Bibliografiya lat p65



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/108
tarix13.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#102394
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   108
Библиография

Bibliografik qidirish
— bibliografik
ma’lumotlarga asoslangan axborot qidiruvi. Bu manzilli, mavzuli,
aniqlovchi, faktik va boshqa xil bo‘lib, zamonaviy axborot resurs-
larini, bibliografik qo‘llanmalarni, ma’lumotlar bazasi va
ma’lumotlar bankini bilishga asoslanadi hamda ilmiy asoslangan


20
dastur asosida olib boriladi. Bibliografik qidiruvning umumiy
dasturi o‘ziga xos mantiqiy zanjirni hosil qiladi va maqsadga
hamda ilmiy natijalarga erishishga qaratilgan bo‘ladi. 
Bibliografik
ishlov
—bibliografik yozuvni kutubxonaning an’anaviy katalogida,
kartotekalar, bibliografik ko‘rsatkichlar, qo‘llanmalar va zamo-
naviy elektron katalogda aks ettirish uchun bajariladigan
jarayonlar yig‘indisi. Bibliografik ishlov bibliografik tavsifni
tuzish, bibliografik yozuv elementlarini aniqlash, tavsif boshini
shakllantirish, indekslash, annotatsiyalash yoki referat tuzish va
boshqa elementlarni berish bo‘lib, uning maqsadi hujjatni
tanlash, o‘rganish, o‘qish, ko‘rib chiqish, qo‘shimcha materiallar
bilan tanishish, asar haqidagi ma’lumotlardan foydalanish,
tanqidiy maqolalarni ko‘rib chiqish jarayonida u haqda to‘liq
axborot tayyorlash va uni iste’molchiga yetkazish maqsadida
chiqish ma’lumotlarini tayyorlashdan iborat. Asarni indekslashga
asarni mazmuniga ko‘ra bilim sohalari yoki fan tarmoqlari bo‘yicha
sistemalashtirish va predmetlashtirish kiradi. 
Sistemalashtirish

belgilangan axborot-qidiruv tili qoidasiga ko‘ra indekslar qo‘yib
chiqish va shu asosda tartiblashtirishdan iborat. 
Predmetlashtirish

predmet rubrikalari tili yordamida predmetli indekslash. 
Bib-
liografik guruhlashtirish
— bibliografik yozuvni hujjatlarning
xususiyatlariga ko‘ra ajratish. Maqsad — samarali axborot berish
uchun bibliografik yozuvni tartibga solish, bir tizimda yetkazib
berish. Bibliografik faoliyatda bibliografik tavsifni tuzish muhim va
mas’uliyatli jarayon hisoblanadi. Bibliografik tavsifni tuzishga oid
bir qator standartlar qabul qilingan. Lekin hali shu kunga qadar
O‘zbekiston kutubxonalari uchun alohida GOSÒ qabul qilin-
magan, barcha respublikalar kabi bizda ham GOSÒ 7.1.-84,
GOSÒ 7.12-93, GOSÒ 7.1-2003, GOSÒ 7.40-82, GOSÒ 7.70-
2003 lardan foydalaniladi. Bibliografik tavsif bir qancha
elementlardan iborat. Òavsif elementlari majburiy va fakultativ
elementlardan tashkil topadi va quyidagi tavsif sohalarini aks
ettiradi:
Òavsif boshi. Sarlavhalar va javobgarlik haqidagi soha. —
Nashr sohasi. — Chiqish ma’lumotlari sohasi. — Sonli
xarakteristika sohasi. — Seriyalar sohasi. — Eslatmalar sohasi.-
Xalqaro standart kitob raqami, bahosi va adadi sohasi.
Har bir soha boshqasidan nuqta va chiziqcha bilan ajratiladi.
Har bir element ma’lum bir ma’noga ega bo‘lgan bibliografik
belgi bilan ajratiladi va ular matnni tushunishga, bibliografik


21
axborotni tayyorlashni avtomatlashgan holda olib borishga yordam
beradi. Sohalar va elementlar uchun quyidagi belgilar qo‘llaniladi:
(.-) nuqta va chiziqcha; (.) nuqta; (,) vergul; (:) ikki
nuqta; (;) nuqtali vergul; (/) qiyshiq chiziq; (//) ikkita qiyshiq
chiziq; (( )) dumaloq qavs; ([ ]) kvadrat qavs; (+) qo‘shuv;
(=) barobar.
Bibliografik ma’lumotlar nashrda qanday berilgan bo‘lsa,
shundayligicha olinadi. Qo‘shimcha ma’lumotlar kutubxona kata-
loglaridan, ma’lumotnoma nashrlardan, bibliografik ko‘rsatkich-
lardan olinadi. Bibliografik ma’lumotlar uchun muqova, sar-
varaq, avantitul, titul varag‘i orqasi, asar matni xizmat qiladi.
Monografik bibliografik tavsif namunasi quyidagicha (maj-
buriy elementlar qora rangda berilgan).

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə