Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti «iqtisodiyot» fakul`teti


Muammoning o`rganilganlik darajasi



Yüklə 321,5 Kb.
səhifə2/19
tarix26.05.2023
ölçüsü321,5 Kb.
#113315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Jumaniyozov S-diplom

Muammoning o`rganilganlik darajasi. Fermer xo`jaliklari pul mablag`lari hisobini yuritish va ularning harakati tahlilini o`rganish borasida iqtisodchi olimlar Ye.P. Kozlova, T.N. Babchenko, A. Azlarov, S.V. Vohidov, R. Radjapov, A.Abdullaev, F.G`ulomova, A.Karimov, X.N. Musaev, M.M. Tulaxo`jaeva, O.Bobojanov, R.Dustmuradov, I.K.Ochilov, K.B.Urazov, A.K.Matekeev, T.S.Sitmuratov, S.X.Bayjanov, K.S.Ismailovlarning ilmiy asarlarida o`rganilgan, ammo iqtisodiy rivojlanish fermer xo`jaliklarini yuritish bo`yicha me'yoriy va qonuniy hujjatlarning zamon talabiga mos ravishda o`zgarib borishi bu borada yanada tadqiqot ishlarini olib borishni taqoza etadi. Shu holatlar ushbu mavzuning tanlanishiga asos bo`ldi.
Bitiruv bakalavr malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Fermer xo`jaliklari faoliyatida pul mablag`lari hisobi va ularni tahlil qilishning tashkiliy-uslubiy jihatlarini takomillashtirish bo`yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanib olindi:
- fermer xo`jaliklarida pul mablag`lari hisobini yuritishning dastlabki hujjatlarini urganish va uning hisobini tashkil etish;
- fermer xo`jaliklarida pul mablag`lari hisobiga ta'sir etuvchi omillarni o`rganish;
- fermer xo`jaliklarida qo`llaniladigan hisob registrlari va tahlil qilish metodologiyasini o`rganish;
- fermer xo`jaliklarida kassa operatsiyalarini hisobga olish va tahlil qilish;
- fermer xo`jaliklarida hisob-kitoblar hisobi va valyuta hisobi schyotlari operatsiyalarini tahlil qilish;
- fermer xo`jaliklarida buxgalteriya hisobini yuritish va tahlil qilishni takomillashtirish bo`yicha ilmiy asoslangan takliflar berish.
Bitiruv bakalavr malakaviy ishi predmeti bo`lib – fermer xo`jaliklarida pul mablag`lari hisobi va valyuta operatsiyalarining tahlilining uslubiy jihatlarini tashkil qilish hisoblanadi.
Bitiruv bakalavr malakaviy ishining obekti etib, O`zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi bo`yicha qunun hujjatlari va schyotlar rejasi belgilab olindi. Tadqiqot ishida majmuaviy yondashuv, guruhlash, qiyosiy tahlil, iqtisodiy-statistik, omilli va tahlilning boshqa usullari qo`llaniladi.

Yüklə 321,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə