Bilish – falsafiy muammo sifatida. Bilishning predmeti, obyekti va subyekti. Bilish bosqichlari, asosiy turlari va shakllari



Yüklə 152 Kb.
səhifə7/17
tarix24.03.2023
ölçüsü152 Kb.
#103043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bilish – falsafiy muammo sifatida. Bilishning predmeti, obyekti

Obyektiv haqiqat – bu bilimlarimizning shunday mazmuniki, u bir kishiga ham, butun insoniyatga ham bog‘liq emas. Haqiqatning obyektivligini u mavjud olamning in'ikosi bo‘lishi belgilaydi.
Absolyut haqiqat – bu bilish obyekti haqidagi inkor etib bo‘lmaydigan to‘liq va tugal bilimdir, nisbiy haqiqat esa – bilish predmeti to‘g‘risidagi noto‘liq va notugal bilimdir. Absolyut haqiqat to‘liq hajmdagi obyektiv haqiqatdan boshqa narsa emas, nisbiy haqiqat esa – notugal shakldagi, notuliq hajmdagi obyektiv haqiqatdir. Har bir nisbiy haqiqatda absolyut haqiqat jihati bor, chunki har qanday nisbiy haqiqat obyektivligi sababli, unda doimiy bilim jihati bor. Agar haqiqatga jarayon deb qarab unga uning rivojlanishi nuqtai nazaridan yondashiladigan bo‘lsa, bu holda konkret haqiqatga abstrakt haqiqat qarama-qarshi qo‘yiladi. Abstrakt haqiqat bu to‘liq bo‘lmagan, rivojlanmagan, birtomonlama haqiqat, konkret haqiqat esa, aksincha, - to‘liq, rivojlangan, ko‘ptomonlama haqiqat. Har qanday haqiqat, u bilish jarayonida rivojlanib borganligi sababli, abstraktlikni ham, konkretlikni ham o‘z ichiga oladi. Haqiqat o‘z rivojining keyingi bosqichiga nisbatan abstrakt va ilgarigi rivojlanish bosqichiga nisbatan konkretdir. Haqiqatga darhol erishib bo‘lmaydi; unga erishish bilishning qiyin, ko‘p bosqichli jarayonidir.
Amaliyot nazariy bilimdan yuqori turadi. U nafaqat umumiylik, balki bevosita voqyelik hislatiga ega. Amaliyotda asosiy qarama-qarshiliklar – ideal qarama-qarshilik (subyektiv reallik sifatida) va moddiy qarama-qarshilik (obyektiv reallik sifatida) – birga qo‘shili faqat amaliyotgina u yoki bu nazariyaning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini ko‘rsatib beradi. Bilish va amaliyot bir-biridan ajralmasdir. Amaliyot bilish haqiqatligining asosiy nuqtasi, harakatlantiruvchi kuchi, maqsadi va mezonidir.

Ilmiy metodlar va metodologiya.


Ilmiy bilish fakt va dalillarga, ularni qayta ishlash, umumlashtirishga asoslanadi. Ilmiy fakt va dalillar to‘plashning o‘ziga xos usullari mavjud bo‘lib, ularni ilmiy bilish metodlari deyiladi.
Ilmiy bilish metodlarini o‘rganadigan maxsus soha — metodologiya deb ataladi. Ilmiy bilish metodlari o‘z xarakteriga ko‘ra: 1) eng umumiy ilmiy metodlar; 2) umumiy ilmiy metodlar;
3) xususiy ilmiy metodlarga bo‘linadi.

Yüklə 152 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə