Biebersteinia multifida ning ekologik – fitosenologiyasi va qayta tiklanishiga oid tavsiyalar



Yüklə 386 Kb.
səhifə3/10
tarix22.03.2024
ölçüsü386 Kb.
#182405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
18.12 23EKO TAVSIYANOMA ISLAMOVA Z.B

Biebersteinia multifidaning sistematik oʻrni, botanik tavsifi



Biebersteinia turkumi Biebersteiniaceae oilasining yagona va eng kichik turkumlaridan boʻlib hisoblanadi. Turkum turlarining kamdan -kam uchrashi gerbariy kolleksiyasining cheklanganligi sababli uzoq vaqtdan beri tortishuvlarga sabab boʻlib kelgan [1]. Turkum ilgari Geraniaceae oilasiga mansubligi qayd etilgan, ammo hozirgi kunda molekulyar filogenetik tadqiqotlar natijasida Bibersteiniaceae monotipik oilasiga ajratilgan [2,3, 51].
Dastlab sistematik oʻrni Lyu, DJ.K.; Xo, T. N.; Chen, S. L.; Lu, A. kabi olimlarning mamlumotlariga koʻra Biebersteinia turkumi Gerandoshlar (Geraniaceae) oilasi tarkibida boʻlib beshta turni oʻz ichiga olganligi aytilgan, yaʻni B. heterostemon Maxim., B. multifida DC.., B. leiosepala Jaub. & Spach, B.odora Stephan va B. orphanidis Boiss. [1].
Keyinchalik molekulyar-filogenetik tahlillar natijasida Bakker F. T.; Vasiliadis D. D.; Morton S. (1998), Myuller, A. N.; Vasiliadis, D. D.; Renner, S. S. (2007) kabi olimlarning ishlarida turkum aloxida tartib (Biebersteiniales) va oilasi (Biebersteiniaceae) ga ajratilgan. Shu bilan birga Yannizaros A. G.; Konstantinidis T. A.; Vasiliadis D. D.(1996), Tan K.; Perdetsoglu D. K.; Russis V. (1997), Bakker F. T.; Vasiliadis D. D.; Morton S. (1998), Lyu, DJ.K.; Xo, T. N.; Chen, S. L.; Lu, A.(2001), Kristenxus, M. DJ.M.; Bing, DJ.U.(2016) kabi olimlarning ilmiy izlanishlari natijasida turkum tarkibida toʻrtta tur mavjudligi aniqlandi bunda Biebersteinia leiosepala deb aniqlangan tur Biebersteinia multifida DC. ning sinonimi ekanligi aniqlandi [1,2,4,5,6]. Maʻlumotlarga koʻra Biebersteinia multifida DC. ning Biebersteinia leiosepaladan tashqari Biebersteinia ambugua Jaub. & Spach, Biebersteinia aucheri Jaub.& Spach, Biebersteinia brachypetala Jaub.& Spach, Biebersteinia multifida var. straussii Hausskn. ex Bornm, Biebersteinia rucheri Walp. kabi sinonimlari borligi ham aytilgan.
Biebersteinia Stefanning sistematik va taksonomik oʻrni uzoq yillardan beri bahs mavzusi boʻlib kelgan. Maʻlum boʻlgan Biebersteinia turkumining toʻrt turida asosiy xromosoma raqamlari n=5 sifatida qayd etilgan. Oddiy xromosentrik tipdagi tinch yadrolarning kombinatsiyasi, interstitsial tipdagi mitotik profaza xromosomalari, mitotik profaza va metafaza bosqichlarida toʻrtta aniq ikkilamchi torayishga ega boʻlgan ikkita juft xromosoma va Biebersteiniadagi oʻziga xos 3a karyotipini ushbu turdagi karyomorfologik marker deb hisoblash mumkin. Bu erda keltirilgan kariomorfologik maʻlumotlar geraniaceaeda ushbu jinsning anʻanaviy guruhlanishini qoʻllab-quvvatlamaydi.
Bibersteinianing noyob karyomorfologiyasi embriologik, anatomik, kimyoviy va molekulyar maʻlumotlarga mos keladigan tanish yoki tartibli holatini tasdiqlaydi.
Biebersteinia Stephan, oʻz ichiga besh turni (Biebersteinia heterostemon Maxim, Biebersteinia odora Stephan ex Fisch, Biebersteinia multifida DC., Biebersteinia orphanidis Boiss. va Biebersteinia leiosepala) olib, turlar asosan Markaziy va gʻarbiy Osiyoning togʻli, yarim qurgʻoqchil hududlarida Sharqiy Oʻrta er dengizigacha boʻlgan xududlarda tarqalgan (Knuth, 1912; Yannistaros va boshq., 1996).
Biebersteinia Stefanning sistematik va taksonomik oʻrni uzoq vaqtdan beri bahs mavzusi boʻlib kelgan. Stefan (1806) turkumni yaratishda Bibersteiniani Grielum L. (Neuradaceae) va Suriana L. (Simaroubaceae) oraligʻida deb aytgan.
Keyinchalik De Kandol (1924) ning taklif qilgan sistematikasida Biebersteinia Zygophylleae spuriae alternifoliae va Rosaceae, Geraniaceae va Rutaceaega tegishli boʻlishi mumkin deyilgan.
Endlicher (1841) birinchi marta Biebersteiniani oila maqomiga koʻtargan. Ammo Xuker (1875) uni Rosaceae oilasining Potentillae qabila sifatida koʻrdi. Biroq, Boissier (1867) uni Geraniaceae oilasiga kiritdi.
Biebersteinia anʻanaviy ravishda Geraniaceae yoki Geraniales oilasiga tasniflangan, ammo molekulyar dalillar uning Sapindalesdagi oʻrnini tasdiqlaydi (Bakker va boshq., 1998).
Xromosomalarning asosiy soni taksonning yuqori taksonomik darajadagi tizimli holatini aniqlashda muhim ahamiyatga ega (Raven, 1975).
Geraniales va Sapindales taksonlarining asosiy xromosoma maʻlumotlari umumlashtirilib Biebersteinia bilan taqqoslanganda Sapindalesga tegishli ekanligi yana bir bor koʻrsatib berildi [1].
Beyt-Smit (1973) tomonidan kimyoviy tarkibini oddiy taqqoslash orqali aniqlangan Biberstayniya va Geranium oʻrtasidagi aniq farqdan tashqari, Zhang va boshq. (1995) ikkita yangi tabiiy mahsulotni aniqladilar.
Akampilotrop tuxumdonning mavjudligi (Kamelina va Konnova, 1990), tuxumdonda doimiy choʻzilgan Markaziy ustunning yoʻqligi va Biebersteiniada qisqartirilgan tegmatik urugʻ qobigʻi (Boesewinkel, 1997) ham bu jinsni Geraniales va Sapindalesdan ajratib turadi. Ushbu tadqiqotda topilgan karyomorfologik xususiyat yuqorida aytib oʻtilgan maʻlumotlarga mos keladi, Biebersteinianing alohida oila ekanligini tasdiqlaydi. Ushbu oila yoki tartibning sistematikasi qoʻshimcha oʻrganilishi kerak degan taklif kiratilgan [1].
Yuqorida keltirilgan maʻlumotlardan koʻrinib turibdiki Biebersteinia turkumi Biebersteiniaceae oilasining yagona turkumi boʻlib oʻz ichiga toʻrt turni oladi bular: B. heterostemon Maxim., B. multifida DC., B.odora Stephan va B. orphanidis Boiss.
Biebersteinia turkumining barcha turlari koʻp yillik oʻtlardir. Ular biologik xususiyatlari va geografik tarqalishi bilan bir biridan farq qiladi.
Biebersteinia multifida DC.- Koʻp qiychali qontepar. Oʻzbekistonda -Qontepar (X.X Normurodov, E.S. Sulaymonov, X.Q Haydarov, B.S Islomov, O.K Xojimatov), Eronda Adamak (Davis, 1967, Reschinger, 1970) deb nomlanuvchi keng tarqalgan oʻsimlik boʻlib muhim dorivor oʻsimlik sifatida xalq tabobatida keng qoʻllaniladi.
Dorivor oʻsimliklarning genofondini saqlab qolish va koʻpaytirish usullaridan biri bu ularni madaniylashtirishdir.
Shu munosabat bilan yovvoyi holda oʻsuvchi dorivor oʻsimlik Biebersteinia multifia DC. ning morfobiologik hamda kimyoviy xususiyatlari oʻrganildi.
U yoki bu oʻsimlikni madaniylashtirishdan oldin unung biologiya va ekologiyasi qoʻshimcha ravishda, qisqacha tarixi va sistematikasini har tomonlama oʻrganish kerak.




A


B


C


Yüklə 386 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə