148
institutining kunduzgi aspiranturasini tugatib, 1987- yili shu
institutda kutubxonachilik ishi sohasida o‘zbek
ayollaridan ikkinchi
bo‘lib „O‘lkashunoslik ma’lumotnoma-bibliografiya apparati
mahalliy bibliografik resurslarning tarkibiy qismi sifatida. Ko‘p
tillik sharoitda uning tuzilishi va foydalanish muammolari“
mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi va pedagogika
fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi. Òadqiqot respublikamizning
viloyat kutubxonalari negizida bajarildi va unda o‘lkashunoslik
bibliografiyasida ma’lumotnoma-bibliografiya apparatining o‘rni,
kutubxonachilik-bibliografik
resurslarining ahamiyati, o‘lkashu-
noslik katalogini tashkil etishdagi o‘rni, Rossiya kutubxonalarining
shu sohadagi tajribasi o‘rganilgan. 1977- yildan „Bibliografiya“
kafedrasida bibliografiyaga oid barcha fanlardan dars berib keldi.
Bir qator o‘quv qo‘llanmalari, dasturlari, uslubiy qo‘llanmalari
nashrdan chiqqan. Navoiy nomidagi O‘zbekiston
milliy
kutubxonasida nashrdan chiqayotgan ko‘plab dolzarb mavzudagi
uslubiy-bibliografik qo‘llanmalar muallifi, tuzuvchisi va muharriri.
O‘zbekiston ommaviy kutubxonalarida o‘lkashunoslik
ishini tashkil
etish masalasiga oid uslubiy-o‘quv qo‘llanmalarini nashr etgan.
Ko‘plab xalqaro, respublika va institut ilmiy to‘plamlarida bibliografik
kadrlar tayyorlash,
bibliografiya ishi nazariyasi, tarixi va
metodikasiga oid ilmiy maqolalar bilan ishtirok etgan.
Dostları ilə paylaş: