Biolog 10 indd


Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/197
tarix11.12.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#143814
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   197
Biologiya-10-sinf

Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
Embrional rivojlanishning keyingi 
davrlarida odamda peshana, gorilla embrionida esa jag‘ oldinga bo‘rtib chiq-
qanligini izohlang.
122-rasm. 
Odamdagi atavizm hodisasi. 
1 – sherbashara odam; 2 – ko‘p 
emchakli bola; 3 – dumli bola.


231
57-§ ODAM EVOLUTSIYASINING ASOSIY BOSQICHLARI
 
Odamning tarixiy rivojlanishiga oid paleontologik materiallar uning 
evolutsiyasida to‘rt bosqich – odamning boshlang‘ich ajdodlari, eng qadimgi 
odamlar, qadimgi odamlar, hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar bo‘lganligini 
ko‘rsatadi.
Odamning boshlang‘ich ajdodlari.
Bundan taxminan 25 mln yil 
mu qaddam driopiteklar yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish, irsiy o‘z-
garuvchanlik tufayli ikki tarmoqqa – hozirgi odamsimon maymunlar va 
odam larning dastlabki ajdodlariga ajralganlar. Birinchi tarmoq vakillarining 
kelgusi rivojlanishidan gorilla, shimpanze kelib chiqqan. 
Sharoitning keskin o‘zgarishi tufayli driopiteklarning ba’zilari ikki oyoqlab 
yurishga o‘tganlar. Natijada «janubiy maymunlar» – avstralopiteklar paydo 
bo‘lgan. Ularda ikki oyoqlab yurish tayyor tayoqlar, toshlar, yirik hayvon 
suyaklaridan qurol sifatida foydalanish imkonini bergan. Ular o‘rmon-dasht, 
ochiq yerlarda yashagan. Bo‘yi 120–140 sm bo‘lib, tanasining massasi 36–55 kg, 
kalla suyagining hajmi 500–600 sm
3
bo‘lgan. Avstralopiteklar chanoq 
suyagining tuzilishi ikki oyoqlab harakatlanganligidan dalolat beradi.
Avstralopiteklarning suyak qoldiqlari Keniyaning Rudolf ko‘li atrofi dan 
5,5 mln yoshda bo‘lgan yer qatlamlaridan topilgan. Avstralopiteklarning 
bir turi rivojlanib, dastlabki odam (
homo habilis
)ni hosil qilgan. Bosh 
miyasining hajmi 650–680 sm
3
bo‘lgan. Bo‘yi 135–150 sm. Ular tayyor tosh, 
yog‘och qurollar yordamida yirik hayvonlarni ovlaganlar, o‘simliklarning yer 
ostidagi piyozlari, tuganaklari, ildizlarini kovlaganlar. Homo habilis olovdan 
foydalanishni bilgan hamda yirik toshlardan o‘zlari uchun kulba yasagan. Shu 
sababli ular «uquvli odam» deb atalgan. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə