Bibliografiya lat p65



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/108
tarix13.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#102394
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   108
Библиография

Bibliografik faoliyat
— iste’molchilarning bibliografik axbo-
rotga bo‘lgan talabini va ehtiyojini qondirish bo‘yicha faoliyat
sohasi bo‘lib, uning mazmuni bibliografik axborotni tayyorlash
va uni iste’molchiga talabi va qiziqishiga ko‘ra yetkazib berish
jarayonidan iborat. Bibliografik axborotni tayyorlash bibliografik
aniqlash, bibliografik qidirish, bibliografik qayta ishlov berish,
bibliografik tanlash, bibliografik guruhlashtirish jarayonlaridan
iborat bo‘lib, 
bibliografiyalash
deb ataladi. Bibliografik axborotni
iste’molchiga ma’lum bir vositalar va usullar yordamida yetkazib
berish jarayoni 
bibliografik xizmat
deyiladi. Bunda ma’lumot-
bibliografiya apparatini tashkil etish, ma’lumot-bibliografiya
xizmati ko‘rsatish, bibliografik axborotlashtirish va axborot
ta’limi nazarda tutiladi.
Bibliografik faoliyatning hamma jarayonlari o‘zaro bog‘liq va
bir-birini to‘ldiradi. Hozirgi davrda ularning hammasi axborotga
birlamchi ishlov berish, olingan natijalardan samarali va ko‘p
marta va ko‘p maqsadli foydalanish, avtomatlashgan texnolo-
giyani qo‘llashda muhim ahamiyatga ega. Bibliografiyalashning
obyekti bo‘lib hujjat yoki uning qismi xizmat qiladi. Bibliografik
axborotni ishlab chiqish jarayoni bir qancha o‘ziga xos xususi-
yatga va o‘ziga mos vositalar, usullar, yakuniy xulosalarga ega
jarayonlar yig‘indisi bo‘lib, u analitik-sintetik ishlovga asoslan-
gan yagona texnologik va ijodiy jarayondir. Bir vaqtning o‘zida bu
jarayonda zarur axborot to‘planadi va unga baho beriladi, olingan
ma’lumotlar umumlashtiriladi, tegishli maqsadga qaratilgan
yo‘nalishda va shaklda axborot uzatiladi.
Bibliografik aniqlash
— belgilangan mezonlarga ko‘ra hujjatlarni
bibliografiyalash obyekti sifatida aniqlash jarayonidir. 
Bibliografik
tanlash
— tanlangan materiallar orasidan keyingi bibliografik
ishlovga mos holda hujjatlarni ajratib olish. Bunda hujjatning ilmiy
ahamiyati, axborotga to‘laligi, obyektivligi, bibliografik axborotga
mosligi hisobga olinadi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə