Biebersteinia multifida ning ekologik – fitosenologiyasi va qayta tiklanishiga oid tavsiyalar


Dorivorlik xususiyatlari va fitokimyoviy tarkibi



Yüklə 386 Kb.
səhifə5/10
tarix22.03.2024
ölçüsü386 Kb.
#182405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
18.12 23EKO TAVSIYANOMA ISLAMOVA Z.B

Dorivorlik xususiyatlari va fitokimyoviy tarkibi



Biebersteinia turkumi turlari muhim dorivor oʻsimlik sifatida xalq tabobatida keng qoʻllaniladi. Qadimdan xalq tabobatida Biebersteinia turkumi turlaridan keng foydalanib kelingan. Asosan tayanch harakat tizimi kasalliklari, suyak singanda, teri, mushak kasalliklari, migren, isitma, yalligʻlanishga qarshi va ogʻriq qoldiruvchi, aterosklerozda qoʻllanilgan. Shuningdek antimikrobial va antioksidantlik faoliyati ham aniqlangan.
Biebersteinia turlari anʻanaviy dorilar sifatida yuqori farmakologik ahamiyatga ega boʻlganligi sababli, ularning biologik faolligi koʻplab fitokimyogarlar va farmakologlarning eʻtiborini tortdi.
Biebersteinia turkumi turlaridan ajratilgan tabiiy mahsulotlar: flavanoidlar, guanidinlar, fenilpropanoidlar, terpenoidlar, polisaxaridlar, yogʻ kislotalari, efir moylari va boshqalar aniqlanganligi maʻlum.
Biebersteinianing toʻrt turidan B. multifida Oʻzbekistonda Qontepar nomi bilan mshhur oʻsimlik boʻlib qadimdan xalq tabobatida qon ketishini toʻxtatuvchi dori sifatida ishlatilgan. Shu bilan birga B. multifida va B. heterestemon tayanch harakat tizimi kasalliklari, suyak singanda va teri kasalliklarini davolashda xalq tabobatida dori sifatida qoʻllaniladi [7].
B. multifida Eronda ham koʻplab oʻsadi, u erda bu oʻsimlik turi mahalliy dori sifatida mushak va skelet kasalliklari, suyak sinishlarini davolash uchun xalq vositasi sifatida ishlatiladi [9]. Bolalarda uchraydigan nikturiya B. multifida bilan davolash mumkin, deb xabar qilindi. Biebersteinia turlari anʻanaviy dorilar sifatida yuqori farmakologik ahamiyatga ega boʻlganligi sababli, ularning biologik faolligi koʻplab fitokimyogarlar va farmakologlarning eʻtiborini tortdi.
Bir qancha tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, B. heterostemon va B. multifida ekstraktlari kontsentrasiyaga qarab turli bakteriyalar va zamburugʻlarning oʻsishini sezilarli darajada yuqotadi. B. multifida ildiz ekstraktlar antibakterial faoliyati baholandi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, n-geksan va etanol bilan makerasiya natijasida olingan B. multifida ildiz ekstraktlari mis 0.195 mg/ml da sezilarli antibakterial taʻsir koʻrsatishi aniqlandi.
B. heterestemon va B. multifidaning ning ekstrakti yalligʻlanishga qarshi samaradorligi anqlangan[11]. B. multifida 50 mg/kg ildiz ekstraktining ogʻriq qoldirish effektivligi 10 mg/kg morfin effektivligi bilan taqqoslash mumkinligini koʻrsatgan. Ushbu natijalar B. heterestemon va B. multifidaning yalligʻlanishga qarshi va ogʻriq qoldiruvchi dorilarni ishlab chiqarish uchun yuqori saloxiyatini koʻrsatadi.
B. multifida ildiz ekstraktining charchashga qarshi taʻsiri majburiy suzish testida tasdiqlangan va charchoq bilan bogʻliq qondagi biokimyoviy koʻrsatkichlar oʻlchanganda natija afzalligi aniqlandi hamda tajribadagi sichqonlarning jismoniy chidamliligini yaxshilaganligini koʻrsatgan [7]. Bu natijalar B. multifidaning xalq tabobatida jismoniy kuchni oshirish uchun qoʻllanilganligini ham koʻrsatadi. B. multifida ildiz ekstrakti tarkibida uchta faol kumarin hosilalari (umbelliferon, skopoletin va ferul kislotasi) ning ajratilishi bu turni tinchlantiruvchi xususiyatini ochib bergan [23].
In vitro sharoitida Biebersteinia turkumi turlarida antimikrobial faoliyati ham oʻrganilgan.
Biebersteinia turlari yuqori antioksidantlik xususiyatiga ega ekanligi bir qancha tajribalarda oʻz aksini topdi.
B. multifida ildiz ekstraktining fenol birikmalari erkin radikallarini organizmdan chiqarib yuborish xususiyati aniqlandi [21].
Biebersteinia turlarida mavjud boʻlgan fenolik birikmalar bilan bogʻliq antioksidant faollikdan tashqari, Biebersteinia oʻsimlik toʻqimalarining har xil turlaridan efir moylari ham kuchli radikallarni olib tashlash faolligiga ega. Masalan, B. multifida mevalarining efir moyi boshqa organlardan (masalan, barglar va ildizlardan) olinadigan efir moylaridan ustun ekanligi koʻrsatildi, hatto sintetik antioksidantdan ham ustunligi koʻrsatilgan.
Bundan tashqari, taniqli bioaktivlikni aniqlash uchun in Vivo va in vitro modellarini ishlab chiqish va amalga oshirish kerak.
Shunday qilib, ushbu turdagi oʻsimliklarning turli organlaridan olingan yangi dorilarni ishlab chiqish, sinash va ulardan foydalanishni optimallashtirish uchun chuqur tadqiqotlar oʻtkazish kerak deb hisoblaymiz. Bu muammolarni hal etishda Biebersteinia turkumi turlarini morfobiologiyasini oʻrganish muhim hisoblanadi.



Yüklə 386 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə