Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti «iqtisodiyot» fakul`teti



Yüklə 321,5 Kb.
səhifə17/19
tarix26.05.2023
ölçüsü321,5 Kb.
#113315
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Jumaniyozov S-diplom

Xulosa va takliflar
Fermer xo`jaliklarida bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqa tadbirkorlik sub'ektlari kabi mustaqil faoliyat ko`rsatadi, yer va boshqa mulklarga egalik xissiyoti rivojlanib boradi.
O`z xususiy mulkiga ega bo`lgan fermer xo`jaligi a'zolari, mulkka egalik xissiyoti oshdi, mehnatga bo`lgan munosabati tubdan ijobiy tomonga o`zgaradi, boqimondalik kayfiyati yo`qoladi, natijada ishlab chiqarish xarajatlarini tejash va mehnat unumdorligini oshirishga, hamda arzon, sifatli va raqobatbardosh qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga bo`lgan ishtiyoq, intilish oshadi.
Fermer xo`jaligi o`zlari yetishtirgan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini oldindan tuzilgan shartnoma asosida davlat buyurtmasiga topshiradi rejadan ortiq yetishtirilgan paxta xom-ashyosidan olinadigan oq moy, shrot, sheluga va boshqa mahsulotlar fermer xo`jaligining o`zida qoladi.
Keyingi yillarda Respublikada Fermer xo`jaliklari faoliyatini rag`batlantirish va rivojlantirib borish yuzasidan katta amaliy ishlar qilindi. Jumladan:
- Zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlash tadbirlarini amalga oshirish uchun davlat byudjetidan mablag` ajratish tartibi joriy etildi.
- Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilgan korxonalarga davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi o`rnatildi.
- O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi PQ-4919-sonli Qaroriga asosan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilgan korxonalarga davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi joriy etildi.
- Qishloq xo`jaligini zamonaviy texnika va agregatlar bilan taʼminlash ishlarini izchil davom ettirish, sohaga tijorat bank va lizing tashkilotlarni jalb etgan holda moliyalashtirishning bozor mexanizmlarini qo`llash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-apreldagi PQ- 4268-sonli, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4410-sonli va O`zbekiston Respublikasi Prezidenting 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-sonli qarorlari qabul qilindi. Jumladan, kredit yoki lizing shartlari asosida qishloq xo`jaligi texnikalari xarid qilinganda foiz xarajatlarining 10 foiz punktidan ortiq qismi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo`jaligini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash jamg`armasi tomonidan Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan qoplab beriladi. Mahalliylashtirish darajasi 25 foizdan kam bo`lmagan qishloq xo`jaligi texnikasi xaridi uchun texnika qiymatining 15 foiz miqdorida Davlat byudjetidan subsidiya ajratilishi mexanizmi joriy etildi.
- O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi PQ-4919-son qarori bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olgan qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilariga sotib olingan yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi Davlat byudjetidan qoplab berilishi belgilandi.
- 2022-yil 1-martdan boshlab meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiyalar) va fermer xo`jaliklariga – eksport shartnomasi mavjud bo`lib, meva-sabzavot hosilini xavf-xatardan sug`urtalash xizmatidan foydalanganda to`langan sug`urta mukofotining 50 foizi, biroq sug`urta pulining 1 foizdan ortiq bo`lmagan qismi qoplab beriladi. Bunda, sug`urta puli xavf-xatardan sug`urta qilinayotgan hosil qiymatining 70 foizidan kam bo`lishi mumkin emas.

Yüklə 321,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə