Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti «iqtisodiyot» fakul`teti



Yüklə 321,5 Kb.
səhifə12/19
tarix26.05.2023
ölçüsü321,5 Kb.
#113315
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Jumaniyozov S-diplom

2.3.1-jadval
Qishloq xo`jaligi xo`jaliklari to`laydigan majburiy ajratmalar, to`lovlar va ushlanmalar (2021 yil uchun)



Maqsadli fondlar turi

Majburiy ajratma turi

Majburiy ushlanmalar turi

Ajratma bazasi

Stavka

Ushlanma bazasi

Stavka

Pensiya fondi

1.Sotishdan olingan sof tushum
2.Hisoblangan ish haqi fondi

1 %

25 %


1.Hisoblangan ish haqi fondi

4,0 %

Yo`l fondi

1. Sotishdan olingan sof tushum

1,5 %

1. Sotib olingan va vaqtinchalik olib kirilgan avtotransport vositalarining sotib olish narxi
2.Sotib olingan va vaqtinchalik olib kirilgan 40 tagacha o`tirish joylari bo`lgan avtobuslar va 10 tonnagacha yuk ko`taradigan yuk avtotransport vositalarining sotib olish narxi

Eng kamida
6 %
Eng kamida 20 %



Maktab ta'limini rivojlantirish fondi

1. Sotishdan olingan sof tushum

1 %







Respublika yo`l fondiga sotib olingan Yangi avtotransport vositalari uchun to`langan majburiy yig`im summasi 5-son BHMS «Asosiy vositalar»ga muvofiq ularning boshlang`ich qiymatiga kiritiladi va hisobda quyidagicha aks ettiriladi:



  • Debet 0820 «Asosiy vositalarni sotib olish»;

  • Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to`lovlar».

Davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratma va ushlanmalarning o`tkazib berilishi hisobda quyidagicha ak ettiriladi:
- Debet 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to`lovlar»;
- Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti».
Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar mayda xo`jalik xarajatlarini va xizmat safar xarajatlarini to`lashda sodir bo`ladi.
Demak, hisobdor shaxslar – kelgusi ma’muriy-xo`jalik va safar xarajatlari uchun pul mablag`larini oldindan olgan xodimlardir. Hisobdor shaxs sifatida kassadan naqd pul oladigan xodimlarning ro`yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Beriladigan pul miqdori cheklangan:
- xo`jalik ehtiyojlari uchun beriladigan naqd pul korxona smetasida nazarda tutiladi;
- safar xarajatlari uchun beriladigan pul safar muddati va boradigan joyiga bog`liq.
Safar xarajatiga pul berishda yo`lkira (ikki tomonga), sutkalik va yotoq (turar joy ijarasi) xarajatlari hisoblab chiqiladi.
Korxonada safarga ketgan va kelgan shaxslarni ro`yxatga olish jurnali yuritilib, hisobdor summa operatsiyalari korxona buxgalteriyasida 4220 - «Xizmat safarlari uchun berilgan bo`naklar» schyotlarida hisobga olinadi. Bu aktiv schyot bo`lib, debet qoldig`i hisobdor shaxsining korxonadan bo`lgan qarzini ko`rsatadi. Bu schyotning debetiga kassa chiqim orderiga asosan yangi avans summasi berilganda, kreditga esa – avans hisobotiga asosan sarflangan va kirim kassa orderiga asosan qaytarib topshirilgan foydalanilmagan summa yoziladi.
Hisobdor shaxslar oldindan olingan bo`nak summasidan ortiqcha xarajat qilgan bo`lsa, hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan ortiqcha qilingan xarajatlar summasiga 6970 - «Hisobdor shaxslarga qarzlar» schyoti kreditlanadi. Ushbu ortiqcha qilingan xarajat summasi hisobdor shaxsga qaytarilganda 6970-schyoti debetlanib, 5010 - «Milliy valyutadagi pul mablag`lari» schyoti kreditlanadi. Ushbu jurnal-order kombinlashgan registr bo`lib, bir qatorga yozish yo`li bilan sintetik va analitik hisobni o`zida mujassamlashtirgan. Bunda har bir hisobdor shaxsga berilgan summa uchun jurnal-orderda bir qator ochilib, unga hisobdor shaxsning avans hisoboti bo`yicha sarflangan xarajat, qaytarib topshirilgan foydalanilmagan summa yozib boriladi. Bunda 7 - jurnal-order shaklidan foydalaniladi.
Agar korxona tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug`illansa, xorijiy safar bo`yicha xarajatlarni hisobga olish zaruriyati tug`iladi. Xorijiy safar xarajatlari uchun pul O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan me’yor bo`yicha to`lanadi.
Xorijiy valyutada qilingan safar xarajatlari maqsadli tayinlanishiga qarab 4220- schyotidan mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga (2010-schyot) yoki davr xarajatlariga (9400-schyot) yoki xorijdan sotib olingan asbob-uskunalarga (0720-schyot), materiallarga (1000-schyot), tovarlarga (2910-schyot) o`tkaziladi. Schyotlarga xarajatlar xorijiy valyuta va so`m ekvivalentida yoziladi. Hisobdor shaxslarda qolgan valyuta ham qaytadan baholanib natija 9620 yoki 9540 - schyotlarga o`tkaziladi.
2004 yilning 1 yanvaridan mulk shaklidan qat’iy nazar barcha xo`jalik yurituvchi sub’ektlarda qo`llaniladigan yangi schyotlar rejasida byudjet bilan olib boriladigan operatsiyalarni hisobga olib borish uchun 11 ta balansli va 2 ta balansdan tashqari schyotlar belgilangan bo`lib, ular quyidagilar:
Balansli schyotlar:
0950 - «Vaqtinchalik farqlar bo`yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig`i»;
3210 - «Vaqtinchalik farqlar bo`yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig`i»;
4410 - «Byudjetga soliqlar va yig`imlar bo`yicha bo`nak to`lovlari»;
6240 - «Soliqlar va majburiy to`lovlar bo`yicha kechiktirilgan majburiyatlar»;
6250 - «Vaqtinchalik farqlar bo`yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig`i bo`yicha majburiyatlar»;
6410 - «Byudjetga to`lovlar bo`yicha qarz»;
7240 - «Soliqlar va majburiy to`lovlar bo`yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar»;
7250 - «Vaqtinchalik farqlar bo`yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig`i bo`yicha uzoq muddatli majburiyatlar»;
8840 - «Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari»; 9810-«Daromad (foyda) solig`i bo`yicha xarajatlar»;
9820 - «Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig`imlar bo`yicha xarajatlar» schyotlarni o`z ichiga oladi.
Balansdan tashqari schyotlarga esa:
012 - «Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajat» 013 - «Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari bo`yicha)» schyotlar kiradi.
0950-«Vaqtinchalik farqlar bo`yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig`i» schyotida hisobot davrida to`lanadigan soliqning kechiktirilgan qismi hisobga olinadi. Shu bilan birga ushbu summa balansdan tashqari 012- «Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar» schyotning kirimiga yozib qo`yiladi. Hisobot davri oxirida ushbu summa soliqqa tortiladigan bazaga qo`shib daromad (foyda) solig`iga tortiladi.
4410-«Byudjetga soliqlar va yig`imlar bo`yicha bo`nak to`lovlari» schyotida bo`nak soliq summalari, xususan, xarid qilingan xom ashyo, materiallar, yarim tayg`r mahsulotlar va boshqa turdagi ishlab chiqarish zahiralari bo`yicha hisoblashish hujjatlarida alohida ko`rsatilgan qo`shilgan qiymat solig`i (QQS) hisobga olinadi.
Buxgalteriya hisobida 4410 - «Byudjetga soliqlar va yig`imlar bo`yicha bo`nak to`lovlari» schyotidan chiqarish operatsiyasi quyidagi buxgalteriya hisobi yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: material resurslari, tovarlar, ishlar va hizmatlarga tegishli QQS summasi qarz surishishga (zachetga) qabul qilinganda:
Dt 6410 - «Byudjetga to`lovlar bo`yicha qarz»,
Kt 4410 - «Soliqlar bo`yicha bo`nak to`lovlari» schyoti.
Byudjetga soliq to`lashdan berilgan imtiyozlar yangi schyotlar Rejasi bo`yicha 8840 - «Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari» schyotida hisobga olinadi. Ayrim xo`jalik yurituvchi sub’ektlar daromad (foyda)dan ajratma solig`idan qonunchilikka binoan vaqtinchalik imtiyozlarga aga bo`lishi mumkin. Bunday vaqtlarda umumiy belgilangan tartibda hisoblangan daromad (foyda)dan ajratma solig`i summasiga quyidagicha yozuv rasmiylashtiriladi:
Dt 9810 - «Daromad (foyda) solig`i bo`yicha xarajatlar»,
Kt 6410 - «Byudjetga to`lovlar bo`yicha qarz» schyoti bo`yicha ochilgan «Daromad (foyda) solig`i bo`yicha imtiyozlar» schyoti.
Ushbu hisoblangan soliq summasi byudjetga o`tkazilmaydi, balki maqsadli foydalanish uchun berilgan soliq imtiyozlari schyotiga o`tkaziladi:
Dt 6410 - «Byudjetga to`lovlar bo`yicha qarz» schyoti bo`yicha ochilgan «Daromad (foyda) solig`i bo`yicha imtiyozlar»,
Kt 8840 - «Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari» schyoti.
8840 – schyotda hisobga olinadigan qonunchilik bo`yicha soliqlardan ozod qilish natijasida hosil bo`lgan summa, agar imtiyozli davr ko`rsatilgan bo`lsa, ko`rsatilgan davr oxirida, boshqa hollarda esa har yili quyidagi hisobdan chiqariladi:
Dt 8840-«Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari», Kt 8520-«Rezerv kapitali» schyoti.
Maqsadli foydalanish uchun rezerv kapitaliga o`tkazilgan mablag`dan xo`jalik yurituvchi sub’ektlar o`zlarining moddiy-texnika va ijtimoiy bazasini mustahkamlash, shuningdek xodimlarni moddiy rag`batlantirish uchun foydalanganda 8520 - «Rezerv kapitali» schyoti debetlanib tayinlanishiga qarab tegishli schyotlar kreditlanadi.
7240 - «Soliqlar va majburiy to`lovlar bo`yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyotida qonunchilikka binoan vaklotli hukumat organlari qarori bilan to`lashni bir necha yilga uzaytirishga ro`xsat etilgan soliq va majburiy to`lovlar bo`yicha byudjet oldidigi uzoq muddatli qarz aks ettiriladi.
Masalan, korxonaga qonunchilikka binoan vakolati huquqiy organlari qarori bilan soliq to`lashni bir necha yilga uzaytirishga ro`xsat etilgan bo`lsa, quyidagicha yozuv bilan rasmiylashtiriladi:
Dt 6410 - «Byudjetga to`lovlar bo`yicha qarz (turlari bo`yicha)»,
Kt 7240 - «Soliqlar va majburiy to`lovlar bo`yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyoti.
Shuningdek boshqa majburiy to`lovlar bo`yicha to`lash muddati bir necha yilga kechiktirilgan hollarda.
Dt 6510 - «Sug`urta bo`yicha to`lovlar»,
Dt 6520 - «Maqsadli davlat jamg`armalariga to`lovlar» schyotlar,
Kt 7240 - «Soliqlar va majburiy to`lovlar bo`yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyoti.
Soliqlar va majburiy to`lovlar bo`yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlarning joriy yilda to`lanadigan qismi quyidagi aks ettiriladi:
Dt 7240 - «Soliqlar va majburiy to`lovlar bo`yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar»,
Kt 6240 - «Soliqlar va majburiy to`lovlar bo`yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyoti.
Bunday summani joriy yilda byudjetga o`tkazish hisoblanganda:
Dt 6240-«Soliqlar va majburiy to`lovlar bo`yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyoti,
Kt 6410-«Byudjetga to`lovlar bo`yicha qarz (turlari bo`yicha)» Kt 6510-«Sug`urta bo`yicha to`lovlar»,
Kt 6520-«Maqsadli davlat jamg`armalariga to`lovlar» schyotlari. Ushbu summa byudjetga yoki sug`urta organlariga o`tkazib berilganda Dt 6410, 6510 va 6520-schyotlar,
Kt 5110-«Hisob-kitob schyoti».
7250-«Vaqtinchalik farqlar bo`yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig`i bo`yicha uzoq muddatli majburiyatlar» schyotida vaqtinchalik farqlarning mavjudligi tufayli vujudga keladigan kechiktirilgan daromad (foyda) solig`i summasi aks ettiriladi.
Daromad (foyda) solig`i bo`yicha xarajat hisob daromadidan hisoblab topiladi, to`lanadigan daromad (foyda) solig`i esa soliqqa tortiladigan daromad (foyda)dan hisoblab topiladi. Hisob daromadi (foydasi) va soliqqa tortiladigan daromadi (foydasi)dan olinadigan soliqni aniqlashdagi yondoshishlar orasidagi farqi moliyaviy hisobotda inobatga olinishi kerak.
Korxonaning hisob siyosatiga binoan hisob ma’lumotlari bo`yicha aniqlangan daromad (foyda) solig`i daromad olish moboynida korxona tomonidan qilingan xarajat deb qaraladi va u tegishli daromad va xarajatlar qaysi davrda vujudga kelgan bo`lsa, shu davrda hisoblanadi ham korxonaning moliyaviy-xo`jalik faoliyati natijalari to`g`risidagi hisobotda aks ettiriladi. Bunda hisob daromadidan hisoblab topilgan daromad (foyda) solig`i xarajati bilan soliqqa tortiladigan daromaddan hisoblab topilgan to`lashga tegishli daromad (foyda) solig`i orasidagi farq vaqtinchalik farq sifatida hisobga olinib 7250-«Vaqtinchalik farqlar bo`yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig`i bo`yicha uzoq muddatli majburiyatlar» schyotining kreditida quyidagi aks ettiriladi:
Dt 9810- «Daromad (foyda) solig`i bo`yicha xarajatlar»,
Kt 7250-«Vaqtinchalik farqlar bo`yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig`i bo`yicha uzoq muddatli majburiyatlar» schyoti.
Har yili daromad (foyda) solig`i bo`yicha kechiktirilgan majburiyatlarning bir qismi daromad (foyda) solig`i bo`yicha kechiktirilgan majburiyatlarning joriy qismidek 6250-
«Vaqtinchalik farqlar bo`yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig`i bo`yicha majburiyatlar» schyotida quyidagi aks ettiriladi:
Dt 7250-«Vaqtinchalik farqlar bo`yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig`i bo`yicha uzoq muddatli majburiyatlar»,
Kt 6250-«Vaqtinchalik farqlar bo`yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig`i bo`yicha majburiyatlar» schyoti.
Bunday summani joriy yilda byudjetga o`tkazish hisoblanganda
Dt 6250-«Vaqtinchalik farqlar bo`yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig`i bo`yicha majburiyatlar» schyoti,
Kt 6410-«Byudjetga to`lovlar bo`yicha qarz (turlari bo`yicha)» schyoti. Ushbu summa byudjetga o`tkazib berilsa,
Dt 6410-«Byudjetga to`lovlar bo`yicha qarz (turlari bo`yicha)» schyoti, Kt 5110-«Hisob-kitob schyoti».
Hisobot davri tugagach yilik moliyaviy hisobot tuzishda 9810-«Daromad (foyda) solig`i bo`yicha xarajatlar» va 9820-«Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig`imlar bo`yicha xarajatlar» schyotlarining debetida hisobga olingan soliqlar summasi 9910-
«Yakuniy moliyaviy natija» schyotining debetiga o`tkaziladi: Dt 9910-«Yakuniy moliyaviy natija»,
Kt 9810-«Daromad (foyda) solig`i bo`yicha xarajatlar» va 9820-«Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig`imlar bo`yicha xarajatlar» schyotlari.
Demak, daromad (foyda) solig`ini to`lagunga qadar foyda (zarar) summasidan daromad (foyda) solig`ini (9810-schyoti) va foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig`imlar (9820-schyoti) summasini ayrib tashlagandan so`ng hisobot davrining sof foydasi (zarari) chiqadi va u moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot (2-sonli shakl)ning 270-satrida ko`rsatiladi.



Yüklə 321,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə