Bibliografiya lat p65


Matluba Yahyoyevna Nosirova



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   161
bibliografiya

Matluba Yahyoyevna Nosirova
— kutubxonachi-bibliograf
sifatida tanilgan ustozlardan biri. U Òoshkent shahrida 1924- yili
tavallud topadi, juda erta ota-onasidan ajrab, bolalar uyida tarbiya-
lanadi. 1942- yili o‘rta maktabni tugatib, o‘sha paytdagi komsomol
kotiblari kursida o‘qiydi va tashkilotlarda ishlaydi. 1949- yil Farg‘ona
viloyat kutubxonasida kutubxonachi 1951- yildan Alisher Navoiy
nomidagi Respublika kutubxonasida faoliyatini davom ettiradi va
o‘z malakasini, bilimini oshirish maqsadida Moskva davlat
madaniyat institutiga boradi, 1957- yili uni tugatib, 1972- yilga
qadar shu kutubxonada ishini davom ettiradi, oddiy bibliograf
lavozimidan to bo‘lim mudiri vazifasigacha bo‘lgan jarayonni
bosib o‘tadi. 1972- yili Òoshkent madaniyat texnikumiga direktorlik
lavozimi 1974- yili Òoshkent davlat madaniyat instituti tashkil
etilgandan so‘ng „Bibliografiya“ kafedrasida katta o‘qituvchi
lavozimida nafaqaga chiqqunga qadar talabalarga ustozlik qiladi.
Kutubxonada ishlab yurgan vaqtlarida juda ko‘p mavzularda turli
xil bibliografik ko‘rsatkichlarni mustaqil va hamkorlikda tayyorladi
va nashr ettiradi. Yirik 9 ta bibliografik ko‘rsatkich va qo‘llanmalarga
muharrirlik qiladi, bir qator muammoli maqolalar bilan
O‘zbekiston va Rossiya jurnallarida qatnashadi. Navoiy nomidagi
O‘zbekiston davlat kutubxonasining 100 yilligi munosabati bilan
nashr etilgan monografiyaning yirik — „1917- yildan so‘nggi
davrda kutubxonaning ilmiy-bibliografik faoliyati“ bo‘limini yozgan.
Unda muallif bibliografiya ishining taraqqiyotini batafsil yoritib
bergan.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə