Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti «iqtisodiyot» fakul`teti


III-BOB. FERMER XO`JALIKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISH TAHLILINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI



Yüklə 321,5 Kb.
səhifə13/19
tarix26.05.2023
ölçüsü321,5 Kb.
#113315
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Jumaniyozov S-diplom

III-BOB. FERMER XO`JALIKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISH TAHLILINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
3.1. Fermer xo`jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilishning o`ziga xos xususiyatlari.
Fermer xo`jaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning xususiyatlari qishloq xo`jalik ishlab chiqarishning o`ziga xosligidan kelib chiqadi. Qishloq xo`jalik korxonalarida buxgalteriya hisobi amaldagi schyotlarning yagona rejalari, ya’ni 21-sonli Buxgalteriya hisobi-ning milliy standarti «Xo`jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo`jalik faoliyatining schyotlar rejasi va uni qo`llash bo`yicha yo`riqnoma»ga asoslanadi. Jumladan 2010 - “Asosiy ishlab chiqarish” schyotida dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari bo`yicha ishlab chiqarish jarayonini alohida va maxsus tartibda hisobga olish maqsadida mazkur hujjatga muvofiq korxona buxgalteri tomonidan ixtiyoriy ravishda “Dehqonchilik” va “Chorvachilik” deb nomlangan maxsus subschyotlarni ochgan holda hisobga olish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Texnologik jarayonga aloqador bo`lgan bevosita xarajatlar sanoatdagi kabi 2010 - “Asosiy ishlab chiqarish” kalkulyatsiya schyotini tuzilishi hamda vazifasi bilan bir xil bo`lgan “Dehqonchilik” va “Chorvachilik” schyotlarining debetida hisobga olinadi. Tayyor mahsulotni, shuningdek, ayrim bajarilgan ish va xizmat (operatsiyalar)ni hisobga olishning ham o`ziga xos xususiyatlari ham bor.
Korxonalar va tashkilotlarning yordamchi qishloq xo`jaliklarida 2710 - “Xizmat qiluvchi ishlab chiqarish va xo`jaliklar” schyotidan foydalaniladi, shunga ko`ra korxona xarajatlari 2010 - “Asosiy ishlab chiqarish”, 2510 - “Umumishlab chiqarish xarajatlari” va shu kabilar schyotlarda aks ettiriladi.
Fermer xo`jaliklarida buxgalteriya hisobini yuritishda boshlang`ich ujjatlarning namunaviy shakllari, buxgalteriya registrlarining yagona shakllari, hisoblash ishlarini bajarishda hisobga olishning kompleks mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan asosiy tashkiliy shakli davlat statistika qo`mitasi tizimining tuman axborot - hisoblash stantsiyalari hisobga olishni mexanizatsiyalash shartnomalari bo`yicha xizmat ko`rsatadilar.
Fermer xo`jaliklari buxgalteriya hisobining asosan memorial-order, jurnal-order va jadval-avtomatlashgan shakllaridan foydalaniladi. Fermer xo`jaliklari kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarishni ta’minlash va aholini sanoat iste’mol mollariga bo`lgan talabini to`laroq qondirish maqsadida sanoat ishlab chiqarishini tashkil qiladilar. Sanoat ishlab chiqarishiga shirkat va jamoa xo`jaliklarida sabzavot va meva mahsulotlarini konservalash, ulardan sharbat olish, em tayyorlash, tegirmon, juvozkashlik, sut zavodlari, qoramol so`yish, qurilish materiallari ishlab chiqarishlar kiradi.
Sanoat ishlab chiqarishi bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar hisobi 2010 -schyotining tegishli subschyotlarida yuritiladi. Bu subschyotining debetida haqiqiy xarajatlar, kreditida tayyor sanoat mahsulotining chiqishi aks ettiriladi. qoldig`i debetida bo`lib, u tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini ko`rsatadi.
Qishloq xo`jalik korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlari qishloq xo`jalik ishlab chiqarishning tarmoqlari (o`simlikchilik, chorvachilik, sanoat ishlab chiqarishi) bo`yicha 21-BHMSga asosan 2010 - “Asosiy ishlab chiqarish” sintetik schyotning quyidagi subschyotlarida hisobga olinadi. Yordamchi ishlab chiqarishlar bilan bog`liq xarajatlar 2310 - “yordamchi ishlab chiqarishlar” schyotida hisobga olinadi. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish bilan bog`liq xarajatlar 2510 - “Umumishlab chiqarish xarajatlari” va 2710 - “Xizmat ko`rsatuvchi xo`jaliklar” sintetik schyotlarida hisobga olinadi. Bu schyotlarda xarajatlar, odatda, yil davomida yig`ilib boriladi va yil oxirida taqsimlash yo`li bilan ishlab chiqarish xarajatlariga qo`shiladi.
Fermer xo`jaliklarida dehqonchilikdagi xarajatlar va mahsulotning chiqishini hisobga olishda 2010 - “Asosiy ishlab chiqarish” schyotidan foydalaniladi. U ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini hisoblashga ham mo`ljallangan. Schyotning debetida yil davomida bevosita, yil oxirida esa yuqorida keltirilgan sarf moddalari bo`yicha bilvosita xarajatlar, kreditda esa yil davomida mahsulotning chiqishi rejadagi tannarxda aks ettiriladi. Yil yakunida esa rejadagi tannarx aniqlangan haqiqiy tannarxga etkazib to`g`rilanadi. Yil boshida ushbu schyotning debet saldosi o`tgan yil xarajatlari bo`yicha tugallanganmagan ishlab chiqarishni, yil oxirida esa kelgusi yil hosili uchun xarajatlar bo`yicha tugallanmagan ishlab chiqarishni anglatadi. 2010 - “Asosiy ishlab chiqarish” schyoti (2010 - «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti (“Dehqonchilik” subschyoti)) bo`yicha analitik hisobi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish ob’ektlari bo`yicha ekin turlari, tugallanmagan ishlab chiqarish, ish turlari va xarajat moddalari bo`yicha yuritiladi.
Fermer xo`jaliklarida dehqonchilik mahsulotining daladan kelib tushishi va berilishini aks ettiradigan turli birlamchi hujjatlar mavjud. Hujjatlarning shakli maxsulotlar xarakterining va ish turiga daladan keltirilayotgan maxsulotning hujjati rasmiylashtirilishiga va uning kirim qilinishiga bog`liq bo`ladi. Masalan, donni kombaynlarda xirmonga tashish, maxsulotni daladan olib chiqish yo`llanma bilan rasmiylashtiriladi. Oldindan nomerlangan yo`llanma kombayn haydovchilariga berib qo`yiladi. Bu yo`llanmani avval kombaynchi, so`ngra shofyor va xirmon mudiri imzolaydi.
Fermer xo`jaliklarida mazkur yo`llanmalar o`rnida daladan don va boshqa maxsulotlarni jo`natish reestirlaridan foydalanilishi mumkin. Ular yo`llanmalar singari rasmiylashtiriladi, ammo kun davomida yiyoma hujjat sifatida yuritiladi. Bu dastlabki hujjatlar sonini qisqartirish imkonini beradi. Bundan tashqari, auditor don maxsuloti bevosita xirmonda “Don va boshqa maxsulotlarni qabul qilish” reestrlarida kirim qilinganligini tekshirishilozim, bu hujjat ham ish kuni davomida yuritiladi. Xirmon mudiri ushbu kirim hamda chiqim hujjatlari asosida har kuni don va boshqa maxsulotlar harakati vedomostini tuzadi va uni dastlabki hujjatlar bilan birga buxgalteriyaga topshiradi. Mamlakatimizda dehqonchilik bilan shug`ullunuvchi fermer xo`jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi 2000 - «Asosiy ishlab chiqarish schyotlari» tizimida olib boriladi. Ushbu schyotlar tizimida dehqonchilik sohalariga qarab quyidagi analitik schyotlarni ishchi schyotlar rejasida ochish mumkin:
- 2011 - «Paxtachilik»
- 2012 - «G`allachilik»
- 2013 - «Sabzavotchilik» va boshqalar

Yüklə 321,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə