Biebersteinia multifida ning ekologik – fitosenologiyasi va qayta tiklanishiga oid tavsiyalar


Tuzuvchi: tadqiqotchi. Z. B. Islamova



Yüklə 386 Kb.
səhifə2/10
tarix22.03.2024
ölçüsü386 Kb.
#182405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
18.12 23EKO TAVSIYANOMA ISLAMOVA Z.B

Tuzuvchi: tadqiqotchi. Z. B. Islamova
Ilmiy rahbar: prof. O. K. Xojimatov


Masʻul muharrir: Sh. Rashidov nomli Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti, Botanika kafedrasi professori X.Q. Haydarov.


Taqrizchilar: ToshDAU, Dorivor oʻsimliklar kafedrasi, dotsenti, b.f.n. V.T. Qaysarov
SamDU, Biokimyo instituti, Botanika kafedrasi dotsenti, b.f.n. Z.B. Nomozovalar.


Sh. Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Kengashi tomonidan 2023-yil 30-oktyabr № 3-sonli bayonnoma qarori bilan nashrga tavsiya qilingan.


© Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, 2023
MUNDARIJA

KIRISH……………………………………….…………......

4

Biebersteinia multifidaning sistematik oʻrni, botanik tavsifi……………………………………………………….



7

Dorivorlik xususiyatlari va fitokimyoviy tarkibi.…………..

14

Omonqoʻton milliy tabiat bogʻI va Samarqand viloyat oʻrmon xoʻjaligi sharoitida Biebersteinia multifida oʻsimlikning ekologik – fitosenologik tavsifi...

17

Urugʻlarning dala sharoitida unuvchanligi va qayta tiklanishi………………….



24

Tavsiyalar…………………………………………………...

27

Xulosalar…………...……………………………………….

28

Foydalanilgan adabiyotlar…….…………………………….

29


Kirish

Ekologiya va atrof muhitni shuningdek ekologik resurslarni muhofaza qilish bizning davrimizning eng dolzarb muammolari orasida yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi.


Ekologik resurslar-biosferada ekologik muvozanatni taʻminlaydigan muhitni shakllantiruvchi komponentlarning majmuyi boʻlib, ular insonning ijtimoiy-biologik mavjudot sifatidagi hayotiy normal muhiti hisoblanadi. Ekologik resurslar hayotiy muhim funksiyani bajaradigan tabiiy tizimlarga kiradi. Bu resurslarning xarakterli xususiyati shundaki, ular, asosan, jamiyatni zaruriy neʻmat shaklidagi xizmat bilan taʻminlaydi.
Ekologik muammolar global muammolardandir. U tasodifan global deb nomlanmagan, u uzoq vaqtdan beri alohida mamlakatlarning davlat chegaralarini bosib oʻtgan va jahon jamoatchiligida, ayniqsa Osiyo qitʻasi xalqlarida katta qiziqish uygʻotmoqda. Oʻsimlik va hayvonot dunyosi va atrof-muhitni muhofaza qilish hech qachon hozirgi kundagidek muhim ahamiyatga ega boʻlmagan. Sanoat, qishloq xoʻjaligining rivojlanish surʻati, aholi sonining koʻpayishi va urbanizatsiyaning umumiy jarayonlari ekologik muvozanatning buzilishiga olib keldi, flora va fauna vakillarining yoʻq boʻlib ketishi kuzatilmoqda.
Ushbu jarayonlar Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarida, shu jumladan respublikamizda, xususan Samarqand viloyatida ham qayd etilmoqda.
Omon qoʻton oʻlkasi Samarqanddan 40 km janubda joylashgan. Bu Pomir-Oloyning uzoq gʻarbidagi, yagona Zaravshon silsilasining ikkita massivlari Chaqilkalon togʻlari va Qoratepa silsilasining tutashgan joyidagi nisbatan kichik oʻlka. Ularning aloqa nuqtasi – Oʻzbekistonning Janubiy viloyatlarida joylashgan Taxtiqaracha dovoni.
Omon qoʻton va uning atrofida Oʻzbekistonning "qizil kitobi"ga kiritilgan bir qator noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan xilma-xil oʻsimliklar va hayvonlar turlarni koʻplab uchratish mumkin. Oʻsimliklar olami xilma xil boʻlib ular suv havzalari, gʻorlar, togʻ va togʻ oldi hududlarigacha boʻlgan hududlarda tarqalgan. Astragalus, tipchak, skabioza, tukli oʻtlar, bugʻdoy oʻtlari, turli xil donlar - kserofit florasining tipik vakillari oʻrmon plantatsiyalari bilan qoʻshni. Ochiq joylarda ularga turli xil Ferula turlari, eremurusning gullab - yashnayotgan piramidalari, yorqin qizil lolalar, va turli koʻp sondagi dorivor oʻsimliklar Bibersteinia multifida, Helichrysum turlari, Ephedra turlari, Ziziphoralar, Onosma turlari, Rheumning har xil turlarini shuningdek koʻplab boshqa joylarda uchramaydigan noyob dorivor turlarni uchratish mumkin.
Omon qoʻton florasi tarkibida uchraydigan bunday dorivor, manzarali va madaniy oʻsimliklarning yovvoyi turlarini tabiiy genofondini saqlab qolish ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, oʻrmon xoʻjaliklari uchun muhim sanaladi.
Bunday turlarning tabiiy genofondini in situ sharoitlarida saqlab qolish hamda ex situ sharoitlarini tashkil etish uchun ularning botanik xususiyatlarini oʻrganish, oʻsimliklarning ekologik jamoalarini aniqlash, oʻsimlik oʻsadigan sharoitning ekologik-geografik muhitini aniqlash dolzarb hisoblanadi.
Muallif Samarqand viloyati sharoitida Biebersteinia multifidaning morfobiologiyasi, ekologik jamoalari-fitotsenologiyasi, oʻsimlik oʻsadigan sharoitning ekologik-geografik muhiti oʻrganilib, GAT xaritalari tuzilgan.
Respublikada soʻnggi yillarda dorivor oʻsimliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni biologik xususiyatlarini chuqur oʻrganib, introduktsiya, akklimatizatsiya hamda reintroduktsiya masalalari bilan shugʻullanib, xalq tabobati hamda farmatsevtika sanoati uchun yetarli darajada yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10-aprel 2020-yildagi “Yovvoyi holda oʻsuvchi dorivor oʻsimliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4670-son qarorida:
ilmiy-tadqiqot va oliy taʻlim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan dorivor oʻsimliklarga doir ilmiy tadqiqotlar, yangi innovatsion ishlanmalar boʻyicha maʻlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, ularning tizimli ravishda yangilab borilishini taʻminlash chora tadbirlari ishlab chiqilgan.


  1. Yüklə 386 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə