Bilish – falsafiy muammo sifatida. Bilishning predmeti, obyekti va subyekti. Bilish bosqichlari, asosiy turlari va shakllari



Yüklə 152 Kb.
səhifə6/17
tarix24.03.2023
ölçüsü152 Kb.
#103043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bilish – falsafiy muammo sifatida. Bilishning predmeti, obyekti

Odatiy va

  • Nazariy ongga bo‘linadi.

    Odatiy ong - xayotiy tajriba asosida vujudga kelgan oddiy xulosalar, qarashlar majmuidan iborat bo‘lib, kishilarning kundalik hayotidagi voqyealarni aks ettiradi.
    Nazariy ong - deganda ilmiy nazariyotchilar, olimlar tomonidan ishlab chiqqan nazariy qarashlar va ilmiy bilimlar tizimi tushuniladi. Odatiy ongdan farqli o‘laroq nazariy ong o‘zgaruvchan xarakterga ega. Odatiy ongda - voqyealarning tashqi tomonini ifodalansa, nazariy ong - voqyealarning mohiyatni, rivojlanish qonuniyatlarini aks ettiradi. Shuning uchun ham nazariy ong odatiy ongga faol ta’sir qila oladi va kundalik tajriba asosida hosil qilingan bilimlarni saralashga yordam beradi.
    Ilmiy bilishda haqiqat tushunchasi muhim o‘rin tutadi. Haqiqat - inson bilimining voqyelikka mos, muvofiq kelishidir.
    Haqiqat o‘zining mazmuniga ko‘ra;

    • mutlaq va

    • nisbiy bo‘ladi.

    Nisbiy haqiqat - borliqdagi narsa va hodisalar to‘g‘risidagi taxminan to‘g‘ri, lekin to‘liq bo‘lmagan, bilish jarayonimizda tuzatilib, to‘ldirilib borilishi kerak bo‘lgan bilimlardir.
    Mutlaq haqiqat - borliqdagi narsa va hodisalar haqidagi to‘liq aniq mukammal bilimlardir.
    Fan haqiqati hamisha nisbiy xarakterga ega bo‘lib, ularning majmuasidan mutlaq haqiqat vujudga keladi. Haqiqat - inson bilimlarida borliqning to‘g‘ri in’ikos etishi, predmet va hodisalar asli qanday bo‘lsa ularni inson o‘z miyasida huddi shunday in’ikos ettirgan bilimlaridir.
    Arastu haqiqatning «klassik» konsepsiyasi muallifidir. Bu konsepsiya haqiqatni fikrning, bilimning voqyelikka mos kelishi deb, yolg‘onni esa fikrning real ahvolga mos kelmasligi deb talqin qiladi. U o‘zining «Metafizika» sida bunday deb yozadi: «Bor narsani yo‘q deyish yoki yo‘q narsani bor deyish yolg‘on gapirishdir; borni bor va yo‘qni yo‘q deyish esa haqiqatni gapirishdir»2.

    Yüklə 152 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə