Biebersteinia multifida ning ekologik – fitosenologiyasi va qayta tiklanishiga oid tavsiyalar



Yüklə 386 Kb.
səhifə4/10
tarix22.03.2024
ölçüsü386 Kb.
#182405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
18.12 23EKO TAVSIYANOMA ISLAMOVA Z.B

1-rasm. Biebersteinia multifida DC. – Koʻp qiychali qontepar.
A-morfologik tuzilishi, B-gulining tuzilishi, C-urugʻining tuzilishi,



Biebersteinia multífida ning sistematik oʻrni.
Boʻlim: Magnoliophyta
sinf: Magnoliopsida
tartib: Biebersteiniales
oila: Biebersteiniaceae
turkum: Biebersteinia
tur: Biebersteinia multifida DC.
Biebersteinia turlari qimmatbaho dorivor oʻsimlik sifatida xalq tabobatida keng qoʻllaniladi.
Biebersteinia multifida DC. Oʻzbekiston sharoitida Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax, Toshket viloyati togʻli xududlarida dengiz sathidan 900 metrdan 1550 metrgacha boʻlgan joylarda uchratish mumkin.
Biebersteinia multifida DC. Oʻzbekistonda -Qontepar, Eronda Adamak deb nomlanuvchi keng tarqalgan oʻsimlik boʻlib muhim dorivor oʻsimlik sifatida xalq tabobatida keng qoʻllaniladi [51]. Poyasi qalin, boʻyining uzunligi 20-70 sm koʻp yillik yoʻgʻon ildizmevali. Butun tanasi va barglari uzun tortgan tuxumsimon yoki lansetsimon, guli aktinomorf, changchisi 10 ta, urugʻchisi 5 ta mevabargdan shakllangan. Oʻziga xos juda kuchli hidga ega boʻlib, butun tanasi toʻq jigarrang qalpoqchali tuklar bilan qoplangan. Barg plastinkasi 12-25 sm uzunlikda, eni 3,9-5,2 sm, uch karra boʻlingan lancet shaklida, yuqori qismi oʻtkir boʻlaklarga boʻlinadi. Gullari aktinimorf boʻlib 5 ta kosachabarg, 5 ta gultojbarg 10 ta changchi va 5 ta qoʻshilgan urugʻchidan iborat. Gulkosachabarglarda hamda butun tanasini qoplab turadigan qalpoqchali kichik qoʻziqorinsimon tuklar mavjud boʻlib, gultojbarglarida esa mavjud emas. Mart oyinig oxirlarida gullash davri boshlanib aprel oyining oxirigacha davom etadi. Urugʻlarining toʻlishish davri aprelning oxiri may oyida boʻlib oʻtadi. May oxirlarida iyun oylarida vegetasiya davrining tugashi hamda koʻsaklarining chatnash davriga toʻgʻri keladi. Pishib yetilgan urugʻlari kulrang koʻrinoshga ega. Bitta koʻsakda 1-5 dona urugʻlarni hosil qiladi. Bir urugʻning diametri 4,5-5,6 mm. aprel-iyun oylarida meva beradi. Oʻsimlik tabiiy ravishda urugʻlari va ildizi orqali koʻpayadi. Kambagʻal tuproqni afzal koʻradi. Ildizlari qalin va zich, ochdan toʻq jigar ranggacha.


  1. Yüklə 386 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə