197
aniqlash va ularni uch belgili kodlashtirish darajasiga keltirildi.
Kommunikativ format to‘ldiruvchisini ishlab chiqishda chet el
tajribalari, xususan,
MARC
formatlar oilasiga kiruvchi
USMARC
formati o‘rganildi. 1990- yildan boshlab Rossiya
bozorida avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimlari AIBS
„ MARC-NPO
Informsistema va Moskva Davlat universitetining
mahsuloti „Biblioteka“ning paydo bo‘lishi bilan
USMARC
formati Rossiyada tatbiq qilina boshlandi. Formatlarni o‘rganish
va tatbiq qilish ilgari ham bo‘lgan, ammo
ularni real tatbiq qilish
yuqorida keltirilgan avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot
tizimlarining yaratilishi bilan bog‘liq. Ishlab chiqilayotgan
formatlar Xalqaro standartlar va Rossiyadagi standartlar hamda
qoidalarga mos kelishi zarur. Bunday talablarning bajarilishiga
USMARC
va
UNIMARC
formatlari javob beradi. Òahlillar
natijasida
UNIMARC
formati Rossiya milliy formatini yaratish
uchun asos qilib olindi. Uch bosqichda Rossiya milliy formati
ustida ish olib borildi. 1- bosqichda avtomatlashtirilgan kutub-
xona-axborot tizimining texnologik
asosi sifatida bibliografik
yozuvlarning yagona formatini tashkil etish imkoniyatlari o‘rga-
nildi. 2- bosqichda Rossiya Davlat xalq ilmiy-texnika kutubxonasi
va boshqa kutubxonalar uchun o‘tkazilgan tadqiqot ishlarining
natijasi va uning qo‘llanishi darajasi o‘rganildi. 3- bosqich kom-
munikativ formatning davlat standartlarini ishlab chiqish va
belgilangan dastur doirasida xalqaro formatni ishlab chiqishda
ishtirok etishdan iborat bo‘ldi. Kommunikativ format yozuvlari
va ularning tuzilishi
ISO 2709
sonli Xalqaro standartga mos
keltirildi.
1990- yil
boshlarida
UNIMARC
va
USMARC
xalqaro
formatlarini amaliyotga kiritish jadallashdi. Shu munosabat bilan
Rossiya kutubxonalarining kutubxonachilik kooperatsiyasi va
bibliografik axborot almashuvning xalqaro tizimiga kirib borishini
tezlatish maqsadida
UNIMARC
bo‘yicha asosiy materiallarni rus
tiliga o‘girish sohasida ish olib borildi. 1995- yil oktabrida Rossiya
milliy formatini yaratish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va u
RUSMARC
deb
nomlandi, bu format 1994- yilgi
UNIMARC
asosida tahrir qilindi. Bu format IFLAning xalqaro qo‘mitasi
tomonidan milliy format sifatida rasman tan olingan va ro‘yxatga
olingan. Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligining 1998- yil
27.01 45- sonli buyrug‘i bilan kutubxonalarda axborot almashinuvi
uchun majburiy qo‘llanuvchi format sifatida kiritildi. 2000- yil
198
29- fevraldagi 139- sonli buyruqda bu formatni Rossiya Fe-
deratsiyasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi kutubxonalar uchun
avtomatlashgan kutubxona-axborot tizimini ishlab chiqish va
amaliyotda qo‘llash uchun majburiy deb ko‘rsatildi. Rossiya Milliy
kutubxonasi ana shu format asosida kataloglashtirish ishlarini
olib boradi. „Libnet“ nomi bilan yuritiluvchi milliy axborot-
bibliografiya Markazi RF Madaniyat vazirligining qo‘llab quv-
vatlashi bilan ikkala milliy kutubxona tomonidan ta’sis
etilgan va
u mamlakatda davr talabi darajasida korporativ kataloglashti-
rishni olib boradi. Markazning ishi ham
RUSMARC
formatida
olib boriladi. Rossiyaning turli hududlarida
RUSMARC
ni qo‘llovchi,
axborot almashuv formati hamda kataloglashtirish formati sifatida
boshqa formatlar ham yaratildi. Bular
ORAC-GLOBAL
(DIÒ-M,
Moskva), RUSLAN (SpbGU, Sankt-Peterburg) va boshqalar.
Bundan tashqari, jahonning ko‘pgina yirik va rivojlangan mam-
lakatlari ham o‘zlarining formatlarini
yaratishga harakat qildilar
va yaratdilar. Shulardan biri Kanada davlatidir. Kanadada xalqaro
formatlarni o‘rganish maqsadida tashkil topgan ishchi guruhi
o‘zlaridan avval tuzilgan bir qancha formatlarni o‘rganib, tahlil
qilib,
USMARC
asosida unga qo‘shimcha maydon va maydonosti
chiziqlarini kiritgan holda
CANMARC
ni yaratdilar. Kanada 2 ta
davlat tiliga (ingliz va fransuz) ega bo‘lganligi sababli formatda
yo‘naltirish berish uchun qo‘shimcha belgilar (metka)lar,
markerda yozuv statusini beruvchi to‘liq yoki qisqa kodlar kiritildi.
Bu format 1979- yili nashr etildi. Avstraliyaning milliy
kutubxonasi 1973- yil o‘zining
AUSMARC
ni yaratdi. Uning 2-
nashri 1975- yili chiqdi.
Avstraliya formati
UKMARC
ga asos-
langan, ammo o‘zining milliy xususiyatiga ko‘ra o‘zgarishlar
kiritgan. 1988- yili ular
USMARC
asosida avtoritet ma’lumotlar
uchun format ishlab chiqdilar. Hozirgi paytda bunday formatlarning
soni 50 dan oshib ketdi va ular har biri o‘z milliy xususiyatiga
ega bo‘lish bilan birga xalqaro axborot almashuv tizimiga
bo‘ysunadi.
Dostları ilə paylaş: