Biebersteinia multifida ning ekologik – fitosenologiyasi va qayta tiklanishiga oid tavsiyalar


-diagramma. Dala sharoitida (qayta tiklash)



Yüklə 386 Kb.
səhifə8/10
tarix22.03.2024
ölçüsü386 Kb.
#182405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
18.12 23EKO TAVSIYANOMA ISLAMOVA Z.B

1-diagramma. Dala sharoitida (qayta tiklash) Biebersteinia multifida urugʻlarining unib chiqishiga ekish muddatining taʻsiri (n=100).

Diagrammada keltirilgan natijalar ko`rsatishicha dala sharoitida unuvchanlik bahorda ekilgan urugʻlarga nisbatan kuzda ekilgan urugʻlarda natija ijobiy olingan. Oktyabr va noyabr oyida ekilgan urugʻlar birinchi yilda 42,2 % va 42,5%, ikkinchi yilda esa 26,2 va 27,4 % unuvchanlikni koʻrsatib, jami ikki yilda ungan uruglarning prosent miqdori 68,4 va 69,9 % ni tashkil etdi. Bahor faslida ekilgan urugʻlarning birinchi yildagi unish prosenti 0 % ga, ikkinchi yilda esa 26,6-29,8 % ni tashkil etishi tajribalarda aniqlandi.
V. Tavsiyalar


Biebersteinia multifida DS. (Qontepar) oʻsimligini 2015-2022 yillar davomida biologik xususiyatlarini oʻrganish natijasida uni ekib, koʻpaytirib, katta plantatsiyalarini tashkil etish, qayta tiklash, yetarli darajada farmatsevtik mahsulot olish uchun quyidagi tavsiyalarni beramiz:

  1. Tipik boʻz tuproqli hududlarda 1 gektariga 30-50 tonna hisobidan kuydirilgan chirindi-pori solinadi. Sentabr oyida maydon 30-35 cm chuqurlikda plugli traktor bilan haydaladi va Barana qilinadi. Oktabr, noyabr oylarida tayyorlangan maydon tekislanib, chizillanadi va bugʻdoy ekish moslamalari yordamida urugʻlar 2,5-3,5 cm chuqurlikda ekiladi.

  2. 1 ga maydonda urugʻlarni ekish normasi 4,5-6,0 kg ni tashkil etadi. Keyingi yilning mart, aprel oylarida 1m2 ga 10-12ta oʻsimlik 1 gektariga esa 110000 atrofida maysa yetishtirishga erishiladi.

  3. Agar yil juda quruq kelsa, 1-2-3-yillar davomida mart, aprel oylarida yogʻingarchilik boʻlmasa, aprelning ikkinchi oʻnkunligida bir marotaba sugʻorib, qator oraliqlariga ishlov berish maqsadga muvofiq.

  4. Omonqoʻton milliy tabiat bogʻI, Samarqand davlat oʻrmon xoʻjaligi va tabiiy tajriba maydonchalarida oʻtkazilgan tajribalar shuni koʻrsatdiki, ekilgandan keyin 6-7-yildan boshlab, bir tup oʻsimlikning ildizmevasi 35-55 gramgachani tashkil etadi. Bu 1 ga maydondan (agar oʻrtacha 1ga da 110000 tup oʻsimlik boʻlishini inobatga olsak) 3550-4345 kg gacha hoʻl farmatsevtik mahsulot olish imkonini beradi.

  5. Reintroduksiya – qayta tiklash asosan plantatsiyalaridan terib olingan urugʻlar hisobidan amalga oshiriladi.




Yüklə 386 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə