202
Kutubxonachilar axborot madaniyatini tarbiyalashda quyidagi-
larga e’tiborni qaratishlari kerak:
— tarixiy va huquqiy madaniyatni rivojlantirish — davlat
qonunlarini, rasmiy hujjatlarni bilishga yo‘llash;
— estetik va kitob madaniyati, shuningdek, o‘qish madaniyati
ko‘nikmalarini tarbiyalash;
— bibliografik madaniyat;
— zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nik-
masini va madaniyatini tarbiyalash;
— muloqot madaniyatini shakllantirish.
Bu xususiyatlar hamma uchun zarur. Iste’molchilar bilan
ish olib borishda quyidagi prinsiðlarga amal qilinadi: rejalilik;
ketma-ketlik; bosqichma-bosqich olib borish; alohida-alohida
ish olib borish (kitobxonning yoki iste’molchining bilim saviyasi,
darajasini hisobga olgan holda yondashish).
Buning uchun axborot ko‘rgazmalari, stendlar, turli biblio-
grafik, uslubiy plakatlar, kompyuter dasturlari bo‘yicha bilim
berishga oid turli xil qo‘llanmalar, varaqalar, bukletlar, mustaqil
ma’lumot yig‘ish va qidirishga oid maslahatlar, savol-javob
o‘yinlari, turli videonamoyishlardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: