Biologik jarayonlar kinetikasi



Yüklə 68,99 Kb.
səhifə9/11
tarix22.01.2023
ölçüsü68,99 Kb.
#99001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Biologik jarayonlar kinetikasi

Trigger o’tishning kuch (yoki maxsus) usuli. Sistema A nuqtada joylashgan. Tashqi ta’sir hisobiga x o’zgaruv­chini keskin o’zgaruvchanlikka, buning natijasida sistema, separatrisadan o’ngda yotgan C nuqta tomon suriladi. Shundan keyin sistema fazoviy traektoriya bo’ylab, o’zligidan C ga keladi (kimyoviy reaksiya­lar holida bunday vaziyat modda konsentrasiyasi oshirilganda yuz beradi). O’tishning bu usulida sistemaning fazoviy portreti hamda undagi alohida nuqtalar soni saqlanadi.
Trigger o’tishning parametrik (yoki nomaxsus) usuli. Trigger sistemaning o’tish yo’li ancha sezgir bo’lib, bunda, fazoviy portretning boshqaruvchi parametr (L) ga bo’lgan bog’liqligi na­mayon bo’lganda, barqaror statsionar holatlar soni kamayadi va nati­jada faqat bitta barqaror statsionar nuqta qolib sistema unga "qulab" tushadi. Boshqacha qilib aytganda, triggerli o’tishning bu usulida fazoviy portretning deformatsiyalanishi ro’y berib, o’zgaruvchi (x) emas, sistemaning parametri (harorat, pH, moddalarning sistemaga kelib tushishi tezligi va h.k.) o’zgaradi.
Triggerlik sistemaning bir rejimdan ikkinchi rejimga o’tish xossasi, mumkin bo’lgan barqaror statsionar holatlar va ulararo o’tish imkoni bo’lgan biologik jarayonlarning modellarini tuzishda o’ta foydalidir. Bu xil modelga ikkita ferment sintezlovchi sistemaning boshqarilish mexanizmini tasvirlovchi model (Jakob va Mono sxemasi) misol bo’lib, unda triggerlik xossa, sistemalardan birining fermentativ kompressiyalanishi, ikkinchi sistema tomonidan, fermentativ reaksiya mahsulotining bir yoki bir necha molekulalari orqali nazorat qilinadigan shartida namayon bo’ladi.
Har bir hujayra barqaror statsionar holatlar majmuasiga ega bo’lsada, amalda berilgan t- vaqtda, ulardan faqat bittasi faoliyat ko’rsatadi. Differensiyalanish davrida, hujayra faoliyatning bir statsionar rejimdan, beqarorlik bilan xarakterlanuvchi nuqta orqali boshqa rejimga o’tishi ro’y beradi.
Umuman, statsionar holat beqarorligi biologik shakllanishning (ikkita yoki undan ko’p teng huquqli imkoniyatlaridan birining tan­lanishi) sabablaridan biri bo’lishi mumkin.

Yüklə 68,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə