Biebersteinia multifida ning ekologik – fitosenologiyasi va qayta tiklanishiga oid tavsiyalar


- Jadval Yettiuylisoyning janubi-sharqiy yonbagʻridagi



Yüklə 386 Kb.
səhifə7/10
tarix22.03.2024
ölçüsü386 Kb.
#182405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
18.12 23EKO TAVSIYANOMA ISLAMOVA Z.B

1 - Jadval
Yettiuylisoyning janubi-sharqiy yonbagʻridagi
qoʻziquloq – qorabosh – qoʻngʻirbosh - qontepar – har xil oʻtliar assotsiatsiyasi turlari tarkibi (Yettiuylisoy, Navoiy f/x Urgut tumani, d.s.b. – 875 – 915 m.).





Oʻsimliklar turlari

Yarusi

Moʻllik darajasi

Fenofazasi

Hayotiy shakli

1

Eremurus sogdianus (Regel) Benth. & Hook f.

III

Sp

Gʻunchalash, gullash

koʻp yillik oʻt

2

Phlomus salicifolia Regel

II

Сop1

Gʻunchalash, gullash

koʻp yillik oʻt

3

Bibershteinia multifida DC.

III

Sp

Gʻunchalash, gullash

koʻp yillik oʻt

4

Carex pachystilis J.Gay

IV

Сop1

Mevalash

koʻp yillik oʻt

5

Poa bulbosa L.

II

Cop1

Mevalash

koʻp yillik oʻt

6

Inula orientalis Lam.

I

Sol

Gullash, mevalash

koʻp yillik oʻt

7

Cousinia radians Bunge

II

Sol

Gullash,Mevalash

Ikki yillik oʻt

8

Alhagi pseudalhagi (M.Bieb.) Desv.

II

Sol

Gullash

koʻp yillik oʻt

9

Achillea filipendulina Lam

III

Sp

Gʻunchalash, gullash

bir yillik oʻt

10

Gentiana olivieri Griseb.

IV

Sol

Mevalash

koʻp yillik oʻt

11

Ranunculus sewertzowii Regel

III

Sp

Mevalash

koʻp yillik oʻt

12

Convolvulus arvensis L.

IV

Sol

Gʻunchalash, gullash

bir yillik oʻt

13

Plantago lanceolata L.

IV

Sp

Gullash, mevalash

koʻp yillik oʻt

14

Onosma dichroanta Boiss.

III

Sp

gullash, mevalash

koʻp yillik oʻt

15

Hypericum scabrum L.

III

Sol

gullash, mevalash

koʻp yillik oʻt

16

Elaeosticta allioides (Regel & Scmalh.) Kljuykov, Pimenov & V.N.Tikhom

III

Sol

Gullash

koʻp yillik oʻt

17

Gallium aparine L.

III

Un

Gullash, mevalash

bir yillik oʻt

18

Taeniatherum kaput-medusae (L.) Nevski

IV

Sol

Mevalash

bir yillik oʻt

19

Ferula kuhistanica Korovin

I

Un

Gullash, mevalash

koʻp yillik oʻt

20

Origanum vulgare subsp. Gracile (K.Koch) Ietsw.

III

Sol

Gullash, mevalash

bir yillik oʻt

21

Cousinia resinosa Juz.

III

Sol

Gullash, mevalash

Ikki yillik oʻt

22

Papaver pavoninum C.A.Mey.

IV

Sol

Gullash, mevalash

Bir yillik oʻt

23

Astragalus camptoceras Bunge

IV

Sp

Mevalash

Bir yillik oʻt

24

Cullen drupaceum Sumnev.

II

Sp

Gullash

koʻp yillik oʻt

25

Trifolium campestre Schreb.

IV

Sol

Gullash, mevalash

Bir yillik oʻt

26

Hultemia persica (Mich. & Juss.)

I

Un

Gullash

Buta

27

Potentilla pedate Willd. Ex Hornem.

IV

Sp

Gullash, mevalash

Koʻp yillik oʻt

28

Geranium pusillum L.

IV

Sp

Gullash, mevalash

Bir yillik oʻt

29

Malva bucharica Iljin

IV

Sp

Gullash, mevalash

Ikki yillik oʻt

30

Alissum desertorum Stapf.

IV

Sp

Mevalash

Bir yillik oʻt

31

Capsella bursa-pastoris (L.) Medik.

IV

Sol

Mevalash

Bir yillik oʻt

32

Strigosella Africana (L.) Botsch.

IV

Sp

Gullash, mevalash

Bir yillik oʻt

33

Dianthus tetralepis Nevski ex Schischk.

IV

Sp

Gullash, mevalash

Koʻp yillik oʻt

34

Silene conica L.

IV

Sp

Gullash, mevalash

Bir yillik oʻt

35

Anchusa azurea Mill.

III

Un

Gullash, mevalash

Koʻp yillik oʻt

36

Phlomis thapsoides Bunge

III

Sp

Gʻunchalash, gullash

Koʻp yillik oʻt

37

Koelpinia linearis Pall.

IV

Sp

Mevalash

Bir yillik oʻt

38

Centaurea depressa M. Bieb.

IV

Sp

Gʻunchalash, gullash

Bir yillik oʻt

39

Filago germanica (L.) Huds.

IV

Sp

Mevalash

Bir yillik oʻt

1-Jadvaldagi maʻlumotlardan shuni koʻrish mumkinki Yettiuylisoyning janubi-sharqiy yonbagʻridagi qoʻziquloq – qorabosh – qoʻngʻirbosh - qontepar – har xil oʻtliar assotsiatsiyasi turlari tarkibida Sp- (Sparsae) oʻrganilgan maydonda 48,72 % ni tashkil etdi. Bu oʻsimliklar Bibershteinia multifida DC. bilan birga Phlomis thapsoides, Koelpinia linearis, Centaurea depressa, Filago germanica, Potentilla pedate, Geranium pusillum, Malva bucharica, Alissum desertorum, Strigosella Africana, Dianthus tetralepis va boshqa oʻsimliklar jamoasi tashkil etdi.


Sol- (Solitariae) 33,33 % ni tashkil etib bular Gentiana olivieri Griseb., Convolvulus arvensis L., Hypericum scabrum L, Elaeosticta allioides, Taeniatherum kaput-medusae, Origanum vulgare subsp., Cousinia resinosa Juz., Papaver pavoninum, Trifolium campestre Schreb., Capsella bursa-pastoris kabi oʻsimliklarni tashkil etib ular asosan bir yillik va koʻp yillikdir oʻrsimon oʻsimliklardir.
Un- (Unicum) 10,26 % ni tashkil etdi. Bular Ferula kuhistanica Korovin, Gallium aparine L., Hultemia persica (Mich. & Juss.), Anchusa azurea Mill. kabi oʻsimliklar aniqlandi. Cop- (Copiosae) esa oʻrganilayotgan maydonda 7,69 % ni tashkil etib bular Phlomus salicifolia Regel, Carex pachystilis J.Gay, Poa bulbosa L. gʻunchalash va mevalash fazasidagi koʻp yillik oʻt oʻsimliklar tashkil etadi (1-rasm).
Navoiy f/x Urgut tumani, d.s.b. – 875 – 915 m.Yettiuylisoyning janubi-sharqiy yonbagʻridagi qoʻziquloq – qorabosh – qoʻngʻirbosh - qontepar – har xil oʻtliar assotsiatsiyasi turlari tarkibi % miqdori 1-rasmda diagramma koʻrinishida tasvirlangan.



3-rasm. Qoʻziquloq – qorabosh – qoʻngʻirbosh - qontepar har xil oʻtlar assotsiatsiyasi turlari tarkibi % miqdori.
Atrof-muhitni, oʻsimliklar olamini muhofaza qilish insoniyat uchun juda katta hayotiy ahamiyatga ega. Insoniyat tabiatdan foydalanar ekan, uning asrlar davomida shakllangan tabiiy manzarasini oʻzgartirmoqda, unga salbiy taʻsir koʻrsatmoqda. Sanoat tarmoqlari va qishloq xoʻjaligining rivojlanib borishi, tabiiy maydonlarning keng miqiyosda oʻzlashtirilishi ekologik muvozonat buzilishiga olib kelmoqda.
Natijada oʻsimliklarning qimmatli turlari yoʻq boʻla boshladi. Togʻ bagʻridagi yongʻoqzor va butazorlarning, oʻrmonzorlardagi qimmatbaho daraxtlarning shavqatsizlarcha kesib yuborilishi oqibatida nafaqat oʻsimliklar dunyosi kambagʻallashib qoldi, balki yovvoyi oziqabop hamda dorivor oʻsimlik turlari ham jiddiy xavf ostida qoldi.
Tabiiy genofondning saqlanishi va muhofaza choralarini ishlab chiqish qishloq xoʻjaligida ekiladigan serhosil, har xil kasalliklarga bardosh bera oladigan yangi navlarni kelib chiqarishda bebaho ahamiyatga egadir.
Oʻzbekiston tabiati oʻzining betakror tabiiy boyliklari bilan alohida ajralib turadi. Mahalliy florada mavjud boʻlgan turlarni muhofaza qilish va ularni koʻpaytirish, mahalliy dori-darmon ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi vazifalardan biridir.

IV. Urugʻlarning dala sharoitida unuvchanligi va qayta tiklanishi
Urug`larning unishi dala sharoitida kuzatilganda laboratoriyadagidan ancha farq qilishini ko`rdik. Buning sababi tuproqda ekilgan urug`larga juda ko`p ekologik omillar: namlik, harorat, tuproqning fizik va kimyoviy xususiyatlari kompleks taʻsir ko`rsatadi. Biebersteinia multifida Samarkand viloyati Urgut tumani Amon-qoʻton milliy tabiat bogʻI, oʻrmon xoʻjaligi hududidagi tajriba maydonchasida hamda tabiiy oʻsimlik oʻsgan hududning togʻ yoni, shimoliy qiyaligidan tayyorlangan maydonlarda ekib oʻstirildi.













4-rasm. Bahorda va kuzda dala sharoitida qoʻyilgan tajribalarva qayta tiklash
Omon-qoʻton milliy tabiat bogʻi hududidagi tajriba maydonchasining tuprog`i mayda shag`alli, tipik bo`z tuproq 0,001 mm dan kichik zarrachalari tuproq hajmining 60 – 80% ni tashkil etadi. Biz yozda yig`ib olgan urug`larni ikki faslda yaʻni kuz va erta bahorda turli muddatlarda ekdik. Qayta tiklash natijalari 1-diagrammada keltirilgan.
Diagrammada keltirilgan natijalarga koʻra koʻpqiychali qontepar urugʻlari unishi uchun tashqi muhit omillari katta ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Bahorda turli muddatlarda ekilgan urugʻlarning 1-yil umuman unmaganligini aniqladik. Ikkinchi yilda esa urugʻlar qishgi tinim davrini oʻtab hamda tashqi muhit omillarining tasiri natijasida unib chiqishini aniqladik.




Yüklə 386 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə