Biebersteinia multifida ning ekologik – fitosenologiyasi va qayta tiklanishiga oid tavsiyalar


III. Omonqoʻton milliy tabiat bogʻI va Samarqand viloyat oʻrmon xoʻjaligi sharoitida



Yüklə 386 Kb.
səhifə6/10
tarix22.03.2024
ölçüsü386 Kb.
#182405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
18.12 23EKO TAVSIYANOMA ISLAMOVA Z.B

III. Omonqoʻton milliy tabiat bogʻI va Samarqand viloyat oʻrmon xoʻjaligi sharoitida Biebersteinia multifida oʻsimlikning ekologik – fitosenologik tavsifi.
Ilk bor Samarqand viloyati Urgut tumani Omon qoʻton sharoitida Biebersteinia multifida bilan oʻsadigan oʻsimliklarning ekologik – fitosenotik tarkibidagi oʻsimliklar jamoasi aniqlanib, bioekologik xususiyatlari asoslab berilgan.

2-rasm. Biebersteinia multifida ning geografik nuqtalari.

Ekologik jamoalari-fitotsenologik tadqiqotlar oʻtkazishda quyidagi ish usullari qoʻllanilgan:


Oʻsimliklarning floristik tarkibini hisobga olgan holda, shuningdek oʻsimliklarning rivojlanishi, balandligi, tabiiy yashash joylarida koʻpligi geobotanikada qabul qilingan Drude metodologiyasiga muvofiq amalga oshirildi. Drudening 6 balli shkalasida raqamlar emas, balki quyidagi ogʻzaki belgilar berilgan: Soc (Sociales), Cop 3 (Copiosae3), Cop 2 (Copiosae 2), Cop1 (Copiosae1, Sp (Sparsae), Sol (Solitariae), Un (Unicum).
Taxminan taxmin qilish mumkinki, koʻp hollarda Soc belgisi (fon) ushbu maydonining 90% dan ortigʻini qoplashga toʻgʻri keladi, Cop3 belgisi (juda koʻp) - 70 %; Cop2 (moʻl-koʻl) - 70-50 %; Cop1 (juda koʻp) - 50-30 %; Sp (tarqoq) - 30-10 %; Sol va Un 10% dan kam turlarni tashkil etadi.
Samarqand viloyati Urgut tumanida qontepar fitosenologiyasi (assotsiatsiyasi)ni turlar tarkibi oʻrganilgan hududlar

  1. Qontepar-qoʻngʻirbosh-shirach-har xil oʻtlar assosiasiyasi turlari tarkibi, shimoliy – gʻarbiy qiyalik (Toksoy, Omon – qoʻton Urgut tumani, d. s. b. - 1515 m).

  2. Qoʻngʻirbosh-qorabosh-qontepar-har xil oʻtlar assosiasiyasi turlari tarkibi, shimoliy – sharqiy qiyalik (Olichabuloqsoy, Omon - qoʻtan Urgut tumani d. s. b. – 1530 m).

  3. Bugʻdoyiq-qorabosh-qontepar- har xil oʻtlar assosiasiyasi turlari tarkibi, shimoliy – gʻarbiy qiyalik (Qumbelsoy, Taxti Qoracha dovoni, Urgut tumani d. s. b. – 1550m).

  4. Yettiuylisoyning janubi-sharqiy yonbagʻridagi qoʻziquloq – qorabosh – qoʻngʻirbosh - qontepar – har xil oʻtlar assotsiatsiyasi turlari tarkibi (Yettiuylisoy, Navoiy f/x Urgut tumani, d.s.b. – 875 – 915 m).

Zarafshon togʻ tik pogʻonasidagi qontepar bilan birga оʻsadigan assosiasiyalarning turlar tarkibi birmuncha boshqacharoq. Navbatdagi geobotanik tavsiflash Urgut tumani, Navoiy fermer xoʻjaligining Yettiuylisoy hududida janubi-sharqiy yonbagʻirda oʻtkazildi. Joyning dengiz sathidan balandligi 875-915 metr. Qiyalik taxminan 450, tuprogʻi toʻq kulrang. Qontepar-har xil oʻtli assosiasiyasida qoplanganlik darajasi taxminan 75%. Fitotsenozda bahorda (Carex pachystilis), qoʻngʻirbosh (Poa bulbosa), sariq andiz (Inula grandis), yozda esa qoʻziquloq (Phlomus thapsoides) va sugʻd shirachi (Eremurus sogdianus) va boshqa oʻsimliklar birga oʻsadi. Oʻrganilgan maydonda (25 m2) qonteparning 9 - 13 ta tupi borligi qayd etildi. Ular ayni gullash va meva tugish fazasida ekanligi aniqlandi. Qonteparning moʻllik darajasi va ayrim xususiyatlari uning oʻsib turgan sharoitiga-ekspozitsiyaga bogʻliq (1 - Jadval).

Yüklə 386 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə