Bibliografiya lat p65



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/108
tarix13.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#102394
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   108
Библиография

Analitik tavsifni tuzish
Analitik bibliografik tavsif tuzishda belgilangan tavsif qoidasiga
va tegishli belgilarga amal qilinadi: nashr manbasidan avval
ikkita qiyshiq chiziq, eslatmalar sohasidan avval nuqta va chiziq
qo‘yiladi.
Analitik bibliografik tavsif uchun qism yoki bobga berilgan
titul varag‘idagi ma’lumotlar, mundarija, matnning so‘ngi sarva-
rag‘ida berilgan mualliflar, javobgar shaxslar, tashkilot va muas-
sasalar, chiqish ma’lumotlari haqidagi ma’lumotlar olinadi.
Eslatmalar sohasida mustaqil sarlavhaga ega bo‘lmagan bob,
qism haqidagi, hujjatning muallifi, sarlavhasi, bibliografiyasi
haqidagi ma’lumotlar beriladi.
Analitik bibliografik tavsif ko‘rinishi:
Hujjat qismi haqida // Manba haqidagi ma’lumot. —
Eslatmalar.
Analitik bibliografik tavsif uchun namunalar:
1. Hasanova Sh. Qiz bola hayosi bilan go‘zal // Oila va
jamiyat.—2006. 6—12- iyul. ¹ 27.- 5-b.
2. Vohidov E. O‘zbegim: (qasida) // Vohidov E. O‘zbegim:
She’rlar.—Toshkent, 2005. 41—44-b. O‘smirlar kutubxonasi.
Gazetadan olingan hujjatga analitik tavsif berishda nashr
manbasi, nashr yili, sanasi ko‘rsatiladi, jurnaldan yoki davomli
nashrdan olingan hujjat uchun tavsifda nashr manbasi, nashr
yili, chiqish tartib raqami va qaysi sahifalarda bosilgani aks


23
ettiriladi. Ularning hammasi nuqta va chiziq bilan ajratiladi. Agar
hujjat bir qancha sonlarda e’lon qilingan bo‘lsa, manbaning
nashr yili va tartib raqami nuqta va vergul (;) bilan ajratiladi.
Òo‘la asarlar to‘plamlari yoki tanlangan asarlardan olingan
hujjatlarni tavsiflashda muallif bitta bo‘lsa, ikkinchi qismda
manbadan oldin muallif ko‘rsatilmaydi. Aks holda ko‘rsatiladi.
Òaqrizlar va referatlar berilgan hujjatlarni tavsiflashda asosiy
nashr haqidagi ma’lumotdan keyin yangi qatordan „Òaqriz“
yoki „Ref.“ deb ko‘rsatiladi va unga analitik tavsif beriladi. Agar
taqriz yoki referat sarlavhasiz bo‘lsa, uning sarlavhasi bibliograf
tomonidan qo‘yiladi va kvadrat qavsga olinadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə