Bibliografiya lat p65



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/108
tarix13.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#102394
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   108
Библиография

Predmet rubrikasi
— AQÒ elementi bo‘lib, hujjatning asosiy
mazmunini aks ettiruvchi predmet yoki masalaning qisqa shaklini
anglatadi.
Bibliografik yozuvda annotatsiya va referat ham beriladi.
Annotatsiya
qoidaga ko‘ra, hujjat mazmuni, mohiyati, shakli va
boshqa xususiyatlariga qisqacha ta’rif beradi va bibliografik tav-
sifni to‘ldiradi, aniqlaydi. U ijtimoiy ahamiyatiga va vazifasiga
ko‘ra ma’lumot va tavsiyaviy xarakterda bo‘ladi.
Ma’lumot annotatsiyasi
sarlavhadagi noaniqlikni ochib beradi,
muallif haqida, bibliografik tavsifda aks etmagan asar mazmuni,
janri va boshqa xususiyatlari haqida ma’lumot beradi. Bunday
annotatsiyalar rasmiy, ilmiy, ishlab chiqarish, ma’lumotnoma
nashrlariga berilib, bir necha so‘zdan bir, ikki qator jumlagacha
bo‘ladi.
Òavsiya annotatsiyalari
hujjat haqida, uning ahamiyati va
xususiyatlari, mazmuni va ahamiyatiga ko‘ra unga yaqin bo‘lgan
adabiyotlar orasida tutgan o‘rni haqida axborot berish,
kitobxonni qiziqtirish maqsadida qo‘llaniladi. Annotatsiya
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan tavsiya va maslahatdan iborat
bo‘ladi va hajmiga ko‘ra ma’lumot annotatsiyasidan katta bo‘ladi.
Ular, asosan, ilmiy-ommabop, badiiy, bolalar adabiyoti,
ommaviy-siyosiy nashrlar mazmunini ochishda qo‘llaniladi.
Birinchi darajali hujjatlar tavsifining usuliga ko‘ra 
umumiy
va 
analitik
annotatsiya bo‘ladi. Umumiy annotatsiya hujjat
mazmunini yoritadi, analitik yoki xususiy annotatsiya hujjat-
ning qaysidir bir qismi haqida ma’lumot beradi (masalan, bob,
paragraf, alohida maqola).
Annotatsiya ma’lumot berilayotgan hujjatlar soniga ko‘ra
monografik
yoki 
guruhli
bo‘ladi. Monografik annotatsiya bir
hujjatning mazmuni va xususiyatlarini ochib beradi, guruhli
(yig‘ma) esa mazmuniga ko‘ra bir-biriga yaqin bir necha hujjat


18
haqida axborot beradi. Ba’zan bir muallifning bir necha asari,
bir janrdagi bir necha asar, bir turdagi asar, u yoki bu darajada
annotatsiyalanayotgan asarga bog‘liq boshqa asarlar haqida ham
bo‘lishi mumkin. Axborotning hajmi va izchilligiga ko‘ra 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə