaydilar. Vaqtinchalik bo`sh pul mablag`larini bankdagi schyotlarda saqlash ulkan xo`jalik ahamiyatiga ega, chunki bu mablag`lar vaqtinchalik moliyaviy qiyinchilikni boshidan kechirayotgan korxonalarga kredit berish uchun ishlatiladi. Shu bilan birga vaqtinchalik bo`sh turgan pul mablag`larini bankda saqlash ularning saqlanishi va naqd pulsiz hisobkitoblarni tez amalga oshirishni kafolatlaydi. Bundan tashqari korxonalar o`z pul mablag`larini bankda saqlaganliklari uchun belgilangan miqdorda qo`shimcha daromad ham oladilar.
Pul mablag`lari, pul hujjatlari va moliviy qo`yilmalar hisobi korxona kassasidagi pul mablag`larini va pul hujjatlarini kundalik nazorat qilish, bankdagi schyotlarda saqlanayotgan pul mablag`lari va olingan kreditlardan maqsadli foydalanishni muntazam nazorat qilishni tahminlashi lozim.
Moliyaviy qo`yilmalarga fond qiymatliklari va boshqa qimmatli qog`ozlar (jamg`arma sertifikatlar va boshqalar), respublika hududida tashkil qilingan boshqa korxonalarning ustav kapitaliga qo`shilgan hissalar, xorijiy korxonalar kapitalida ishtirok etish hamda boshqa korxonalarga berilgan pul va boshqa qarzlar kiradi. Fond qiymatliklarga boshqa korxonalarning aktsiya va obligatsiyalari, davlat qarzlari kabilar kiradi.
Pul mablag`larini hisobga olish qaydnomasi, fermer xo`jaliklari tomonidan kassadagi pul mablag`larini hisobga oluvchi schyotlar (5000), hisob-kitob schyotidagi pul mablag`larini (5100), chet el valyutasidagi pul mablag`larini (5200), bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag`larini hisobga oluvchi schyotlarda (5500) hisobga olinadigan pul mablag`larining hisobi uchun qo`llaniladi.
Pul mablag`larini qabul qilish va topshirish, kirim va chiqim hujjatlarini rasmiylashtirish, kassa kitobini yuritish, kassa operatsiyalari to`g`risidagi hisobotni tuzish Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Pul mablag`larini hisobga olish qaydnomasida hisob-kitob schyoti va bankdagi boshqa schyotlar bo`yicha operatsiyalar yozuvlari bank ko`chirmalari va unga ilova qilingan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Hisob-kitob schyoti bo`yicha operatsiyalarni amalga oshirish va rasmiylashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida pul mablag`lari va ekvivalentlari muomalalarining hisobini yuritishning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: -pul mablag`larining harakati va hisoblashish muomalalarini to`g`ri va vaqtida hujjatlashtirish;
-xo`jalik, tashkilot va muassasalarning kassasidagi naqd pullar, qimmatbaho qog`ozlar mavjudligining tezkor va kundalik nazoratini tashkil qilish;
-pul mablag`laridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish;
-byudjet, bank, shaxslar bilan hisoblashishni o`z vaqtida va to`g`ri amalga oshirishni nazorat qilish;
-mol yetkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan amalga oshiriladigan hisoblashish turlarining tuzilgan shartnomadagi hisoblashish turlari va vaqtiga to`g`ri kelishini nazorat qilish;
-debitor va kreditorlar bilan hisoblashishlarni tekshirib borish.
Xo`jalik yurituvchi sub’ektlar – xo`jalik, firma va tashkilotlarning joriy aktivlari, pul mablari, ularning ekvivalentlari va olinadigan schyotlari muomaladagi muddatiga qarab ushbu aktivlar quyidagilarga bo`linadi:
-uzoq muddatli (bir yildan ortiq) aktivlar;
-qisqa muddatli yoki joriy (bir yilgacha) aktivlar.
Joriy aktivlar likvidlikning pasayishi tartibida quyidagilardan tashkil topgan:
-pul mablag`lari va ularning ekvivalentlari;
-qisqa muddatli investitsiyalar;
-olinadigan schyotlar;
-tovar - moddiy zaxiralari;
-oldindan to`langan sarflar (berilgan bo`naklar);
-axborot bilan ta’minlash;
-mazkur sharoitlarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etgan holda naqd pulsiz o`tkazishlar va naqd pullar vositasida zarur to`lovlar va hisob-kitoblarni o`z vaqtida amalga oshirish;
-hisob registrlarida to`lov va hisob-kitob muomalalari pul mablag`larining mavjudligi hamda harakatini to`liq va tezkor aks ettirish, zero xo`jalik pul mablag`larining harakati xo`jalik amaliy faoliyatining asosiy ko`rsatkichlaridan biri hisoblanadi;
-pul mablag`laridan xo`jalikda ishlab chiqilgan limitlar va smetalarga muvofiq foydalanishning amaldagi qoidalariga rioya qilish;
-pul mablag`lari va o`zaro hisob-kitoblar holatining inventarizatsiyasini tashkil etish hamda belgilangan muddatlarda o`tkazish;
-kassada, banklardagi hisob-kitob, valyuta va boshqa hisobvaraqlarda pullar mavjudligi va butligini nazorat qilish;
-qisqa muddatli investitsiyalar bilan bog`liq muomalalarni o`z vaqtida hisobga olish.
Pul mablag`lari majburiyatlarni zudlik bidan to`lash uchun ishlatilishi mumkin bo`lgan turdagi mablag`larni o`z ichiga oladi. Pul mablag`lariga moliyaviy muassasalardagi joriy schyotdagi qoldiqlar, naqd ko`pyuralar, tangalar, valyutalar, kichik kassaning naqd pullari va moliyaviy muassasalar tomonidan muddatli depozitlar va muomaladan chiqarish uchun qabul qilingan, sub’ektning kassasidagi konkret o`tkazib beriladigan pul hujjatlaridir (depozit schyotlar ham pul mablag`lari sifatida ko`riladi. Oddiy omonat schyotlar bo`yicha bank muomaladan chiqarish haqida dastlabki xabarnomani talab qilish huquqiga ega, ammo bu vakolatni kam qo`llaydi. Shuning uchun omonat schyotlari odatda pul mablag`lariga kiritiladi). Bu o`tkaziladigan pul hujjatlariga oddiy cheklar, kassaning orderlari, mijozning cheklari, pul o`tkazmalari va boshqa hisoblashish vositalari kiradi. Balansning «Pul mablag`lari» moddasidagi qoldiq pul mablag`lari schyotlariga kiradigan barcha turdagi mablag`larni aks ettiradi.
Pul ekvivalentlari – bu pul mablag`lariga o`xshaydigan lekin boshqacha turkumlanadigan aktivlardir. Ular xazina vosiqalari (xazina vosiqalari – bu muomalaga chiqarilgan, keyin bir yildan kam muddatga qaytariladigan hukumatning foizsiz majburiyatlaridir. Ular chegirma bilan sotiladi va o`z vaqtida to`lanadi. To`lash qiymati bilan chiqarilish qiymati o`rtasidagi farq xaridorning foiz daromadi bo`ladi. Xazina vosiqalari bir yil ichida va undan ortiq muddatda to`lanadigan hukumatning majburiyatlari hisoblanib, agar ular joriy moliyaviy yil davomida to`lanmasa, qisqa muddatli investitsiya sifatida turkumlanmaydi), tijorat qog`ozlari (qisqa muddatli vosiqalar – bu korporatsiyalar tomonidan chiqarilgan o`zining qisqa muddatli pul mablag`lariga bo`lgan ehtiyojlarni moliyalashtiruvchi mablag`lardir) va depozit sertifikatlardan (tezda talab qilib olish mumkin bo`lmagan depozit sertifikatlari yoki bank depozitlari, muomaladan chiqarish yo`li bilan to`lanishi va jazo (sanksiya) o`tkazilishi mumkin) iborat.
Kechikishlar va jarima jazo (sanksiya)lari pul ekvivalentlarining pul mablag`lariga almashtirilishiga ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun, ekvivalentlar kassa schyotida hisobga olinadi. Ko`pincha pul ekvivalentlarini hisoblashish vositalariga aylantirish ehtiyoji yo`q (pul ekvivalentlari moliyaviy holatinig o`zgarishi haqidagi hisobot uchun maxsus ma’noga ega). Ekvivalentlar odatda qisqa muddatli investitsiya schyotiga kiritiladi.
Hisobot davrining oxirida to`liq olinmagan pul o`tkazmalari (cheklar) pul mablag`lari schyotidagi qoldiqlaridan ayrilmaydi. Ba’zi kompaniyalar pul mablag`lari schyotidagi qoldiqni, cheklar to`lash uchun taqdim qilinmaguncha kamaytirmaydilar. “Pul mablag`lari” schyoti erkin foydalanish mumkin bo`lmagan, kompensatsion qoldiq deb ataluvchi, summani o`z ichiga oladi. Bu qoldiq kredit to`g`risidagi shartnomaning ta’minoti sifatida sub’ekt o`zining schyotida bank talabiga binoan saqlaydigan minimal summani ko`rsatadi. Haqiqatda bu shartnoma naqd pulni chegaralaydi va kompaniyaning likvidligini pasaytirishi mumkin.
Overdraft – bu qisqa muddatli majburiyat kabi hisoblanadigan va aktiv schyotlardagi mavjud bo`lgan debet qoldiqdan yuqori bo`lmagan summadagi to`lovni amalga oshirishda vujudga keladigan kredit qoldiqdir. Overdraft, agarda bank tomonidan to`langan omonatchi schyotining overdrftini amalga oshirayotgan bo`lsa, sub’ektning ushbu bankdagi boshqa pul mablag`lari schyotlarida ijobiy qoldiqka ega bo`lgan holdagina debet va kredit qoldiqlarini o`zaro qoplash mumkin. Bu holda bank debetor va kreditor rolini bajaradi. Ammo turli moliyaviy muassasalarning schyotlari o`zaro qoplanmaydi.
Kredit resurslaridan foydalanish samarasini oshirish va xo`jaliklar ishlarini pirovard natijalariga kredit mexanizmi ta’sirini kuchaytirish maqsadida banklarning xo`jaliklar bilan kredit munosabatlari kredit shartnomalari bilan rasmiylashtiriladi. Xo`jaliklar banklarda hisob-kitob va valyuta schyotlaridan tashqari, qat’iy maqsadga belgilangan mablag`larni saqlash uchun maxsus joriy schyolar (limitlashtirilgn chek daftarchalari, akkreditivlar, maxsus schyotlar va boshqalar) ochishlari mumkin.
Pul mablag`lari hisobi buxgalteriya hisobi schyotlar rejasining beshinchi bo`limidagi, hisob-kitoblar esa oltinchi bo`limidagi schyotlarda yuritiladi.
Pul mablag`lari va hisob-kitoblar hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- pul mablag`lari va hisob-kitob maomalalarini o`z vaqtida va to`g`ri hujjatlashtirish;
- xo`jalik kassasidagi naqd pul mablag`lari va qimmatli qog`ozlarni butligini operativ, kundalik nazorat qilish, pul mablag`larini qat’iy belgilangan maqsadga sarflanishini, byudjet, banklar, xodimlar va boshqa muassasalar bilan to`g`ri va o`z vaqtida hisoblashishlarni, mol sotib oluvchi va mol yuboruvchilar bilan shartnomada belgilangan hisoblashish shakllariga amal qilishni nazorat qilish;
-qarzlarni qaytarish muddatidan o`tkazib yubormslik maqsadida debitolar va kreditorlar bilan olib borildigan hisob-kitoblarni o`z vaqtida solishtirish.
Bozor iqtisodi sharoitida pul mablag`ini va uning ekvivalentlarini saqlash, kirimi va sarfini ustidan qattiq va tizimli nazorat o`rnatish lozim. Chunki ular tez harakat qiladigan va ugirlanishi nisbatan oson bo`lgan mablag`lardir.
Shuning uchun ularni saqlash, kirim va sarflanishini nazorat qilishning quyidagi usullarini qo`llash maqsadga muvofiqdir:
A. Pul mablag`larining ichki nazorati.
Ichki nazorat tizimi quyidagilarni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan siyosat va tadbirlardir:
- aktivlarni himoya qilish;
- sub’ektning moliyaviy siyosatini mosligini ta’minlash;
- buxgalteriya schyotlarida aks ettirilgan ko`rsatkichlarning ishonchliligini ta’minlash. Pul mablag`lari va aktivlar ustidan o`rnatilgan qattiq ichki nazorat tizimi, pul mablag`lari va ularning ekvivalentlarining amalga oshirilgan baholanishi moliyaviy hisobotlaridan foydalanuvchilar aniq va ishonchli bo`lib hisoblanadi.
Pul mablag`lari ustidan o`rnatilgan ichki nazorat quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:
- pul mablag`larini alohida saqlash va alohida hisobini yuritish;
- naqd pulga amalga oshirilgan barcha muomalalarning hisobini yuritish;
- kassada faqat zarur bo`lgan naqd pulning qoldig`ini saqlash;
- kassadagi naqd pul qoldig`ining doimiy tekshiruv hisoblarini amalga oshirish;
- daromad keltirmaydigan pul mablag`larining qaytarilishini taminlash;
- pul mablag`larini jismoniy nazorat qilish (vaqti-vaqti bilan kassadagi naqd pullarni inventarizatsiya usuli yordamida tekshirib turish).
B. Pul mablag`larining kelib tushishini nazorat qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hamma sub’ektlarda pul mablag`larning tushishini ko`p manbalari va har xil nazorat muomalalari mavjud. Amalda quyidagi muomalalar ko`proq ishlatiladi:
-pul mablag`larini to`lash, naqd pulga amalga oshiriladigan muomalalarni aks ettirish va kassadagi qoldiqlarni taqqoslash bo`yicha majburiyatlarni ta’minlash. Bu tartib o`g`irlikni kalbaki hujjatlar bilan berkitish va o`g`irlik tavakalchiligini kamaytiradi;
- pul mablag`larining bankdagi schyotlarga tushishidan boshlab, doimiy va tuxtovsiz pul olish uchun har bir alohida xodimga majburiyatini belgilash.
Bu nazorat o`z navbatida quyidagilarni talab etadi:
1. Kechiktirilmagan hisoblashishlar, ya’ni hisoblashishlarni belgilangan vaqtda amalga oshirish;
2. Kechiktirilmagan yozuvlar, muomala yozuvlarini o`z vaqtida amalga oshirish;
3. Olingan barcha pul mablag`larini o`z vaqtida deponentlash, ya’ni tegishli maqsadlar yoki majburiyatlarga yo`naltirish.
Pul mablag`larining boshqaruv funksiyasini bajarish bo`yicha tuxtovsiz nazoratni ta’minlash va yozuvlarni yuritish. Bu nazorat, kundalik va kassadagi naqd pulning kutilmagan hisobi, ichki taftish va kundalik olingan pul mablag`lari, to`lovlar va qoldiqning kundalik hisobotini o`z ichiga oladi.
Ko`pchilik kompaniya va firmalar juda ko`p remitentlarga pul to`laydilar. Pul mablag`larini nazorat qilish tizimi har bir kompaniya va firma uchun ayrim ishlab chiqarilsa ham quyidagi qoidalar ko`p hollarda umumiy holda qo`llaniladi:
- pul mablag`larining xarajatlari haqidagi hujjatlarni yuritish bo`yicha cheklarni yozish, imzolash, ularni yuborish va yozuvlarni yuritish bo`yicha majburiyatlarni taqsimlab berish:
- xo`jalik ehtiyojlari uchun sarflangan xarajatlarni kichik summadan tashqari (kichik kassalar), oldindan raqamlangan cheklar bilan rasmiylashtirish (xarajat orderlar bilan):
- agar kichik kassaning schyotlari qo`llanilsa, ulardan foydalanish bo`yicha huquqlarni nazorat qilish zarur;
- xarajatni tasdiqlovchi zarur hujjatlar mavjud bo`lsagina kassaning chiqim orderlarini yozish;
- pul mablag`larini ro`yxatga olish va rasmiylashtirish ustidan nazorat qilish, ya’ni kassaning kirim va chiqim daftarining o`z vaqtida va to`g`ri yuritish.

Yüklə 321,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə