Bibliografiya lat p65


Oliy o‘quv yurtlari kutubxonalarining



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   161
bibliografiya

Oliy o‘quv yurtlari kutubxonalarining
bibliografik faoliyati
Oliy o‘quv yurti kutubxonalari bilimlarning asosiy manbasi
va saqlovchi xazinasi bo‘lib kelgan. Ular „Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi“ va „Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonunda belgilab berilgan
bilimli, malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashning asosiy
bo‘g‘ini hisoblanadi. Davlatimiz rahbarlarining va yuqori
tashkilotlarning barcha hujjatlari, milliy istiqlol g‘oyasiga oid
adabiyotlar shu kutubxona orqali targ‘ib qilinadi va o‘rgatiladi.
Davlatimizning ichki va tashqi siyosatiga oid barcha materiallar
yuzasidan tavsiya ro‘yxatlari, bibliografik sharhlar, kartotekalar
shu kutubxonalarda tuziladi. Dunyo axborot olamiga kirib borish
uchun shart-sharoitlar, internetdan va elektron pochtadan
foydalanish imkoniyati ham shu kutubxonalarda yaratilgan.
Òoshkent shahridagi ko‘plab oliy o‘quv yurti kutubxonalarida


159
IRBIS tizimida elektron kataloglar yaratilmoqda. Elektron
kutubxonalar, virtual kutubxonalar yaratish bosqichiga o‘tila
boshlandi. Òoshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Òoshkent
moliya instituti, Òoshkent davlat madaniyat instituti, Òoshkent
davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti
kutubxonalari bu jihatdan ancha oldinda. Elektron katalog
yordamida kitobxonlarning mavzuli va faktik so‘roqlari juda tez
muddatda bajariladi. Yangi kiritilgan adabiyotlarning bibliografik
yozuvlari asosida axborot bulletenlari tayyorlanmoqda. Òoshkent
davlat pediatriya instituti Asosiy kutubxonasida „OITS — tarix va
muammolar“, „Virusli gepatit. Klinika va davolash“, Òoshkent
agrar universiteti kutubxonasida „Qishloq xo‘jaligiga oid bibliografik
ko‘rsatkich“ (1990 — 1998- yy.)“ nomli retrospektiv ko‘rsatkich
tuzilgan.
Bu kutubxonalarda bibliografik bilimlarni targ‘ib qilish,
yoshlarga axborot olamiga kira olish, o‘ziga zarur adabiyotlarni
qidirish, tahlil qilish, undan unumli foydalanish yo‘llarini
o‘rgatish, bibliografik axborot manbalaridan unumli foydalanishni
o‘rgatishni tashkil etish muhim vazifalardan biri. Chunki talaba
ilmiy-tadqiqot ishlari boshida turgan bo‘lajak ilmiy xodim, aspirant,
fan nomzodi yoki professordir. Demak, shu yillardanoq bunday
bilimlarni egallash va malakaga ega bo‘lish fan va texnika taraqqiyotini
belgilab beruvchi omillardan. O‘zbekiston Milliy universiteti
kutubxonasi tomonidan 1- bosqich talabalariga kutubxona-
shunoslik-bibliografik bilimlarni targ‘ib qilish maqsadida 36 soatdan
45 soatgacha darslar o‘tiladi. Darsda an’anaviy bilimlar bilan
birgalikda elektron katalogdan, elektron kutubxonadan, internet
tizimidan va elektron pochtadan foydalanish yo‘llari haqida ham
mashg‘ulotlar o‘tiladi. Bunday mashg‘ulotlar Òoshkent irrigatsiya
instituti, Òoshkent agrar universiteti, Òoshkent texnika
universiteti kutubxonalari tomonidan ham tashkil etilgan. Chunki
yoshlarimizning ko‘pchiligida axborot va kitobxonlik madaniyati
shakllanmagan. Uni shakllantirish va tarbiyalash oliy o‘quv yurti
kutubxonalari zimmasiga oshiqcha bo‘lsa-da, mas’uliyat yuklaydi.
ÒDIU kutubxonasida bibliografik faoliyat ancha yaxshi yo‘lga
qo‘yilgan, bo‘limning maqsadi kitobxonlarning bibliografik
axborotga bo‘lgan talablarini bajarish, ularga bibliografik
ma’lumotlarni vaqtida yetkazib berish, kutubxona-bibliografik
bilimlarni targ‘ib qilish, universitet olimlarining va iqtisodiyot
sohasiga oid adabiyotlarning bibliografiyasini tuzishdan iborat. Bu


160
ishni ma’lumot-bibliografiya bo‘limi bilan axborot markazi bajaradi.
Bundan tashqari, o‘quv jarayonini bibliografik ko‘rsatkichlar,
adabiyotlarning tavsiya ro‘yxatlari bilan ta’minlash, mavzuli,
manzilli va boshqa bibliografik so‘roqlarni bajarish, sharhlar,
kitob ko‘rgazmalari tashkil etish, kutubxonachilik darslarini
o‘tishda ishtirok etadi. „Kafedra kunlari“, „Mutaxassis kunlari“,
„Axborot kunlari“ni o‘tkazadi va muntazam SBAni to‘ldirib
boradi. Unga ma’lumotnoma nashrlar va bibliografik qo‘llanmalar
fondi, katalog va kartotekalar tizimi, bajarilgan mavzuli
ma’lumotlar arxivi kiradi. Umumiy fond uchun bosh katalog,
bo‘limlar uchun alohida katalog, „Vaqtli matbuot kartotekasi“,
alifbo va sistemali katalog va elektron katalog tashkil etilgan.
Kartotekalar orasida 1949- yildan olib borilayotgan universitet
o‘qituvchilari ilmiy ishlari kartotekasi muhim ahamiyatga ega.
Kartoteka doimiy ravishda to‘ldirib boriladi. Hujjatlar mualliflarning
familiyasi alifbosi tartibida, kartochkalar teskari xronologik tartibda
joylashtirilgan. Yangi kelgan adabiyotlar kartotekasi ham tashkil
etilgan. Ma’lumotlar UDK — Umumiy o‘nlik klassifikatsiyaga
ko‘ra joylashtirilgan. „TDIU tomonidan 1992 — 1996- yillarda
nashr qilingan o‘quv adabiyotlari bibliografiyasi“ tuzilgan va
davom etmoqda. Òurli dolzarb mavzularga oid kartotekalar ham
tashkil etilgan. „Kitob va vaqtli matbuot yig‘ma katalogi“da o‘zbek
va rus tillaridagi kitoblar, vaqtli matbuot bilan birga chet ellardan
olingan barcha hujjatlar aks etgan bo‘lib, ish 1953- yili boshlangan.
Hozirgacha uning 5 qismi nashrdan chiqqan. Katalogning 4-
qismiga Yevropa mamlakatlari tomonidan sovg‘a qilingan
iqtisodiyotga oid adabiyotlar kiritilgan bo‘lsa, 5- qismda
Amerikaning SABRE fondi va O‘zbekistondagi Fransiya vakolat-
xonasi 1991 — 1995- yillarda sovg‘a qilgan adabiyotlar kiritilgan.
„Yig‘ma katalog“ 30 — 40 nusxada nashr qilinadi. Rahbar xodim-
larga axborotni tanlab tarqatish tizimida xizmat ko‘rsatiladi.
1990 — 1993- yillar respublikamizdagi ko‘pgina institutlar
universitetlarga aylantirilgandan so‘ng, ulardagi kutubxonalar
faoliyati jonlandi. Ularning Nizomiga ko‘ra, kutubxonalarda biblio-
grafiya bo‘limlari tashkil etildi va dastlabki vazifasi ma’lumot-
noma-bibliografiya apparatini tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Ma’lu-
mot-bibliografiya apparati fondi oldindan mavjud bo‘lgan ensiklo-
pediyalar, lug‘atlar, spravochniklar, bibliografik qo‘llanma va
ko‘rsatkichlar bilan birgalikda institut kutubxonasi tayyorlayotgan
bibliografik ma’lumotlar bilan ham boyitib boriladi. Masalan,


161
Òoshkent davlat madaniyat instituti tashkil topganiga 30 yil
to‘lishi munosabati bilan institut professor-o‘qituvchilari asarlari
ro‘yxati kafedralar bo‘yicha alohida-alohida ko‘rsatkich ko‘rinishida
tayyorlangan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan
chiqarilayotgan barcha turdagi bibliografik ro‘yxatlar,
ko‘rsatkichlar, uslubiy-bibliografik qo‘llanmalar ham 2 nusxadan,
xorijda va respublikamizda nashr etiladigan sohaga oid „Biblioteka“,
„Bibliografiya“, „Áèáëèîòåêîâåäåíèå“, „Áèáëèîãðàôîâåäå-
íèå“, „Ìèð áèáëèîãðàôèè“, „Kitob dunyosi“ va boshqa vaqtli
matbuot nashrlari ham to‘plangan edi.
2- asosiy yo‘nalish — axborot-bibliografik xizmat ko‘rsatish.
Kutubxonalar IRBIS tizimidan, an’anaviy katalog va kartote-
kalardan, SBAdan foydalangan holda ishni tashkil etdilar. Ka-
fedralar yo‘nalishiga ko‘ra axborot va mutaxassis kunlari,
bibliografik sharhlar o‘tkaziladi. Sharhlarni institut, fakultetlar
ilmiy kengashlarida ham o‘tkazib borilsa, yaxshi samara beradi.
Barcha kutubxonalar hozirgi kunda barkamol avlod tarbiyasida
muhim o‘rin tutganligi tufayli ham faoliyatining barcha tomonlarini
o‘z vaqtida va tezkorlik bilan turli xil axborotlar olamidan har
bir iste’molchi uchun zarurini topib berish maqsadida axborot-
bibliografiya ishini mukammal tashkil etishlari lozim.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə