Bibliografiya lat p65


MARC  formatda bibliografik yozuvlarni



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   161
bibliografiya

MARC
 formatda bibliografik yozuvlarni
aks ettirish xususiyatlari
1970- yillarga kelib, formatlar soni 20 tadan oshdi. Bu
formatlarning xilma-xilligi ular tarkibidagi ma’lumotlarning bir-
biridan farqi va ularni almashtirishdan oldin tahrir qilish zaruratini
tug‘dirdi. Formatlar orasidagi bunday nomutanosiblikka barham


199
berish maqsadida xalqaro 
MARC (UNIMARC)
 format ishlab
chiqishga kirishildi. Mazkur format yordamida ixtiyoriy
formatdagi bibliografik yozuvni qabul qilish va uzatish
imkoniyatini yaratishga harakat qilinadi. Biror-bir milliy formatda
u mansub bo‘lgan mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga
olinadi, shunga ko‘ra belgilarda, kodlarda, bibliografik yozuvning
biror-bir maydon chizig‘ida aks etishida farq bo‘ladi. Formatda
bibliografik yozuvlarni berish amalda qo‘llanilayotgan bibliografik
ma’lumotlarni tavsiflashning qonun-qoidalariga amal qilinadi.
Boshqa tomoni, an’anaviy katalogda berilayotgan ma’lumotlarga
nisbatan elektron katalogda ma’lumotlar 4 — 5 baravar ko‘p
beriladi. Har bir hujjat haqida eng ko‘pi bilan 800 tagacha
element berilishi mumkin. Bu hujjatning o‘ziga xos xususiyatlariga
bog‘liq. Har bir element hujjat mazmunini, mohiyatini ochib
berishga xizmat qiladi va shuning uchun ham muhim ahamiyatga
ega. Yozuvlarni kiritishda yo‘l qo‘yilgan birgina xato avtomatik
ravishda boshqa xatolarning kelib chiqishiga yo‘l qo‘yadi. Biblio-
grafik yozuvlarni kiritish uchun ba’zi tushunchalarni bilib olishga
to‘g‘ri keladi.
Maydon (ïîëå) — formatning chap tomonida yozuvlarni
kiritish uchun savol tariqasida berilgan jadval. Bibliograf-katalo-
gizator ana shu savollarga javob berib boradi. Jadvalda maydon va
maydonosti chiziqlari ko‘rsatiladi. Maydon ikki xil bo‘ladi: maydon
va maydonosti maydoni yoki chizig‘i (ïîäïîëå). Maydon nomini
har safar qaytarish ko‘p vaqt talab qilgani va so‘zlarni qayta-
qayta yozib bormaslik uchun har bir maydonga 3 ta raqamdan
iborat belgi (ìåòêà) belgilangan. Ma’lumotlar turi va mazmunan
bir-biriga yaqinligiga ko‘ra alohida bloklarda berish uchun
guruhlashtirilgan. Masalan, „Nusxasi“ (äóáëåòíîñò) blokida tasvir
boshi, sarlavhasi, unga taalluqli ma’lumotlar, nashr yili, nashriyot
nomi, nashr joyi, bahosi, adadi, hajmi, chiqish sonlari haqidagi
ma’lumotlar beriladi. „Asosiy bibliografik tavsif“ (îñíîâíîå ÁÎ)da
boshqa mualliflar haqidagi ma’lumotlar, muharrirlar, tuzuvchilar
va nashrni bajarishda ishtirok etgan boshqa shaxslar haqidagi
ma’lumotlar, qayta nashr etilganligi haqidagi ma’lumotlar, ham-
mualliflar haqidagi ma’lumotlar va shu tarzda yana boshqa bloklarda
bibliografik ma’lumotlarni kiritish davom etadi. „Mazmuni“
(Ñîäåðæàíèå) blokida kalitli so‘zlar, annotatsiya beriladi. Bu esa
har qanday so‘z yordamida iste’molchilar so‘rog‘iga javob topish


200
va ro‘yxat tuzib berishda qo‘l keladi va juda tez bajarish uchun
zamin tayyorlaydi. Respublikamiz kutubxonalarida qo‘llanilayotgan
bu tizim hozirgi paytda mukammal bo‘lmasa-da, to‘la darajada
elektron katalogni yaratish imkonini beradi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə