Bibliografiya lat p65


tushun- tiruvchi, tasviriy, referativ



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/108
tarix13.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#102394
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108
Библиография

tushun-
tiruvchi, tasviriy, referativ
annotatsiyalar ham mavjud. Òushun-
tiruvchi annotatsiya hujjat sarlavhasini aniqlovchi bir necha
so‘zdan yoki jumladan iborat bo‘ladi. Òasviriy esa hujjatdagi
asosiy masalalarni yoki muammolarni ochib beradi va „Hujjatda
nima haqda so‘z boradi?“ degan savolga javob beradi. Referativ
annotatsiya „Hujjatda nima haqda qanday axborot beriladi?“
degan savolga javob beradi.
Annotatsiyalar kim tomonidan bajarilganiga ko‘ra 
mualliflik,
muharrirlik, bibliograf
annotatsiyasiga ajratiladi. Muallif va mu-
harrir tomonidan beriladigan annotatsiya nashrning titul varag‘i
orqasida beriladi. Bibliograf tomonidan beriladigan annotatsiya
kartochkalarda yoki bibliografik qo‘llanmalarda, ko‘rsatkichlarda
qo‘llaniladi. Kartochkadagi bunday qisqa annotatsiya yoki tushun-
tirish kvadrat qavs ichida beriladi va bu bibliograf tomonidan
tuzilganligini anglatadi. Annotatsiyalar tayyorlash usuliga ko‘ra
an’anaviy, qo‘lda yozilgan
va 
avtomatlashtirilgan
usulda bajariladi.
Referat
— bu muallif (tuzuvchi)ning tanqidiy fikrlaridan xoli,
qo‘shimcha mulohazalarsiz, hujjatning asosiy faktik ma’lumotlarini
va mazmunini yorituvchi ma’lumot. Boshqacha aytganda, referat
„Birinchi darajali hujjatda nima haqda ma’lumot beriladi? “ degan
savolga javob berib, axborotlilik (hujjatning mazmuni haqida qisqa
axborot berish) xususiyatiga ega. Referat hujjatning qaysi bilim
sohasiga yoki fan tarmog‘iga oidligiga ko‘ra ijtimoiy, gumanitar,
tabiiy-ilmiy, texnik adabiyotlar haqidagi referatlarga ajratiladi.
Hujjatning mazmuni haqida qaysi usulda berilishiga ko‘ra: umumiy
yoki referat-qaydlar; umuman, hujjat mazmunini izohlab berishiga
ko‘ra ixtisoslashgan yoki muammoli referatlar, referat manbalari-
ning soniga ko‘ra monografik, referat-fragmentlar, sharhli yoki
guruhli; yoritib berish shakliga ko‘ra matnli, illustratsiyali, aralash;
hajmi va izchilligiga ko‘ra (qoidaga ko‘ra 850 belgidan oshmagan)
qisqa, kengaytirilgan (hujjat hajmining 10 – 15 % ini tashkil
etadi), muallifiga ko‘ra (mualliflik-avtoreferat, referentlar yoki
axborot-bibliografik xizmat ishchilari tomonidan tuzilgan)
referatlarga ajratiladi.
Yo‘naltirish
(ssilka) hujjat qismini bibliografik yozuv, bo‘lim,
predmet rubrikasi bilan bog‘laydigan element. U „qarang“,


19
„shuningdek, qarang“ (ñì., ñì. òàêæå) kabi 2 xil ko‘rinishda
beriladi. Bu vazifani bibliograf yoki axborot-kutubxona markazi
xodimi amalga oshiradi. Buning uchun bibliografiyalash texno-
logiyasini bilish shart.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə